Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

 
 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda xo’jaliklar tomonidan kreditdan 
foydalanish variantlarini quyidagicha sxema ko’rinishida ifodalash mumkin: 


165 
I variant 
kkreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi 
k kiritilishi 
II variant 
k1 k2 k3 k4 kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi 
k1 k2 k3 k4 kiritilishi 
III variant 
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi 
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k kiritilishi 
P - dastlabki pul mablag’lari 
ICh
3
- ishlab chiqarish zaxiralari 
TICh - tugallanmagan ishlab chiqarish 
TM - tayyor mahsulot 
JT - jo’natilgan tovarlar 
P - aylanishdan bo’shagan pul mablag’lari 


166 
K - kredit 
Yuqoridagi hollardan ko’rinib turibdiki, har bir korxona o’z faoliyati davomida 
kredit resurslariga muhtoj bo’lishi mumkin.
 



167 
3-§. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi 
 
Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga 
va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga 
bo’linadi. 
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda.
1.
Qisqa muddatli kreditlash; 
2.
O’rta muddatli kreditlash;
3.
Uzoq muddatli kreditlash. 
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo’lgan 
muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala 
fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.Bizga malumki, 
aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab chiqarish 
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar 
aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat tiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa 
va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli 
kreditlar o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
1.
kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab: 
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar; 
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy 
xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar; 
*hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkrediv 
ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va boshqa hollarda). 
2.
To’lash muddatiga qarab: 
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o’tib ketgan kreditlar. 
3.
Kreditni to’lash manbalariga qarab: 
*qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobidan; 
*garant mablag’lar hisobidan; 
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan. 
4.
Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab: 


168 
*to’g’ridan-to’g’ri ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar; 
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo’lgan 
kreditlar; 
*ta’minlanmagan kreditlar. 
5.
To’lanadigan foiz darajasiga qarab: 
*o’rtacha (normal) foiz stavkali; 
*yuqori foizli; 
*past foiz stavkali; 
*foizsiz kreditlarga bo’linadi. 
O’rta muddatli kreditlar asosan bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga 
beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar besh yildan ortiq muddatga beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan 
bog’liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Yoozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar 
banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo’yilmalarini, 
loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini 
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo’jalik 
tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin: 
• 
qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun; 
• 
harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan 
bog’liq xarajatlar uchun; 
• 
yangi qurilish va qo’shimcha yuqori samarali tadbirlar bo’yicha xarajatlarni 
amalga oshirish uchun; 
• 
yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini 
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar. 
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va 
kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda 
qo’llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat 
krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha 
bo’laklarga bo’linishi mumkin.


169 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish