Barqaror ijobiy uslub: Doimo bolalarga emotsional ijobiy munosabatda
bo‟ladi. Bolalar uchun kayg‟uradi, qiynalsalar yordam beradi. O‟zaro munosabatda
xotirjam bosiq - vazminlik bilan harakat qiladi. Nutqi ravon, mantiqli va lo‟nda, baland
tovushda gapirmaydi. Bunday o‟qituvchilar o‟z kasbini, bolalarni jon dilidan sevishadi.
O‟kishdan keyin ham ular bilan muloqotda bo‟lish uchun o‟zlarida extiyoj, istakni
doimo sezadilar.
Sust ijobiy uslub: O‟qituvchi bolalar bilan quruq, rasmiy tilda so‟zlashadi.
Bunday o‟qituvchilar faqat ish yuzasidan bo‟lgan munosabatlargina bolalarga ta‟lim va
tarbiya berishda muvaffaqiyat keltirishi mumkin, - deb hisoblaydilar. Bunday
o‟qituvchi to‟g‟risida maktab direktoridan so‟ralganda u- «Ajoyib o‟qituvchi, o‟z fanini
juda yaxshi biladi ammo... allaqanday sovuqqon, rasmiyatchi, bolalarga bir og‟iz ham
mehrli so‟z aytmaydi», deb javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |