Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

SHAKLLANISHI
12.1. Umumiy geografik va xususiy tushunchalarni shakllantirish va 
rivojlantirish 
 
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va 
ular 
o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida 
fan 
tomonidan 
aniqlangan 
tushunchalardan tarkib topadi. 
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish 
muammosi yetakchi o’ringa chiqadi. 
Geografik bilim geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish 
geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali 
mazmunining asosiy birligi sanaladi. 
Tushuncha
-
insonga uning dunyoni idrok etishidagi intilishiga yordam 
beradi. Tushuncha bilan ish ko’rish – bu fikr yuritish demakdir. Odam
tushunchalar vositasida fikr yuritadi. Fikr real dunyoni aks ettiradi va bilmaslikdan 
bilishga tomon qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi 
o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni 
shakllantirish sanaladi. 
Shu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri 
o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma 
va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p 
biolog-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan. 
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib 
olish zarur. 
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va 
ular 
o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida 
fan tomonidan 
aniqlangan 
tushunchalardan tarkib topadi. 
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni 
shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi. 
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va 
tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi 
sanaladi. 
O’quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 

O’quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish; 

Idrok etish; 

Tasavvur qilish; 

Yodda saqlash; 

Amalda qo’llash; 

Natijalarni tekshirish; 

Axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash; 
O’qituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal 
qilinishi o’quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon 
yaratadi. 


68 
Shu sababli, o’qituvchi har bir o’quv fani mazmunidagi tushunchalarni 
belgilab olishi, diqqat markazini o’q uvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga 
qaratishi lozim. 
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, 
mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir 
qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, tushunchalarni o’quvchilar birdaniga 
egallay olmaydilar, tushunchalarni hosil bo’lishida yuqorida qayd etilgan 
bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo’ladi. 
Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, 
eng muhimi tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz 
qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilishi, 
o’quvchilarning aqliy faoliyati jalb etishi, ular tomonidan obyektlarni taqqoslash, 
o’xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy 
fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini egallashlariga zamin 
yaratishi lozim. 
Geografiya o’quv
 
fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish, 
rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat.
Geografiya o’quv fani mazmuniga geografiya fanining geologiya, 
geomormologiya, gidrologiya, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik, zoogeografik, 
iqtisodiy geografiyaga oid ma’lumotlar kiritilgan bo’lib, tushunchalar tizimi shu 
fan asoslari bilan belgilanadi. 
Shu sababli, geografiya o’quv fanining asosiy geografik tushunchalari sirasiga 
geologik, geomorfologik, gidrologik, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik, 
zoogeografik, iqtisodiy geografik tushunchalarni kiritish mumkin. 
Geografik tushunchalar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: oddiy va murakkab, 
xususiy va umumiy geografik tushunchalarga ajratish mumkin. 
Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so’ngra boshqa oddiy tushunchalar 
bilan birlashib murakkab tushunchalarni hosi qiladi. 
Umumiy tushunchalar bir xil xususiyatga ega bo’lgan ko’p narsa hodisalarni 
gavdalantiradi. Ularga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom 
bilan ataluvchi narsa va hodisalar kiradi. Butun tabiatdagi barcha voqea va 
hodisalarga ta’luqli geografik qonuniyatlar to’g’risida va ayrim geografiya kurs-
larining maxsus tushuncha-larini umumlashtiruvchi tushunchalar umumiy 
geografik tushunchalar hisoblanadi 
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan 
tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Masalan, Farg’ona vodiysini qanday 
tog’lar o’rab turadi? Qizilqum cho’li O’zbekistonning qaysi qismida joylashgan?
Kaynazoy erasida respublikamiz yer yuzasi qanday o’zgardi? Yoqilg’i resurslari 
Respublikamizning qaelarida ko’p tarqalgan?, Nima sababdan Quyi Amudaryo 
iqtisodiy rayonida sholichilik rivojlangan? va h.k. Bunda Farg’ona vodiysi, 
Qizilqum cho’li, kaynazoy erasi, yoqilg’i resurslari, Quyi Amudaryo yakka 
tushunchalar. Ularga javob topish uchun tabiiy, geologik va tektonik kartalardan 
foydalanish zarur bo’ladi. 
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 


69 
-
Tabiiy geografik xususiy tushunchalar; 
-
Iqtisodiy geografik tushunchalar; 
-
Kartografik tushunchalar. 
Xususiy tushunchalar umumiy tushunchalar kabi bir-biriga chambarchas 
bog’langan 
Geografiya o’quv fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish, 
rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat.
Bu tushunchalar tizimi geografiya predmetiga kiritilgan fan asoslari bilan 
belgilanadi. Geografik o’rin, geologik tuzilish, rel’ef, iqlim, ichki suvlar, tabiat 
zonalari, tabiiy resurs, aholi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, tashqi iqtisodiy 
aloqalar maktab geografiya kursining asosiy geografik tushunchalaridir. 
Geografik bilimlarning bilish xususiyatiga ko’ra tushunchalar quyidagi 
turlarga bo’linadi: 
- Geografik voqea va hodisalarning tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar. 
- Geografik voqea va hodisalarning fazoda joylashuvi haqidagi bilimlar. 
- Geografik voqea va hodisalarning xossalari haqidagi bilimlar. 
- Geografik jarayonlar haqidagi bilimlar. 
- Geografik borliq va hodisalarining tarkibi haqidagi bilimlar. 
- Geografik borliq va hodisalarning tuzilishi haqidagi bilimlar. 
-Geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar. 
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib,
mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir 
qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish