Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

 
13.2.4.O’qib berish 
 
Dars jarayonida o’qituvchi tomonidan o’qib berish metodi ham keng 
qo’llaniladi. O’qituvchi o’qib berish uchun mavzuga oid turli maqolalar, 
darslikning ayrim qismlari, ro’znoma va oynomalardagi malakalar, badiy 
adabiyotlardagi geografiyaga oid bayonlar olim va sayyoxlarning estaliklaridan 
foydalanadi. 
O’qib berishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
1.O’qitish metodining tez-tez o’zgartirib turish; 
2. Darsni va ta’lim tarbiya jarayonini faollashtirish; 
3.Darsda o’tiladigan mavzuni o’qituvchi o’z so’zlari bilan aytib 
berolmaydigan darajada bo’lsa; 
4. Geografik borliq, voqea va xodisalar badiy adabiyotlarda yoki estaliklarda 
juda yaxshi bayon qilingan bo’lsa. Masalan, jala yog’ishi, suv toshqini, ekvotarial 
o’rmonlar, cho’llar, tog’lar tabiati va x.k. 
Geografiya darslarida quyidagilarni o’qib berish mumkin: 
- mavzuga oid badiy matinlar (Navoiy, Bobur, Cho’lpon, Fitrat, Oybek, A 
Qaxxor va boshqalar; 
- mavzuga oid ilmiy-ommabop kitob va maqolalarni qiziqarli joylari; 
- Dars mavzusiga oid ro’znoma va oynomalarda chiqqan maqolalar. 
 
13.2.5. Ma’ruza metodi 
 
Ma’ruza metodi asosan yuqori sinflarda qo’llaniladi. Yuqori sinflarda asosan 
iqtisodiy geografiya kurslari o’tilganligi munosabati bilan ma’ruza metodi asosan 
iqtisodiy geografik bilimlarni berishda foydalaniladi. Hikoyadan farq qilib 
ma’ruzada bayon elementlari kamroq ulushini tashkil qiladi. Ma’ruzada birinchi 
o’ringa geografik dalillarni tahlili, ularni umumlashtirish, iqtisodiy geografik 
qonunlarni chuqurroq ochib berish asosiy o’rinni egallaydi. 
Ma’ruza bu o’qituvchi darsining bayon qilishni ancha murakkab shakli bo’lib 
xisoblanadi. Ma’ruza uzoq vaqtga mo’ljallanga bo’ladi va uni asosiy qismlarini 
o’quvchilar yozib olishlari ta’lab etiladi. Ma’ruza metodi o’quvchilarga eshitish 
ko’nikmalarini shakillantirishga imkon beradi. Bu esa kundalik hayotda va oliy 
o’quv yurtlarida zarur bo’ladi. 
Ammo, ko’p hollarda umum ta’lim maktablarida ma’ruza metodi kam 
hollarda qo’llaniladi. Mazkur metod iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarini 
o’rganishda keng qo’llanilmog’i lozim. Yuqori sinflarda ma’ruza metodini keng 
qo’llanilishi o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishi uchun vaqtni tejashga 
imkon beradi. 


84 
Ma’ruza metodini ko’proq kirish va yakuniy mavzularni va mavzular guruhini 
-o’tishda qo’llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, jahon siyosiy haritasi, jahon 
tabiiy resurslari, jahon xo’jaligi, materiklar yoki qit’alar hamda regionlar siyosiy 
haritasi va xo’jaligi va boshqa mavzularni o’rganishda. 
Ma’ruza o’quvchilarni qiziqishini oshirish uchun va uni o’zlashtirilishni 
osonlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim: 
- ma’ruzani rejasini e’lon qilish yoki sinf taxtasiga yozib qo’yish; 
- ma’ruza davomida turli xil mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan 
foydalanish (kartalar, jadvallar, chizmalaar, rasmlar); 
- ma’ruzani eng muhim joylarini baland ovozda, alohida urg’u berib o’qish; 
- o’quvchilarni ma’ruzani yozib olishga o’rgatish; 
- ma’ruzani o’qish davomida faqat ko’rgazma vositalardangina emas, balki 
sinf taxtasidan ham turli xil xomaki kartalar va chizmalar chizishda keng 
foydalanish; 
- ma’ruza davomida uchraydigan barcha geografik nomlar nomi sinf taxtasiga 
yozilishi lozim. Bunday sharoitda o’quvchilar geografik nomlarni yozishda va 
talaffuz qilishda xatoga yo’l qo’yishmaydi; 
- o’quvchilarni faolligini oshirish maqsadida o’qituvchi vaqti-vaqti bilan 
sinfga savol bilan murojat qilishi va ma’lum bir vaqtdan so’ng unga o’zi javob 
berishi darkor: 
- ma’ruzani so’ngida o’qituvchi o’quvchilarning savollariga javob beradi. 
Mazkur talabalardan tashqari ma’ruza mazmunanbir butun bo’limni, 
ma’ruza qamrab olgan masalalar tugal bo’lishi, ilmiy jihatdan mukammal va 
ko’rgazmali bo’lishi lozim. 
Ma’ruza yuqori sinflarda 30-40 minutga mo’jallanadi. Ma’ruza boshqa
metodlar bilan bilan birga olib boriladi. Mazkur darslarda mustaqil ishlarga vaqt 
qolmaydi, o’quvchmilar asosan nazariy bilimlar olishadi va keyingi darslarda olib 
boriladigan mustaqil ishlar uchun zamin yaratiladi. Savollar ma’ruzani oxirida 
berilgani maqul. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish