104
jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi.
Bunda
allyuvial va eol yotqiziqlari tarkibi bir-biriga o‘xshash, yaxshi saralangan qum,
qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv va delyuvial
yotqiziqlari esa yomon saralangan, har xil kattalikdagi zarra (bo‘lak) lar
aralashmasidan tashkil topgan.
Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy
tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlanђich
ona jinslardan
o‘tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishiga ega bo‘lsa ham, ammo bir qismi
tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Shuning uchun tuproqning
mexanik elementlarini mineral, organik yoki organo-mineralli zarrachalar tashkil
etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan o‘tgan)
yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin.
2
. Jinslar va tuproqlardagi turli o‘lchamli alohida zarrachalar
mexanik elementlar
deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra mexanik elementlar: mineral, organik va organo-mineral
zarrachalardan iborat. Bu zarrachalar toђ jinslarining bo‘lakchalaridan, ayrim (birlamchi,
ikkilamchi) minerallar, chirindi moddalar va organik hamda mineral moddalarning
o‘zaro
ta’sirlashuvidan
hosil
bo‘lgan
mahsulotlardan
tashkil
topgan.
Mexanik elementlar tuproq va jinslarda alohida (qum) va turli struktura
bo‘lakchalariga birikkan shaklda bo‘ladi. Mexanik elementlarni
miqdoriy aniqlashga
mexanik analiz deb ataladi. Mexanik elementlarning xossalari, ular o‘lchamiga ko‘ra
o‘zgarib turadi. O‘lchami va xossalari bir-biriga yaqin zarrachalar odatda fraksiyalarga
birlashtiriladi.
Zarrachalar
katta-kichikligiga
qarab
fraksiya
gruppalarining
klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. Kattaligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratilgan
zarrachalarning gruppalanishiga mexanik elementlar klassifikatsiyasi deyiladi.
Hozirgi
vaqtda
N.A.Kachinskiy
tavsiya
etgan
mexanik
elementlar
klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (5- jadval).
Fraksiyalardagi o‘lchami 1 mm dan katta zarrachalarga jinslarning tosh qismi
yoki tuproq skleti, 1 mm dan kichiklari esa mayda zarrachali yoki mayda qismi deb
ataladi.
Shuningdek, mayda zarrachadagi 0,01 mm dan katta zarrachalar xossalari
qumga yaqin bo‘lgani uchun shartli "fizik qum" gruppasiga, 0,01dan kichiklari esa
loyga o‘xshashligi sababli "fizik loy" deb yuritiladi.
3. Turli mexanik elementlarning minerologik, kimyoviy tarkibi, ularning fizik va
fizik-kimyoviy xossalari har xil bo‘lganidan, alohida
fraksiyalar tuproqlar hamda
jinslarning xossalariga turlicha ta’sir etadi.
Alohida fraksiyalar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarga qisqacha to‘xtalamiz.
Tosh
(>3 mm) asosan turli toђ jinslarining bo‘lakchalaridan iborat bo‘lib,
tuproqda toshning ko‘pligi qator salbiy xossalargi olib keladi. Jumladan, qishloq
xo‘jalik mashinalari va qurollaridan foydalanishni qiyinlashtiradi,
ekinlarning unib
105
chiqishi va o‘sishiga yomon ta’sir etadi. Tuproqning toshlilik darajasi odatda
(massasiga nisbatan foiz xisobida) 3 mm dan katta zarrachalar miqdoriga ko‘ra
quyidagi gruppalarga ajratiladi: toshli bo‘lmagan - 0,5 foiz, kam toshli - 0,5-5
foizgacha, o‘rtacha toshli 5-10 foiz va kuchli toshloq tuproq 10 foizdan ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: