239
«o’rtacha agressiv»
- bu mablag’larni fan-texnika
taraqqiyotini belgilab
beruvchi kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni bildiradi. Bunda ularning kursi,
odatda, o’sadi.
«agressiv
» - bu mablag’larni «to’rt osiyo ajdarholari» (Gonkong, Sigapur,
Tayvan, Janubiy Koreya) Kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni taxminlaydi.
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ham ko’rish mumkin.
Trast bitimining xususiyatlari xorijiy mamlakatlarida bu bitimning muhim
xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag’lar qo’yish va ularning oqibatlari
to’g’risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi.
Trast bitimining xususiyati shundan iboratki, bunda bank salbiy moliyaviy
oqibatlar yuz berganda mijoz javobgar bo’lmaydi. Asosan
bu aktsiyalarga sarflangan
mablag’larga tegishli bo’lib, ularning bahosi ham oshishi, ham pasayishi mumkin.
Masalan, 1987 yilda Nyu-Yorkning fond birjadagi aktsiyalarning kursi taxminan 2
marta pasaygan. Bunday xollarda mijoz qolgan mablag’larini olib, ularni
boshqarishini boshqa bank departamentiga o’tkazishi mumkin.
Rossiyaning tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalari bir qator salbiy
holatlar mavjudligi tufayli uncha rivojlanmagan.
Komission (vositalik) operatsiyalarni amalga oshirishadi banklar o’z
mablag’larini qo’ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina to’lov
topshiriqnomasini bajaradilar shuning uchun komission operatsiyalari bo’yicha bank
daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o’sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat
banklarining ishonch operatsiyalarning hajmining oshishiga olib kelmoqda.
Bankning bu xizmatlari bank bilan mijoz o’rtasida ishonchlilik munosobatlarining
o’rnatilishi bilan bog’liqdir. Tijorat banklarining trast bo’limlari
mijozlar topshirigi
bo’yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq va boshqa xizmatlarni
bajaradi. Banklar trast-operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar, xayriya
fondlari va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarni uch turga
bo’lish mumkin: merosni boshqarish; dalolatnoma va g’amxo’rlik bilan bog’liq
operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo’yicha ko’rsatiladigan operatsiyalardir.
240
Merosni boshqarish bilan bog’liq trast operatsiyalari
xususiy shaxslar
dalolatnomasi bo’yicha amalga oshirilib, bankning trast bo’limi bir qator
majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo’rning merosini
sud karori yoki meros xati asosida to’plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini
to’lash, merosxo’rlar o’rtasida merosni bo’lishi va shu oila a’zolariga boshqa xususiy
xizmatlarni ko’rsatish kiradi.
Trast bo’limlari balog’at yoshiga etmaganlar, mehnatga
layoqatsiz kishilarga
otalik, g’amxo’rlik qilish nazaridan ayrim shaxslar ishonchnomasiga binoan mulkni
boshqarish bo’yicha operatsiyalarni bajaradi. Ishonchlilik bo’yicha eng ko’p
tarqalgan operatsiyalarga mulkni ishonch asosida boshqarish kiradi. Bunda mulk
egasi mulkni o’zi ishongan shaxsga beradi. Bu shaxs, o’z navbatida, mulkni mulk
egasining manfaati asosida ishlatadi: uni saqlaydi, investitsiya qiladi, shartnomaga
muvofiq asosiy summa va daromaddan foydalanadi. Uning
asosiy vazifasi mulkni
to’g’ri investitsiya qilish va ma’lum miqdordagi daromadni ta’minlashdir.
Investitsiya davlat qonuni, shartnoma va trast bo’lim siyosati asosida amalga
oshiriladi.
Vositachilik xizmatlarini tijorat banklarining trast bo’limlari o’z zimmasiga
vositachilik vazifasini olish orqali bajaradilar. Agar operatsiya mulk bilan bog’liq
bo’lsa, mulk egaligi uning egasi qo’lida saqlanadi, xizmatlar esa aktivlarni saqlash,
boshqarish yuridik xizmat ko’rsatish va boshqa vositachilik operatsiyalarni bilan
bog’liq bo’ladi.
Korxona va firmalar bunday xizmatlar uchun o’z
tijorat banklarining trast
bo’limlariga murojaat qiladilar. Ishonch operatsiyalariga obligatsiya zayomiga xizmat
ko’rsatish (zayom kafolati bo’lib xizmat qiluvchi mulkdan foydalanish huquqining
o’tishi bilan birga olib boriluvchi) kiradi. Aktsionerlik kompaniyalari bank
xizmatlariga aktsiya va obligatsiyalarni, pensiya fondlarini boshqarish (egalik
huquqining o’tishi bilan), aktsiyalarni ro’yxatdan o’tkazish va boshqalar bilan bog’liq
operatsiyalar bo’yicha murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.
Trast bo’limlari depozitariy funktsiyasini ham bajaradilar. Bular: ovoz berish
huquqini ishongan aktsionerlar aktsiyalarini saqlash (ovoz berish trasti). Kompaniya
241
qayta tashkil topganda, tugatilganda yoki bankrot bo’lganda
bank uni vaqtinchalik
boshqarishi mumkin.
Trast operatsiyalarini amalga oshirganligi uchun tijorat banklari komission
to’lovlarini olishadi. Merosni boshqarish operatsiyalari bo’yicha komission
to’lovlarni o’rnatish va to’lash qator mamlakatlarda qonun yo’li yoki sud karori
bilan belginadi. Vositachilik xizmatlari bo’yicha turlicha to’lovlar ko’lami
shartnoma asosida belgilanadi. Komission to’lovlar trast daromadidan yillik
chegirmalar yig’indisi hisobidan tashkil topishi, shartnomaning asosiy summasidan
yillik vznos va ba’zi xollarda trast shartnomasi tugagandan
keyin umumiy summadan
ajratma shaklida belgilanishi mumkin. Trast operatsiyalarni amalga oshirishda
ularning hajmi operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni qoplab bankka foyda
keltiradigan darajada bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: