197
chiqish asosida aniqlanadi. Darsning maqsadini aniqlash uni mazmunini ishlab
chiqishga, o’qitish materialini tanlashga va darsni borishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Maqsad aniqlangandan so’ng ushbu maqsadga erishish
uchun darsning tuzilishi
ishlab chiqiladi. Darsning maqsadini aniqlash quyidagi talablarga javob berishi
mumkin:
- darsning maqsadi juda qisqa shaklda ifodalangan bo’lmog’i lozim;
- darsning maqsadida o’quvchilar qanday bilimlarni egallashlari, qanday
ko’nikmalar shakllantirilishi ifodalangan bo’lmog’i lozim;
-darsda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi
yoki ularni
chuqurlashtirish ko’rsatilishi lozim.
Darsning mazmunini aniqlash.
Darsni mazmunini quyidagi bilim manbalar
asosida aniqlash mumkin:
- darslik asosida. Darslikda xar bir mavzu uchun aloxida matn ajratilgan
bo’ladi. Matn, rasmlar, chizmalar va jadvallar bilan jihozlangan bo’ladi. Matnni
oldida o’tgan darsga doir yoki matnni mazmunini tushunishni yengillashtiradigan
savollar beriladi. Matnni oxirida esa olingan bilimlarni va ko’nikmalarni
mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar tizimi beriladi;
- mazkur kur uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda
xar bir mavzu
yoki bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan. Demak darslik
bilan birga metodik qo’llanma xam dars mazmunini ishlab chiqishda asosiy manba
bo’lishi mumkin;
- qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda muxim
manba bo’lib xisoblanadi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy rayonlari
o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan
kitob va risolalardan
foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rganayotganda har bir
materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan kitoblardan foydalanish
mumkin;
- kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars
mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin;
- dars yana qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun
sayyoxlar va olimlarning
esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish
ham katta natija beradi.
Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars
nixoyatda murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv mavzusi
mazmuni
ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va qo’shimcha
materiallar ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo’shimcha materiallar darsni asosiy
mazmunini oydinlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida ishlatiladi. Ayrim
xollarda darsda ko’zlangan materiallarni o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda
qolgan material uyga vazifa sifatida beriladi va uni o’quvchilar
mustaqil
o’rganishadi.
Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish
rejasini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: