300
sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog`ozlar
opsion, fyuchers va boshqa moliyaviy instrument ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Optsion
– shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog`ozlar yoki
tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda haridqilish
huquqini beradi.
Fyuchers
–
kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada belgilangan
narxda ma'lum bir qimmatli qog`ozlar yoki boshqa moliya instrumentlari yoki
tovarlarni so`zsiz sotib olish yoki sotish majburiyatini belgilovchi qimmatli qog`oz
(kontrakt).
Qimmatli qog`ozlar emissiyasi
- qimmatli qog`ozlarni birinchi egalari
(investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga chiqarish.
Emissiya quyidagi
holatlarda amalga oshiriladi: aksionerlik jamiyati ta'sis etilib uning
aksiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish
yo`li bilan boshlang`ich nizom kapitali (jamg`armasi)
miqdori oshirilganda;
obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik shaxslar, davlat,
davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan qarz kapitali jalb qilinganida;
o`zaro respublika miqyosida subyektlarning qarz majburiyatlarini to`lash (so`ndirish)
jarayoni amalga oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o`tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning
minimal va maksimal o`lchamini belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik
tekshiruvining asosiy maqsadi,
muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va buxgalteriya
hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi
navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot
ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni
hisobga olish
usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
1.
Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi to`g`riligini
tekshirish.
301
2.
Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha ularni
turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish.
3.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri
shakllanganligini tekshirish.
4.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar hisobini to`g`riligini
tekshirish.
5.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
6.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish
tartibi va ularni
natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish.
7.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq
qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib,
auditning
obyektlarini belgilab olamiz, 4.1-jadval»
1
:
Do'stlaringiz bilan baham: