165
I variant
k
kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi
k
kiritilishi
II variant
k1 k2 k3 k4 kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi
k1 k2 k3 k4 kiritilishi
III variant
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k kiritilishi
P - dastlabki pul mablag’lari
ICh
3
- ishlab chiqarish zaxiralari
TICh - tugallanmagan ishlab chiqarish
TM - tayyor mahsulot
JT - jo’natilgan tovarlar
P - aylanishdan bo’shagan pul mablag’lari
166
K - kredit
Yuqoridagi hollardan ko’rinib
turibdiki, har bir korxona o’z faoliyati davomida
kredit resurslariga muhtoj bo’lishi mumkin.
167
3-§. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi
Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga
va qarz oluvchilarga
taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga
bo’linadi.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda.
1.
Qisqa muddatli kreditlash;
2.
O’rta muddatli kreditlash;
3.
Uzoq muddatli kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo’lgan
muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala
fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.Bizga malumki,
aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab chiqarish
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi.
Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat tiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa
va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli
kreditlar o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy
xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;
*hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkrediv
ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va boshqa hollarda).
2.
To’lash muddatiga qarab:
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o’tib ketgan kreditlar.
3.
Kreditni to’lash manbalariga qarab:
*qarz oluvchining o’z mablag’lari
hisobidan;
*garant mablag’lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4.
Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:
168
*to’g’ridan-to’g’ri ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar;
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo’lgan
kreditlar;
*ta’minlanmagan kreditlar.
5.
To’lanadigan foiz darajasiga qarab:
*o’rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo’linadi.
O’rta muddatli kreditlar asosan bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga
beriladi.
Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar besh yildan ortiq muddatga beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab
chiqarish va ular bilan
bog’liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Yoozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar
banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo’yilmalarini,
loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo’jalik
tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
•
qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
•
harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan
bog’liq
xarajatlar uchun;
•
yangi qurilish va qo’shimcha yuqori samarali tadbirlar bo’yicha xarajatlarni
amalga oshirish uchun;
•
yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va
kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil
shakllari amaliyotda
qo’llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat
krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha
bo’laklarga bo’linishi mumkin.