145
o‘simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev,
K.K.Gedroyts,
A.G.Doyarenko,
I.N.Antipov-Karatayev,
N.A.Kachinskiy,
N.I.Savvinov, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, D.V.Xan, S.N.Rijov, M.U.Umarov,
L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari olimlari tomonidan
batafsil o‘rganilgan.
2.Tuproqning donadorligi (strukturasi)
uning suv, havo va oziqa rejimini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Meliorativ va agronomik nuqtai nazardan dumaloq donador, suvga chidamli
mayda birlamchi oddiy agregatlardan tuzilgan donadorlik yaxshi hisoblanadi.
V.R.Vilyams, A.N.Sokolovskiy, N.I.Savvinov tuproqdagi 1-5-10 mm o‘lchamdagi
donadorlikni ijobiy, yaxshi agronomik xususiyatga ega deb ta’kidlaydilar. Donadorlik
makro (> 0,25 mm dan yuqori) va mikro (0,001-0,25 mm) o‘lchamli qismga
bo‘linadi. Tuproq tarkibidagi > 0,25 mm zarrachalart miqdori uning donadorligini
belgilaydi, < 0,001 mm zarrachalar esa tuproqning agronomik va meliorativ holatini
yomonlashtiradi.
O‘tkazilgan
tajribalar
(M.E.Volni,
P.A.Kostichev,
P.F.Barakova,
A.G.Doyarenko, V.R.Vilyams, K.K.Gedroyts) ko‘rsatkichi
tuproqning donadorligi
yuqori haydalma gumusli qatlamning yumshoqligini yaxshilab, o‘simlik ildizlarining
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. O‘simlik urug‘lari tez unib chiqadi, rivojlanadi,
havo va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshadi, qatqaloqlanish jarayoni ro‘y
bermaydi. Donadorligi yaxshi tuproqlarda eroziya rivojlanishining oldi olinadi.
Olimlarning fikricha, tuproq donadorligining hosil bo‘lishi va oshishi fizik-
mexanik,
fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik jarayonlarga bevosita bog‘liq. Fizik-
mexanik jarayon tuproqdagi bosimning oshishiga bog‘liq, ya’ni o‘simlik ildizlarining
rivojlanishi, tirik jonivorlar harakati, tuproqni namlanganda uning bo‘kishi va
quriganda siqilishi natijasida yoriqlar, turli o‘lchamdagi agregatlar hosil bo‘ladi.
Tuproqning muzlashi va erishi, traktorlar bilan yerga ishlov
berish natijasida ham
donadorlik hosil bo‘lishi mumkin.
Fizik-kimyoviy jarayonlarning rivojlanishida loy va kolloid zarrachalarning
koagulyatsiyasi va peptizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Donadorlikning hosil bo‘lishi
organik va mineral kolloidlarning tabiatiga bog‘liq. Ayniqsa gumus moddalaridan
tashkil topgan donadorlik turg‘un hisoblanadi.
Tuproqda yemirilish jarayonida kalsiy karbonat, magniy silikati, temir hosil
bo‘lsa, bu elementlar zarrachalarning sementlashib
suvga chidamli mikroagregat
donachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi gips, natriy xlorid va
sulfat birikmalari ham kimyoviy donadorlikni rivojlantiruvchi omil hisoblanadi.
Mikrobiologik jarayonlar, ya’ni mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug‘lar,
aktinomitsetlar o‘z chiqindilari va tanasidagi moddalar ham tuproq donadorligini
146
oshirishi mumkin. V.R.Vilyams tuproq donadorligini oshirishda, aerob va anaerob
mikroorganizmlarning roli kattaligini ko‘rsatib berdi. Chuvalchanglar
ham organik va
mineral zarrachalarni o‘zidan o‘tkazib, ekskrimentlari bilan tuproq donadorligini
oshiradi. Tuproq donadorligini oshirish imkoniyatlari asosan kimyoviy, fizik-
mexanik va biologik usullardan iboratdir. Kimyoviy polimerlar yordamida va
almashlab ekishni joriy etish usullari orqali ham tuproq donadorligini yaxshilash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: