Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


-§. Banklarning boshqa operatsiyalari



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

4-§. Banklarning boshqa operatsiyalari 
 
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni mijozlarning 
hisobidan ularning turli topishiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat 
ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o’tkazish bilan bog’liqdir. 
Bunda mijoz o’z bankiga hisobidagi ma’lum bir summani ko’rsatilgan adres bo’yicha 
o’tkazishni yuklatadi. Operatsiya nihoyasiga etganidan so’ng bank pul o’tkazilganligi 
to’g’risidagi xo’jjatni yuboradi yoki beradi. O’tkazilgan operatsiya uchun bank 
vositachilik haqini oladi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida arenda yoki lizing (Leasinq - ingl. 
«ilgari») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyat turlari keng rivoj 
topmokda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashina - uskuna, 
jixozlar, transport vositalarini sanoat korxonalariga uzoq muddatli arendaga 
berishadi va ular bilan lizing shartnomalarini tuzishadi. Bu holda bank vositalarni 
sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o’rniga ularni o’zi sotib oladi va
ularni iste’molchilarga arendaga bergan holda, egalik huquqini o’zida saqlab qoladi. 
Bunda bank ssuda foizini emas, balki arenda haqini (lizing to’lovini) oladi. 
Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan 
biri hisoblanadi.
Iqtisodiy 
o’sishga 
erishishni ta’minlash sharoitida , ishlab chiqarishning 
samaradorligini ta’minlash va uni kengaytirish uchun likvid mablag’lar hajmining 
cheklanganligi va ilmiy-texnika progressi joriy qilish sharoitida investitsiyalarni 
optimallashtirish zaruriyati lizing operatsiyalarning roli va ahamiyatini oshiradi va 
ularni iqtisodiy faoliyatning muhim vositasiga aylantiradi. Lizing korxonaga kerakli 
vositalarni shu vaqtning o’zida unchalik katta bo’lmagan xarajatlar evazida olish 
imkonini beradi. Ijaraga oluvchi uchun vositani (asbob-uskuna, jihoz va hakazolarni) 
sotib olish va moliyalashtirish masalalari bir vaqtda hal etiladi. Lizing usulida
iste’molchilarning ilg’or texnologiyaga tezroq va arzonroq erishishi engilroq kechadi 
va bu ishlab chiqarish vositalarining ma’naviy eskirishi bilan bog’liq xarajatlardan 
qutilish imkonini beradi. Sanoat korxonalari uchun amortizatsiya darajasining 
yuqoriligi, ishlab chiqarish vositalarining yuqori rentabelligi, likvidlilikning 


235 
saqlanishi, o’z kapitali harakati, hisob-kitoblarning o’z vaqtida olib borilishi, o’zaro 
qarzdorliklarning bo’lmasligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozor 
talablariga javob bera olishi va boshqa omillar ularning moliyaviy jihatdan barqaror 
bo’lishini ta’minlashning asoslaridan hisoblanadi.
Lizing operatsiyalarida uch sub’ekt ishtirok qiladi. Bular: ijaraga beruvchi, 
ijaraga oluvchi va mol etkazib beruvchi.
Ijaraga beruvchi - bu odatda moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, 
ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avvalo, moliyaviy 
investitsiyalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun 
jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki 
ularning sho’’ba korxonalari bo’ladi.
Ijaraga oluvchi - ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni 
ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir.
Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob’ektini ishlab chiqaruvchi 
korxona yoki tashkilot bo’lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida 
bo’lishi mumkin.
Odatda mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining asosiy 
shartlarini ishlab chiqishadi. Shu bilan bir qatorda ijaraga beruvchi (bank) 
moliyalashtirish shartlarini o’rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara 
shartnomasini imzolaydi.
Moliyalashtirish masalasini xal qilishda bank mijozning daromadlik darajasini 
o’rganib chiqadi, lizing ob’ektidan to’g’ri va samarali foydalanish imkoniyatlarini
ba’zida ekspertlar ko’rib chiqishi va qo’shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. 
Kontraktda lizing operatsiya bo’yicha ijara muddati, miqdori, valyutasi, ijara xakini 
to’lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning (asbob-uskunaning) 
tarkibi, ishga yaroqligi bo’yicha majburiyatlari va boshqa ko’rsatkichlar o’z ifodasini 
topishi lozim.
Lizing munosabatlarini tashkil qilishning majburiy shartlaridan biri lizing 
shartnomasi davrida lizing ob’ektini sug’urtalash hisoblanadi. Lizing qiymati doimiy 
(har yarim yil, chorak, oy...) ijara to’lovlarining yig’indisidan tashkil topadi. Ijara 


236 
to’lovining asosiy tashkil etuvchilari amortizatsiya va kredit uchun to’lanadigan 
foizdir. Undan tashqari, lizing to’lovlari tarkibiga, shuningdek, ijara shartnomasida 
kuzda tutilgan ijaraga beruvchi xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Ijara to’lovlari 
yig’indisi ijaraga beruvchiga o’z xarajatlarini qoplash va daromad oshishini 
ta’minlaydi.
Amaliyotda lizingning bir necha xil turlari qo’llaniladi. Bular operativ yoki 
ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir. 
Operativ lizing bu ko’proq ishlab chiqarish davri bilan bog’liq bo’lgan lizing 
bo’lib, ob’ekt qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroklilik davridan kam davrga,
qisqarok vaqtga ijaraga beriladi, Bu holda ob’ektning amortizatsiyasi (eskirishi)
to’liq amalga oshmaydi, ya’ni ob’ektni yana bir necha marta ijaraga berish 
imkoniyati saqlanib qolinadi.
Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan odatda ko’proq 
moliya lizingi operatsiyalari o’tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko’p tarqalgan lizing 
shakllaridandir. U kontraktning o’rta va uzoq muddatliligi bilan xarakterlanadi, 
Amortizatsiya tulik bo’lishi yoki ijara ob’ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi 
mumkin. Bu to’g’rida ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e’lon qiladi.
Moliyaviy lizing xakikatda ijara ob’ektini uzoq muddatli kreditlash bo’lib, 
oddiy savdo-sotikdan (egalik huquqi xarid vaqtida istemolchiga o’tadi) farq qiladi. 
Lizing kompaniya asosiy vositalarni ijaraga oluvchi korxonaning ko’rsatmasiga 
binoan sotib oladi va uni shu korxonaga uzoq yoki o’rta muddatga (3,5,7 yilga) 
arenda shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldik 
bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin. 
Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu faktoring 
operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo’jalik ko’lamida to’lovlar 
aylanishini amalga oshirish bilan bog’liqdir. Faktorning (ingl. Factor - vositachi) - 
hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo’lib, mijozning 
aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni odatda 
maxsus faktoring firmalari amalga oshiradi. Ular banklar bilan zich bog’langan yoki 
ularning ixtisoslashgan filiallari va kompaniyalari hisoblanadi.


237 
Faktoring operatsiyalarida bank o’z mijozlarining debitorlarga talablarini 
(da’volarini) sotib oladi. Bunda bank talabning 60- 70-90% ni (foiz darajasi 
mijozning moliyaviy holati , likvidlilik darajasi va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlarni 
hisobga olgan holda turli xil bo’lishi mumkin) avans tariqasida birdaniga to’lashi, 
qolgan qismini esa, (kredit uchun foizni hisobga olmagan holda) belgilangan 
muddatda, debitordan to’lov tushushidan qa’tiy nazar, to’laydi. Yoozirgi vaqtda 
tijorat banklari talablarni (da’volarni) sotib olganda moliyaviy risklarni aniqlashlari 
mumkin, chunki ko’pchilik korxonalarning shu jumladan xorijiy korxonalarning
moliyaviy ahvoli to’g’risida axborotlar olish imkoniyati qisman bo’lsa-da mavjuddir. 
Bu imkoniyat rivojlangan davlatlardagi keng qamrovli, yirik banklar o’rtasidagi 
kompyuter tarmoqlari tufayli mavjud. Bunday tizim doirasida banklar o’z 
mijozlariga buxgalteriya, statistiqa va boshqa axborotlarni taqdim etishga tayyor.
Faktoring mijozlarga xizmat ko’rsatishning universal shakli hisoblanadi, 
chunki mijozlar o’z talablari (da’volari) bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish, 
ularning to’lovliligini tekshirishdan holi bo’lishadi. Banklar mol sotib oluvchilarning 
to’lov qobiliyati to’g’risidagi axborotni mijozlariga etkazishlari, xorijiy davlatlardagi 
to’lovlar kafolatini o’z buyniga olishlari mumkin. Banklar uchun bu operatsiyalar 
yuqori daromad keltirgani uchun ham ular bu operatsiyalarni bajarishdan manfaatdor 
hisoblanadilar. Rivojlangan davlatlarda faktoring operatsiyalari mijozning moliyaviy 
ahvoli, aktsionerlik kapitali miqdori, maxsulot turi, ish hajmi va boshqalarga qarab 
yillik oborotining sezilarli qismini tashkil etadi. 
Vositachichilik operatsiyalarining o’ziga xos turi - ishonch (trast, ingl. 
Trast - «ishonch») operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig’i bo’yicha ma’lum 
mulkni, pul yoki qimmatli qog’ozlar ko’rinishida, saqlash, o’tkazish va boshqarishni 
o’z zimmasiga oladi.
Bularga shuningdek, savdo - vositachilik operatsiyalari - mijoz topshirig’i 
bo’yicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli 
qog’ozolar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi.
Bankning trast operatsiyalari vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng 


238 
tarqalgan shakli - bu aktsiya, obligatsiya va pul mablag’lari. Moliyaviy vositalar 
miqdorini va moliyaviy aktivlar summasining ko’payishi natijasida tijorat banklari 
trast (ishonchli) operatsiyalarni kengaytradilar. Banklarning trast deportamentlari 
zamonaviy transmilliy banklarining eng rivojlangan bo’linmalaridan biridir.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz 
topshirig’iga binoan bildirgan shaxs huquqlari bo’yicha ish ko’radilar. Shuningdek, 
mijozlarining pul mablag’larini boshqarish va boshqa moliyaviy vositalar bilan 
bog’lik bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Banklar trast opertsiyalarni jismoniy shaxslarga kabi, yuridik shaxslar uchun 
ham amalga oshiradilar.
Jismoniy shaxslar uchun qo’yidagi trast xizmatlari turlari mavjud: merosni 
boshqarish, ishonch va vositalik bilan bog’lik operatsiyalarni bajarish. Yoozirgi 
sharoitda keng tarqalgan trast operatsiyasining shakli - bu mijozlari kapitalini 
boshqarish. Bunda banklar boshqarishga mijozlarining ma’lum pul mablag’larini 
oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o’z 
mablag’larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda bunday tratiblarning 5 
turi mavjud.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish