Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

13.2.2. Hikoya metodi 
 
Hikoya metodi deb geografik borliq, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga 
aytiladi. Bunda o’qituvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi. Hikoya metodi 
bilan o’quvchi geografik voqea va xodisalarni, borliqni o’quvchilar ongida jonli 
tasvirlarni shakllantirishda, o’quvchilarni geografik kashfiyotlar bilan, o’ziga xos 
landshaftlar bilan, turli xil davlatlardagi aholining hayoti va faoliyati bilan
tanishtirishda foydalanadi. 
Hikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur: 
-hikoya qilinishi lozim bo’lgan geografik borliq, voqea va xodisalar oldindan 
tanlab olinishi lozim; 
-hikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan geografik borliq, voqea va xodisalar 
haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim; 
- hikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali 
ma’lumotlardan ajralib turishi zarur; 
- hikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak; 
- quyi sinflarda ko’proq o’qituvchi o’zi ko’rgan geografik voqea va xodisalar 
haqida hikoya qilib berishi kerak
- hikoya hayot bilan bog’langan bo’lishi, oson tushuniladigan va qiziqarli bo’lishi 
kerak; 
-hikoya geografiya fanining eng so’ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon 
qilinishi lozim; 
- hikoya g’oyaviy siyosiy jihatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Unda 
kundalik matbuotda e’lon qilingan ma’lumotlardan foydalanmoq zarur. 
Hikoyaning samaradorligi ko’p xollarda o’quv materialini tanlashga, 
dalillar va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq. 
Hikoya davomida o’qituvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish davomida 
asosiy va eng muhim narsalarni, ya’niy geografik tushunchalarni shakillantirishni 
esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma’lumotlar qancha ko’p va qiziqarli 
bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va 
bog’liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa hikoya ko’zda tutilgan 
samarani bermaydi. Dalillar, xulosa va umumlashmalarni mustahkamlashi va
aniqlashtirish va o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirish lozim. 


80 
O’quvchilar ongida geografik voqea va xodisalar haqida ongli tasavvur 
xosil qilish uchun o’qituvchi hikoya davomida ekskursiya va sayohatlar davrida 
olgan shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishi mumkin. 
Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida harita, 
gerbariy, maket, diagramma va boshqa materiallardan foydalanish zarur. 
Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiriladigan 
tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida geografik borliq,
voqea va hodisalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalaniladi. 
Hikoya metodi alohida mamlakatlar va o’lkalar geografiyasini o’rganishda 
katta foyda beradi. 
Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha 
bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zida hikoya dars 
jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida 
tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim hollarda o’qituvchi qisqa hikoyadan
tushuntirishga o’tishi mumkin. Masalan, zil-zila jarayonini hikoya qilib keyin uni 
sababini tushuntiradi. V-VII sinfarda mavzular ko’proq tasviriy tarzda hikoya qilib 
beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara va Viktoriya yangi Kongo 
xavzasidagi nam ekvatorial o’rmonlarni yoki baland tog’ o’lkasi tabiat manzarasini 
tasvirlab berish mumkin. VI-VII sinflarda geografik borliq va xodisalarni 
tasvirlash,tushuntirish, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi, V-VI 
sinflarda 3-10 minut, VI-VII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda 15-20 minut 
bo’lishi lozim. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish