Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

4-MAVZU. TOG‘ JINSLARI. 
REJA. 
 1.Ekzogen geologik jarayonlar va ularning turlari 
 2. Fizik nurash jarayoni.Kimoyviy nurash.Biologik nurash.
 3.Nurash konlari
 4.Kimyoviy cho‘kindi konlar 
Ekzogen geologik jarayonlar va ularning turlari.
Yer po‘stida va uning yuza 
qismidagi barcha o‘zgarishlarga sababchi bo‘lgan ikkita qudratli kuch bor. Ularga 
endogen va ekzogen kuchlar yoki jarayonlar deb nom berilgan. Birinchisining 
harakatga keltiruvchi manbai Yerning ichki energiyasi bo‘lsa, ikkinchisiniki tashqi, 
asosan - Quyosh energiyasidir.
 
Nurash jarayonlari deb bizga ma’lum bo‘lgan barcha genetik tasniflarga 
kiruvchi (magmatik, metamorfik, cho‘kindi) tub tog‘ jinslarining ia mineral xom 
ashyolarning quyosh energiyasi, suv, shamol, muz, o‘simlik va hayvonot 
dunyosining kimyoviy va mexa -nik ta’sir, kuchi ostida yemirilib 
parchalanishiga aytiladi. Yemirilish va parchalanish jarayonlari vaqtida tog‘ jinsi 
bo‘lak-larining diametri 1 metrdan to 0,001 mm gacha (tuproq zarracha-l a r i
q i y o f a s i d a ) ,
h a t t o
b u n d a n
h a m
m a y d a
b o ‘ l g a n
h o l a t i g a c h a y e tib boradi. 


34 
Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega bo‘lsa, ekzogen kuchlar 
barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar Yer yuzasining barcha 
notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ularni tekislashga harakat qiladi. 
Ekzogen (yunoncha - yexo - tashqi, depon - kelib chiqish, paydo bo‘lish) 
jarayonlar Yer yuzasida sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalar bo‘lib, ularni harakatga 
keltiruvchi manba quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning 
atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan 
tabiiy hodisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan yer po‘stining yuza qismini 
o‘zgartiradi. 
Barcha ekzogen jarayonlar tog‘ jinslarini yemiradi (nurash, eroziya, denudatsiya, 
abraziya, ekzaratsiya), yemirilgan jinslarni tashiydi (ko‘chiradi) va to‘playdi 
(akkumulyatsiya). Ana shu tabiiy hodisalar tufayli yer yuzasining relyefini tekislaydi. 
Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini ko‘p holatlarda endogen jarayonlar belgilab 
beradi va har ikkalasi qarama-qarshiliklar kurashi va birligi qonuni asosida namoyon 
bo‘ladi. Masalan, tog‘lar (vulkanik, tektonik) qanchalar tez va baland ko‘tarilsa, 
ularning yemirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda yer po‘stida modda va energiya 
almashinuvi kuzatiladi: tog‘lar yemirilib, pasaya boradi, tekisliklar esa, cho‘kindi 
jinslar bilan to‘lib, ko‘tarila boshlaydi. Yer po‘stidagi mavjud muvozanat buzilib, 
tektonik harakatlar yangidan faollashish bosqichiga o‘tib, vulkanlar harakatlanishi
dahshatli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin. 
Demak, bu ikkala kuchlar o‘zaro dinamik birlikda rivojlanadi. Shuning uchun 
ham geologik - geomorfologik tadqiqot ishlarining uslubiy asosi endogen va ekzogen 
kuchlarining o‘zaro nisbatini tahlil qilish hisoblanadi. 
Quyosh energiyasi va boshqa tashqi kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladigan yer 
po‘stining yuza qismidagi barcha tabiiy hodisalarni ekzogen jarayonlar deb ataladi. 
Ekzogen jarayonlarni ikkita yirik guruhga: quruqlikdagi va suvli muhitdagi 
jarayonlarga ajratish mumkin. Quruklikdagi ekzogen jarayonlarga nurash, shamol, 
vaqtincha va doimiy oqar suvlar va muzliklar, suvli muhitdagilarga dengiz va okean 
suvlari, ko‘l va botqoqliklar, yerosti suvlarining faoliyati tegishlidir. 
Suv oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar tog‘ jinslarining yemirilishi, yerilgan 
materiallarning tashilishi, daryo, delta yotqiziqlari, umuman eroziya, ko‘chirish va 
to‘plash jarayonlari majmuasidan tashkil topadi.
Ekzogen jarayonlarning vaqt davomida rivojlanishiga asosan uchta (tektonika, 
iqlim, antropogen) omillar ta’sir etadi va to‘rtta bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi 
bosqichda ekzogen jarayonlar kuchayadi va unga mos holda landshaftlarning 
o‘zgarishi jadallashadi. Ikkinchi bosqichda ekzogen kuchlarning zaiflasha borishi va 
landshaftlarning o‘zgarishi o‘rtasida muvozanat yuzaga keladi. Bu mutanosiblik 
ma’lum vaqt davom etadi. Uchinchi bosqichda ekzogen jarayonlarning tobora 


35 
zaiflashuvi uzoq muddatlarda davom etishi hisobiga landshaft tiplari yangi sharoitga 
moslasha boradi. To‘rtinchi bosqichda dinamik muvozanat holatida rivojlanish muhiti 
shakllanadi. Bu holat biror kuch ta’sir etmasa, uzoq geologik vaqt davomida ekzogen 
jarayonlar bilan landshaft tiplarining mutonasibligi o‘zgarmaydi. 
Quyida ekzogen jarayonlarga tegishli bo‘lgan nurash, shamol, suv, muzlik, 
dengiz va okean, ko‘l va botqoqlik, yerosti suvlarining ta’siri, tuproq hosil qiluvchi 
jarayonlar haqida ma’lumotlar keltiramiz. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish