0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

Uzun kechalar
63
- Men nima qilay? - Lola keskin burilib qaradi. - Qa- 
chondan beri bitta kastumchik ololmayman.
- Yana qanaqa kastumchik?
- Aytganim bilan oberish qo‘lingizdan kelarmidi? - Lo­
la „Senga gapirdim nima-yu, gapirmadim nima“, deganday 
yana teskari qarab oldi.
Ochil uf tortdi. Bu qandoq gap? Qachon kiyimga to‘yadi 
bu xotin! Shuncha kiyimi b o ia turib, yana xarxasha qilib 
o‘tiribdi. Har gal oylik olgan kuni uyda to‘polon boshlanadi. 
Lola uning maosh olib kelishini kutmasdanoq biron narsa 
olib qo‘ygan boiadi.
Ochil naridan beri qo‘lini yuvib chiqdi-da, borib stol oldi­
ga o‘tirdi. Lola narigi xonaga kirib ketgan, stol ustida boyagi 
pullar hamon sochilib yotardi. Ochil pullami yig‘di, taxladi, 
stol chetiga surib qo‘ydi. U bugun majlisga tayorlanib tushlik 
ham qilolmagan, peshinda ikkita ,,gumma“ yeb olgan edi. Ho­
zir qattiq toliqqanini, qomi ochganini sezdi.
- Ovqatingni obkel, - dedi bo‘g‘iq ovoz bilan.
Ichkaridan Lolaning asabiy tovushi eshitildi:
- Qozonda turibdi, o‘zingiz suzib ola bering.
- Qanaqa ovqat? - dedi Ochil o‘midan turib.
- Non qovurdoq.
Ochilning qoni qaynab ketdi;
- Bu qanaqa gap! - dedi baqirib. - Bir kun non qovurdoq
bir kun makaron qovurdoq! Durustroq ovqat qilish ham qo‘- 
lingdan keladimi-yo‘qmi?
Lola xuddi shuni kutib turgandek, yugurib uning oldiga 
chiqdi. U sochini hamon turmaklamagan, yelkasi bilan bitta 
bo‘lib yoyilib yotardi.
-A w a l bu yog‘ini qoyil qilib qo‘ying! - dedi u o‘yib ola- 
digan ohangda. - Qaysi qoplab tirab qo‘ygan narsalaringiz- 
ga yaxshi ovqat pishiraman? Odam faqat ovqat yeyish uchun 
yashaydimi? Odamlar xotinini brilliantga belab qo‘yibdi. 
Tug‘ilgan kuniga shubalar, tilla sepochkalar sovg‘a qilyap-


64
О ‘tkir Hoshimov
ti! - uning chiroyli, boiiq lablari burilib, ovozi birdan titrab 
ketdi. - Dunyoga kelib nima ko‘rdim! 0 ‘zingiz ayting, nima 
ko‘rdim! Humayradan nimam kam?
- Humayradan sening kaming yo‘q. - Ochil hazil bilan 
qutulmoqchi bo‘ldi, - faqat uning eri bilan mening farqim bor. 
Uning eri chayqovchi.
- Shuning uchun siz bir oyda topgan pulni u bir kunda 
topadi, - dedi Lola uning gapini bo‘lib.
- Lekin uning xotini tinch uxlaydi, osmon-u falakda yura- 
di, men bo‘lsam notinch uxlayman, - dedi Lola hoziijavob- 
lik bilan. - Chayqovchimi, balomi-battarmi, qoyil qilyaptimi
qandini ursin. - Endi uning lablari burilmas, ovozida g‘azab, 
rasmana g‘azab bor edi.
- Qani ayt! - dedi Ochil bo‘g‘ilib. - Nima qilay? 0 ‘zimni 
osaymi, otaymi, yo bozorga chiqib mardikorlik qilaymi?
- Qiling kuchingiz yetsa! Mardikor jillaqursa peshin- 
da tekinga ovqatlanadi! Sizning topganingiz yo‘lkira bilan 
,,abedingiz„dan ortmaydi, ,,boyvachcha“!
Lola yaxshi merganlardek erining yuragiga nayza san- 
chishga usta edi. Hozir ham mo‘ljalga bexato urdi. Ochil- 
ning boshiga qon gupullab urildi. Tegib olguncha yo‘liga 
ko‘z tikkan, parkning qorong‘i burchaklarida uning qoshini 
silab, „Qoshingaz muncha quyuq“, deb erkalagan, sochini 
siypalab, „sochingiz muncha qaysar“, deb erkalangan qiz 
shumidi? Ochil endi kerak bo‘lmay qoldimi? Ochil shiddat 
bilan boshini ko‘tardi. Mushti bir tugildi-yu, shaytonga hay 
berdi. Imillab borib televizomi qo‘ydi. Bugun futbol borligi 
esiga tushib, ko‘nglining bir chekkasida taskinga o‘xshash 
tuyg‘u paydo bo‘ldi. Hali ekran yorishmasdanoq sport sharh- 
lovchisining tanish, yangroq ovozi eshitildi. Ochil qaytib 
kelib stulga o‘tirgan edi, ekranda yashil maydon, guvullab 
shovqin solayotgan odamlar ko‘rindi. Bugun xalqaro o‘yin 
bo‘layotgani uchun sharhlovchi, ayniqsa, tantanavor ovoz- 
da gapirar, stadion hayajonli shovqinga to‘lgan edi. Endi



Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish