Tuproqlar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi.
(N.A.Kachinskiy)
Mexanik
tarkibiga ko‘ra
«Fizik loy»(<0,01 mm)
miqdori, foiz
«Fizik qum» (>0,01 mm)
miqdori, foiz
107
qisqacha nomi
T u p r o q l a r
Podz
ol
tipi-
dagi
Dasht
tipidag
i
hamda
qizil va
sariq
tuproq
lar
SHo‘rt
ob va
kuchli
sho‘rto
blar
Podzol
tipidag
i
Dasht
tipidagi
hamda
qizil va
sariq
tuproql
ar
SHo‘rt
ob va
kuchli
sho‘rto
blar
Qum tuproq:
sochilma
qum
birikkan
qum
Qumloq tuproq
Qumoq tuproq
yengil
qumoq
o‘rta
qumoq
og’ir
qumoq
Soz tuproq
yengil
soz
o‘rta soz
og’ir soz
0-5
5-10
10-20
20-30
30-40
40-50
50-65
65-80
>80
0-5
5-10
10-20
20-30
30-45
45-60
60-75
75-85
>85
0-5
5-10
10-15
15-20
20-30
30-40
40-50
50-65
>65
100-95
95-90
90-80
80-70
70-60
60-50
50-35
35-20
<20
100-95
95-90
90-80
80-70
70-55
55-40
40-25
25-15
<15
100-95
95-90
90-85
85-80
80-70
70-60
60-50
50-35
<35
Bu klassifikatsiyaga ko‘ra mexanik tarkibining asosiy nomi "fizik qum" ning
"fizik loy" ga bo‘lgan nisbatiga qarab beriladi va qo‘shimcha nomlanayotganda esa,
ko‘proq uchraydigan fraksiyalar (shaђal 3-1 mm, qum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-
0,01 mm, changsimon 0,01-0,001 mm va loyqa < 0,001 mm) miqdori e’tiborga
olinadi.
Masalan, bo‘z tuproqlar tarkibidagi fizik loy 28,1 foiz, qum 37,0, yirik chang
34,9, o‘rtacha va mayda chang 16 yoki 12,1 foiz bo‘lganda, mexanik tarkibiga ko‘ra
uning asosiy nomi - yengil qumoq bo‘lib, qo‘shimcha nomi - yirik chang qumlidir.
Mexanik tarkibining qo‘shimcha nomi, misolda keltirgandek, tuproqda ko‘prok
uchraydigan ikki fraksiya asosida berilib, oxirida aytiladigan (masalan, qum) uning
ko‘proq ekanligini ifodalaydi.
108
N.A.Kachinckiy o‘zining mukammal (uch hadli) klassifikatsiyasida qum,
chang va loyqalarning nisbatini ham hisobga oladi, sho‘nga ko‘ra qaysi fraksiyaning
ko‘pchiligiga qarab tuproq turli nom bilan ataladi. Masalan, og’ir qumoq va o‘rta
qumoq tuproqlar yana quyidagi gruppalarga bo‘linadi: changli - loyqa tuproq, loyqa-
changli tuproq, yirik changli-loyqa tuproq, loyqa-yirik changli tuproq, changli tuproq,
yirik changli tuproq, qum-changli tuproq, loyqa-qum tuproq, changli -qum
tuproq.O‘rta va yengil soz tuproqlar esa loyqali-chang tuproq, changli-loyqa tuproq,
yirik
changli-loyqa
tuproq,
loyqali-yirik
chang
tuproqlarga
bo‘linadi.
Qovushmagan qumlar: mayda donador, o‘rtacha donador, yirik donador, mayda
donador-shaђalli, o‘rtacha donador - shaђalli (graviyli), yirik donador-shaђalli
qovushmagan qumlarga bo‘linadi. Qovushmagan qumlarda chang va loyqalar
miqdori hisobga olinadi va zarrachalarning katta-kichikligiga qarab ular tegishli nom
bilan ataladi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, klassifikatsiyada tuproqning genetik tabiati,
ulardagi loy fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e’tiborga
olingan bo‘lib, bunda gumus miqdori, tarkibi va almashinuvchi kationlar hamda
mineralogik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar qanchalik yaxshi
ifodalangan bo‘lsa, fizik loy miqdori bir xil bo‘lgan sharoitda ham loy
zarrachalarining xossalari unda kuchliroq namoyon buladi. Shuning uchun ham doim
dasht tuproqlari, qizil va sariq tuproqlar podzol, sho‘rtob tuproqlarga nisbatan
strukturali bo‘lganidan, undagi fizik loy miqdori bu tuproqlarda ancha ko‘proq
saqlangandagina og’ir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi. Masalan 6-jadvalga
ko‘ra dasht tuproqlari (qora tuproq kabi) ni soz tuproqlar jumlasiga fizik loy miqdori
60-75 foiz bo‘lganda, podzol tuproqlarni 50-65 foiz, sho‘rtoblarni esa 40-50 foiz
bo‘lganda kiritiladi.
Demak, mexanik tarkibni aniklayotganda tuproqlar kelib chiqishining genetik
xususiyatlariga e’tibor berish lozim.
5. Mexanik tarkibi tuproqning eng muhim fundamental xossalari va
unumdorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, birinchi navbatda
uning agronomik ahamiyati kattadir. Tuproqning suv o‘tkazuvchanligi, nam siђimi
kabi xossalari hamda havo-suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita
boђliq bo‘lib, suђorish va zax qochirish melioratsiyasida bu ko‘rsatkichlar muhim rol
o‘ynaydi.
Turli mexanik tarkibli tuproqlar har xil unumdorlikka ega bo‘lganligidan yerni
ishlash, o‘simliklarni oziqlantirish bo‘yicha turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi.
Soz tuproqlar odatda qumoq va qumli tuproqlarga nisbatan o‘simliklar uchun zarur
oziqa kul moddalarni ko‘proq saqlaydi. Mexanik tarkibi tuproqning singdirish
qobiliyati, oksidlanish-qaytarilish sharoitlariga, yerda chirindining va oziq
109
moddalarning
to‘planishida
ham
muhim
rol
o‘ynaydi.
Mexanik tarkibiga ko‘ra yerga ishlov berish sistemasi, dala ishlarining
muddatlari, o‘ђitlash normasi, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemalari
kabilar belgilanadi.
Yerga ishlov berishda qishloq xo‘jalik mashinalari va qurollariga
ko‘rsatiladigan qarshilikni belgilaydigan tuproqning fizik-mexanik xossalari ham
mexanik tarkibiga boђliq. Bu xossasiga ko‘ra traktorlar uchun sarflanadigan yoqilђi
va ish normalari belgilanadi. Ayonki, mexanik tarkibi og’irlashuvi bilan tuproqning
ish qurollariga ko‘rsatadagin qarshiligi va yoqilђi sarfi ham ortadi. Masalan, yengil
qumoqlarda tuproqning qarshiligi har kvadrat sm.ga 0,50-0,70 kg.ni tashkil etib 10-
12 - kg/ga yoqilђi sarflanganda, o‘rtacha qumoqlarda -0,93-1,06 kg/sm2 va yoqilђi
sarfi 15-18 kg/ga ni, yengil soz tuproqlarda esa qarshilik yanada kuchli bo‘lib, yoqilђi
sarfi gektariga 28-30 kg ni tashkil etadi.
Qum va qumloq tuproqlar yengil haydalganidan dehqonchilikda bularni yengil
tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul xavo rejimiga ega, tez
isiydi. Lekin bu tuproqlar qator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam siђimiga
ega. Shuning uchun hatto seryoђin rayonlarda ham o‘simliklarga nam yetarli
bo‘lmaydi. Yengil tuproqlarda chirindi va o‘simliklar uchun zarur oziq moddalar kam
va singdirish qobiliyati past bo‘ladi, shamol eroziyasiga ko‘proq uchraydi. Og’ir
qumoq va soz tuproqlar ancha yuqori birikkanligi va nam siђimining ko‘proq bo‘lishi
bilan xarakterlanadi. Oziq moddalar bilan yaxshiroq ta’minlangan, chirindiga boy.
Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch va energiya
sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og’ir tuproqlar deb yuritiladi. Strukturasiz
og’ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o‘tkazuvchanligi
past, yengil changlanib ketadi, qatkaloq hosil bo‘ladi, zichligi yuqori, yopishqoqligi
va ko‘pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu
tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari qishloq xo‘jaligida foydalanish
uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam strukturali yengil qumoq va o‘rta qumoq
tuproqlar qator maqbul xossalari bilan xarakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir.
Tabiiy iqlim sharoitlari va tuproq tiplariga ko‘ra mexanik tarkibining maqbulligi ham
o‘zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali qora tuproqlari uchun ancha
og’ir mexanik tarkib (og’ir qumoq va soz tuproqlar) ham namni yaxshi to‘plash
imkonini beradi. Bo‘z tuproqlarda esa o‘rtacha qumoq mexanik tarkib ancha yaxshi
hisoblanadi.
Mexanik tarkibi baholanayotganda, shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlarining
biologik xususiyatlari va ularning tuproq sharoitlariga bo‘lgan talabchanligiga ham
e’tibor berish lozim. Masalan, kartoshka va ko‘pchilik sabzavot ekinlari uchun
qumloq
va
yengil
qumoq
tuproqlar
ancha
qulaydir.
110
Tuproqning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan boђliq bo‘lib, yerdan
unumli foydalanilganda va turli tadbirlar qo‘llanilganda, uning xossalari yaxshilanib
boradi. Buning uchun turli usullardan foydalaniladi. Masalan, qum tuproqlarni gillash
(yerga loyqa oqizish), mahalliy o‘ђit qo‘llanish bilan yoki og’ir soz tuproqlarni
qumlash (yerga qum solish) yo‘li bilan dehqonchilikda yaxshilab borish mumkin.
35>15>20> Do'stlaringiz bilan baham: |