213
O’qituvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish muhim
ahamiyatga ega . mazkur ishlarni ham asosan geografiya to’garagida olib boriladi.
Unda turli xil geografik tadqiqotlar haqida to’garak a’zolari ma’lumotlar tayyorlab
ular asosida ma’ruzalar tayyorlashadi.
Sinfdan tashqari ishlar quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
- tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkon beradi; Sinfdan tashqari ishlarda
o’quvchilar o’z yashash joyining tabiati, xo’jaligi
va aholisi haqida chuqur
bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda vatan bilan
fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga, nazariy
bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga aylantirish amaliyoti bilan bog’lashga
imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyorlashga imkon
beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi. Bunday ishlar to’garak
ishlarini olib borishda,
muhim amaliy tadbirlarni, tajriba va eksperementlarni
o’tkazishda amalga oshiriiladi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan. Chunki
sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni geografik bilim va ko’nikmalari yanada
chuqurlashadi;
- sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas bog’langan.
Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, mazmunida va metodlarida
ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan tashqari ishlardan farqi ular
maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan uyushtiriladi
va amalga oshiriladi
(yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari va x.k).
Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyidagi
usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985)
- og’zaki usullar (verbal) ma’ruza, suhbat, intervyu. Ushbu usullarda bilish
manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suhbatlar, ma’ruzalar, intervyularni
olimlar,
ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xadimlari, xalq xo’jaligi
mutaxasislari olib boradi;
- amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan amaliy
ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar geografik asbob
uskunalar va jihozlardan foydalanish, geografik
haritalar bilan ishlashni, atrof
muhitni muxofaza qilishni amalda o’rganishadi;
- kuzatish usullari. Ushbu usularni tabiatni va xo’jalikni kuzatishda qo’llash
mumkin. Bu esa geografik voqea va xodisalar hamda borliqlarni har tomonlama
o’rganishga ikon beradi. Tabiatni va xo’jalik faoliyatni kuzatish muntazam va
vaqtincha bo’lishi mumkin. Masalan, ob-havoni daryo va ko’l satxini yer po’stini
harakatlarini muntazam kuzatib boriladi. Tabiiy geografik jarayonlar,
iqtisodiy
geografik jarayonlarni ma’lum bir vositalarda kuzatish mumkin. Masalan,
surilmani rivojlanishi, daryo erroziyasi, yer yuzasini cho’qishi qishloq xo’jalik
yoki sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish va boshqalarni ma’lum vaqtda ko’zatish
mumkin;
- tajriba –eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geografik voqea
va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’qindi jinslarni hosil
214
bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi,
quduqlarni tuzilishi va
shakllanishini namoyish qiladigan masalalar;
- qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodisalarni
moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish, jihozlar,
uskunalar, jihozlarni ko’rish va yasash. Modellar geografik obyektlarni tuzilishini
tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan geografik obyektlar hajmi
haqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’, vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna
pechi va h.k.)
- sayoxat usuli. Geografik voqea va
xodisalar obyektlarni tabiatda, ishlab
chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi;
- manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta
ahamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda obyektlarni
o’rganishni turli bosqichlarda qo’llaniladi: tadqiqotchi tayyorgarlik bosqichida;
tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot qatnashchilarini
umumlashtirish
bosqichida;
- kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi. Geografiya
ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda tadqiq qilishda va o’rganishda
qo’llaniladi.
Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quvchilarni
mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida qo’llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: