Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH SINFLARDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA
MUSTAQIL ISH JARAYONINI TASHKIL ETISH
Parmanqulova Jamilaxon Shadabekovna
Sirdaryo viloyati Guliston shahar
8- umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Telefon: +99891505 78 25
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boshlang`ich sinf ona tili darslarida mantiqiy fikrlashga
o`rgatish yo`nalishlari va unda mustaqil ish jarayonlarini tashkil etish orqali o`quvchilarni ijodiy
yondashuvlarini yuzaga keltirish imkoniyatlariga to`xtalgan.
Kalit so`zlar:
mantiq, mantiqiy fikrlash, mustaqil ish, ijodiy ish.
Тa’limda, jumladan, boshlang`ich sinf darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish, uning
samaradorligini oshirish o`quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda, mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishda katta yordam beradi. Ammo, maktab o`qituvchilari orasida ijodiy ta’limni
noijodiy ta’limdan farq qilish sohasida tushunmovchiliklar, ularning o`zaro tafovutlarini ajratishda
kamchiliklar ko`plab topiladi. Shu bois o`quvchilarga topshiriladigan mustaqil ishlarning barchasi
ijodiy ish sifatida qabul qilinadi. Haqiqatan ham, tashkil etiladigan o`quv topshiriqlarining
barchasini mustaqil ish, mustaqil ishlarni esa ijodiy ish deb qarash mantiqan chalkashlikka olib
keladi. Bunday murakkab holatdan chiqib ketishning asosiy yo`llaridan biri – «mustaqil ish» va
«ijodiy ish» tushunchalarini o`zaro chog`ishtirib o`rganish, ularning har biriga oid alomatlarni
alohida-alohida ajratib ko`rsatishdir. Ular orasidagi farqlarni aniq ajratmay turib, ta’limni ijodiy
tashkil etish to`g`risida fikr yuritib bo`lmaydi. Bundan xulosa shuki, o`quvchilarning tafakkuri
bilan bilish faoliyati xususiyatlarini tizimli tahlil qilish zarur. Bilish faoliyati faqat tafakkurning
ishimi yoki bilish jarayonlarida xotira ham ishtirok etadimi? Bulardan ko`rinadiki, boshlang`ich
ta’limda ijodiy ishlarni tashkil etish o`ta murakkab metodik hodisadir.
Darslarda o`tkaziladigan mustaqil ishlar dars turiga, dars jarayonining turli bosqichlariga, o`quv
materialining mazmuniga bog`liq bo`ladi. Fanlardan o`rganiladigan har bir mavzu asosida mustaqil
ishlar uyushtiriladi. Darslar jarayonida o`tkaziladigan mustaqil ishlarga quyidagi talablar qo`yiladi:
a) mustaqil ishlar pedagogik va psixologik tomondan asoslangan bo`lishi, o`quvchilarning yosh
va individual xususiyatlariga, bilimiga mos bo`lishi, o`quvchilarga tilni o`zlashtirishga qiziqtirishi
lozim;
b) o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq bolalarning o`quv materialini faol idrok etishini ta’minlashi
zarur;
v) mustaqil ish hayotiy bo`lishi, o`rganilgan nazariy bilimlarni amaliy tatbiq etishning vositasi
bo`lmog`i kerak.
Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va
ularga to`g`ri fikrlash usullarini o`rgatadi. O`quvchi maktabga kelganda, keng lug`at boyligiga
ega bo`lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo`yish, umumlashtirish, guruhlash
usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining obyekti aniq narsa emas, uni
ifodalovchi so`zlar bo`lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan
tanishish asosida bolalarni narsa va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so`z bilan
aniq ifodalashga o`rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o`rgatish bilan bilimini material
tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o`stirish hisoblanadi.
Mantiqiy mashqlar bolalarning so`z boyligi va tilining umumiy o`sishida katta ahamiyatga ega
bo`lib, lug`at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog`lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-
xil:
1. Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko`ylak, kostyum, . . .) va oyoq
kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?»
so`rog`iga javob berishga o`rgatiladi: Bu n i m a? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko`rsatish va umumlashtiruvchi bir so`z bilan nomlash. Masalan,
stol, stul, shkaflarni bir so`z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg`ich,
o`chirg`ich, stul ko`rsatiladi, o`quvchilar o`quv qurollarini ajratadilar, stul o`quv quroliga
kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |