Evristik suhbat
metodida o’qituvchi o’quvchilar oldiga ma’lum bir
muammoli masalani qo’yadi. So’ngra o’qituvchi yordamchi savollar va ayrim
ma’lumotlarni eslatish yo’li bilan o’quvchilarni ilgari olgan bilimlariga tayanib
muammoni mustaqil xal etishga undaydi. Bu yerda o’qituvchi o’quvchilarni bilish
faolligi ustidan nazorat qiladi, savollar shunday qo’yilishi kerakki, berilgan javob
asosiy fikrni isbotlashi va shu fikrni davom ettirishi zarur. Masalan, Markaziy va
Sharqiy Osiyoda havo haroratining yillik farqi qanday?, Markaziy va Sharqiy
Osiyo yillik harorati favrqining sababi nima?, Iqlim diagrammasiga qarab Sharqiy
Osiyoda yil davomida yog’inning taqsimlanishini aniqlang?, Yog’in nima uchun
ko’p yog’adi? Mazkur savollarga o’quvchilar javob berganlaridan so’ng Markaziy
va Sharqiy Osiyo iqlimlarining turi aniqlanadi. Markaziy Osiyo iqlimi quruq va
o’zgaruvchan, Sharqiy Osiyoniki esa nam.
Evristik suhbat katexezik suhbatga nisbatan murakkabroq. Evristik suhbat
o’tkazganda o’quvchilarga keng ma’noda gapirishga imkon beriladi, bunda ular
hayotiy tajribaga qiyoslashga va fikrlashga asoslanishadi.
Evristik suhbat asosan yangi o’quv materialini o’tishda va
umumlashtiruvchi takrorlashda qo’llaniladi.
Tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursida Evristik suhbat barcha
mavzularni o’rganishda qo’llanishi mumkin. Materiklar va okeanlar geografiyasida
va jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida Evristik suhbat quyidagi mavzularni
o’rganishda qo’llanishi mumkin: materikni yoki mamlakatni geografik
joylashishini aniqlashda; turli o’lkalar va mamlakatlar tabiiiy sharoitining asosiy
xususiyatlarini o’rganishda;
Har qanday suhbatning samarasi o’qituvchining savoliga bog’liq. Shuning
uchun darsga tayyogarlik davomida o’qituvchi beriladigan savollarni o’ylab
ko’rishi lozim.
Birinchi navbatda bir-biri bilan mantiqan bog’langan va bir-birini
to’ldiradigan, o’quvchilar bilimiga tayanadigan va o’quvchilarni xulosalar
chiqarishga undaydigan savollar tuzish lozim. Didaktik maqsadlarga ko’ra suhbat 3
turga bo’linadi: Kirish, yangi bilimlarni o’rganish; umumlashtiruvchi yoki yakuniy
suhbat.
82
- kirish suhbati: maqsadi yangi bilimni puxtaroq o’zlashtirish uchun zarur
bo’lgan (ilgari o’zlashtirilgan) bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida qayta
tiklashdan iborat. O’quvchilar geografik borliq va xodisalar o’rtasidagi aloqalarni
mustaqil aniqlashdan iborat bo’lgan vazifalarni bajaradi. O’quvchilar karta va
boshqa qo’llanmalar vositasida yangi bilimlar eski bilimlar bilan bog’lanadi.
Masalan, Afrika iqlimini o’tishda V-sinfda va yil boshida o’zlashtirishgan iqlim
tushunchasi esga solinib, iqlimga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi
- yangi o’quv materiallarini o’rganish suhbati. Bunda yangi mavzu o’quvchilarni
ilgari olgan bilimlariga tayangan holda o’rganiladi. Mazkur suhbatning eng asosiy
qismlari o’quvchilar tomonidan qaytarilishi lozim. Masalan, O’zbekiston tabiiy
geografiyasini o’rganayotganda tabiiy geografik rayonlarni ajratish tamoillariga
e’tibor beriladi. Bayon qilingan metodlar o’qituvchi tomonidan xulosalanishi va
mazkur materialni o’zlashtirilganligi tekshirib ko’rish lozim. Shundan so’ng
o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil qilish lozim;
-yakunlovchi suhbat. Ma’zkur takrorlash va bilimlarni muayyan bir tartibga
solish, shuningdek o’rganilgan bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish
hamda kengaytirishda tatbiq etiladi. Bunda o’quvchilar xulosalar chiqrishga
o’rgatiladi. Bu suhbat yirik mavzular, qismlarni o’tgandan keyin qo’llaniladi.
Suhbat davomida beriladigan savollar quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1.Savol va javoblar aniq va ravshan bo’lishi kerak.
2.Qo’shaloq savol bermasligi kerak. Masalan, Xisor tog’larida qanday relьf
shakllari tarqalgan va ular qanday paydo bo’lgan? Jamolungma cho’qqisini kim
qachon zabt etgan?
3.Cavollarda keraksiz so’zlar bo’lmasligi, javobi sezilib turadigan savollar
ham bermasligi lozim. Masalan kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan sari ufq chizig’i
kengayadimi?
4. Murakkab yoki “Ha” yoki “Yo’q” javobini talab qiladigan savollar
bo’lmasligi lozim. Masalan, Volga daryosi Kasbiyga quyiladimi?
5.Savollar o’quvchini o’ylab ko’rishni, muhokama qilishni talab etadigan
shaklda tuzilishi kerak.
Savollarning murakkabligi sinflarga qarab murakkablashib boradi.
V sinfda beriladigan savollar murakaab javoblarni talab qilmaydi. Masalan,
daryo qaerdan boshlanadi?, Daryo qaerga quyiladi? U qaysi yo’nalishda oqadi?
VI sinfda o’rganiladigan «Materiklar va Okeanlar tabiiy geografiyasida»
savollar biroz murakkablashadi. Berilgaan savollar o’quvchilarning o’ylab
ko’rishga va ma’lum bir aqliy faoliyatni amalga oshirishga majbur etiladi.
Masalan, Anxil sharsharasini geografik joylashishini aniqlang.
VII sinfda savollar yanada murakkablashadi, bunda savolga javob berish
uchun o’quvchilar katta aqliy faoliyatni amalga oshirishlari lozim. Masalan,
O’zbekiston tabiiy haritasida qanday prosk-(andozalar) tuzilgan? O’zbekistonda
Tyanьshan tog’ tizmasining qaysi qisimlari joylashgan?
Yuqori sinflarda o’rganiladigan iqtisodiy va ijtimsoiy geografiya kurslarida
o’quvchilarga keng va to’liq javobni talab qiladigan savollar beriladi. Masalan,
jahon davlatlari qanday guruhlarga bo’linadi?, Yoqilg’i-energetika sanoati
O’zbekistonni qaysi iqtisodiy rayonlarida yaxshi rivojlangan?
83
Geografiya ta’limida suhbat metodi ko’p hollarda karta va ko’rgazmali
qurollar bilan ishlash metodlari bilan birga qo’llaniladi. Ayrim xollarda suhbat
metodi hikoya va tushuntirish elementlarini ham o’z ichiga oladi. Shunday qilib
suhbat metodi geografiya ta’limida asosiy metod sifatida ham, yoki alohida usul
sifatida ham qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |