O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#744285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Minglarov Avazbek. Kurs ishi. Globallashuv

 
 


29 
2.3. Globallashuv va lokallashuvning o‘zaro ta’siri 
Mamlaktning nafaqat iqtisodiy, shuningdek, siyosiy ahvoliga ham jiddiy 
xavf tug‘diruvchi tahdidlardan bir tashqi qarz muammosidir. Tashqi qarzning 
yuqori darajadaligining o‘ziyoq tashqi siyosat yuritishni shubha ostiga qo‘yadi. 
Mamlakat qarz bergan yirik kreditor mamlaktlarga qaram bo‘lib qoladi. Tashqi 
qarzlarni to‘lash uchun mamlakt qarzlardan kreditlarni belgilangan muddatlarda 
to‘lashni kafolatlaydigan ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirishda 
foydalanishi hamda yangi ob’ektlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini 
kengaytirish mumkin. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, globallashuv sharoitida milliy 
iqtisodiyot xavfsizligini ta’minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi, 
qolaversa, tovar va xizmatlar reklamasining mazmuni, yo‘nalishi, targ‘ib qilish 
usul va uslublari jamiyatdagi umue’tirof etilgan me’yorlarga javob berishga 
qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish va ular bo‘yicha nazorat tizimini 
takomillashtirish zarur.
XX asrning so`nggi choragida jahon miqyosida yangi dunyoviy tartibning 
qaror topishi, avvalo, turli mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi 
“geoiqtisodiyot»ning shakllanishi bilan uzviy bog`liqdir. 
Bu jarayonning quyidagi belgilovchi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin: 
“sovuq urush”da g`olib chiqqan davlatlarning harbiy qudratining kuchayishi; 
SHimoliy Amerika, G`arbiy Yevropa va SHarqiy Osiyoda iqtisodiyotning jadal 
o`sishi; Transmilliy korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar mavqei va ta`sirining 
oshishi rivojlangan va “Uchinchi dunyo” mamlakatlar o`rtasidagi ziddiyatlarning 
keskinlashuvi; rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlar tabiiy 
boyliklarini egallash, ishchi kuchi va intellek-tual zaxiralarini jalb etish va 
hokazo. 


30 
Rivojlangan mamlakatlar uchinchi dunyo ega bo‘lgan mineral xom ashyo, 
yoqilg‘i-energetika resurslariga ehtiyoj sezmoqda. CHunki ularning zahirasi 
tugab bormoqda. Tabiiy xom ashyo resurslarining, ayniqsa, gaz va neftning 
cheklanganligi yaqin ellik yilda xalqaro munosabatlar rivojlanishining bosh omili 
hisobladi. Ushbu zahiralarni qo‘lga kiritishga intilish asosida mojarolar avj oladi, 
kuchlar konfiguratsiyasi (kuchlar joylashuvi) o‘zgaradi. Muqobil energiya 
manbalarini birinchi bo‘lib topgan mamlakat nafaqat milliy iqtisodiyotini 
rivojlanitirish, balki geosiyosiy koordinatalarning yangi tizimini shakllantirish 
uchun ham barcha sharoitlarga ega bo‘ladi. 
Uchinchi mingyillik oralig‘ida xalqaro munosabatlar tizimi, G‘arb 
adabiyotida aytilayotganidek, xalqaro tizim (International System) o‘z 
rivojlanishining sifat jihatdan yangi fazasiga kirdi. Uning hozirgi dunyoga 
ta’sirini inqilobiy deb tavsiflash mumkin. 1945-1990-yillarda mavjud bo‘lgan 
«sovuq urush» davridagi xalqaro tizim yoki YAlta-Potsdam tizimi nom-
nishonsiz ketdi. YAlta-Potsdam tartibi o‘rniga kelgan yangi xalqaro tizim tub 
o‘zgarishlarning girdobli jarayonini boshidan kechirmoqda. 1980-yillar oxiri-
1990-yillar boshi davomida SHarq va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikning 
tugashi, sotsialistik lagerning qulashi, SSSRning tarqab ketishi, Evrosiyo 
qit’asida o‘nlab yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi singari butunjahon-
tarixiy ahamiyatga molik voqealar sodir bo‘ldi. Xalqaro tizim “aktyorlari”ning 
miqdor va sifati, ular munosabatlarining modeli va o‘zini tutish qoidalari bir 
necha yil ichida o‘nlab yillar davom etgan «sovuq urush» davridan ko‘ra ancha 
chuqur o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Dunyo tartiblilikdan ko‘ra tartibsizlik, 
mojarolarni tartibga solish strategiyasidan ko‘ra mojarolar bilan xarakterlanadi 
(tavsiflanadi). 
Shunday qilib, hozirgi xalqaro tizim endilikda tamomila yangi xarakter 
belgilariga ega: 


31 
1. Milliy davlatlar avvalgidek uning bosh aktyori hisoblanadi, bu o‘rinda 
gap integratsiya darajasiga qaramasdan, ixtiyoriylik sharti bilan davlatning turli 
davlatlararo mintaqaviy, mintaqalararo va global tashkilotlarda ishtiroki haqida 
bormoqda. Siyosiy hokimiyat hududiy mustaqillik (suverenitet) tamoyili asosida 
xalqaro huquqning boshlang‘ich sub’ektlari bo‘lib qolayotgan alohida davlatlar 
ixtiyorida saqlanadi. Biroq ko‘payib borayotgan global muammolarni hal 
qilishda ularning kuchi kamayadi. Yevropa va Osiyoning ulkan kengliklarida 
«real sotsializm» g‘oyasi va amaliyotining barbod bo‘lishi shunga olib keldiki, 
kommunistik utopiya (xayolot) o‘rnini davlat-millatni yaratish konsepsiyasi 
egalladi. Millat, milliy qurilish g‘oyasi qirq yoki etmish yil davomida totalitarizm 
zulmi ostida qolgan jamiyatlar uchun tenglashtirish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi.
Millatchilik bu jamiyatlarda konstruktiv (asosiy) kuch rolini o‘ynaydi. 
2. Xalqaro xukumatlararo tashkilotlar (XHT) kabi xalqaro nohukumat 
tashkilotlar (XNT) sonining ham o‘sib borishi xalqaro tashkilotlar siyosiy, 
iqtisodiy va sotsial sohalarda davlatlarning o‘zaro bog‘liq XT manfaatlarining 
ortishi tufayli zarur bo‘lgan xalqaro tizimni boshqarishning alohida shaklini 
yaratadi. XT transchegaraviy, siyosiy jarayonning instutitsional doirasini 
shakllantiradi, unda ko‘p sonli davlat va hamjamiyatlardan davlat yoki nodavlat 
aktyorlar ishtirok etishadi. XHT ikkilamchi va yasama bo‘lsa ham, chunki ular 
xalqaro huquqning birlamchi sub’ektlari — davlatlar tomonidan tuzilgan, xalqaro 
huquqning sub’ektlari hisoblanadi. XNT esa xalqaro xususiy huquq institutidir. 
Umuman, XNT siyosiy sohada davlat butkul va to‘lig‘icha o‘ziga ololmaydigan 
boshqaruvning ma’lum funksiyasini o‘z zimmasiga oladi. 
3. Xalqaro tizimdagi qarama-qarshilik (ziddiyat) globallashuv bilan bir 
vaqtning o‘zida kechgan nomarkazlashtirish, mintaqalashtirish va ko‘pqutblilik 
jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Sharq va G‘arb ziddiyati konfiguratsiyasi uning 
bipolyarliligi bilan birga endi xalqaro tizim uchun struktur belgilovchi bo‘lmay 
qoldi. Kuchlarning yangi mintaqaviy markazlari tashkil topdi. Eng muhim 


32 
mintaqaviy davlatlar sifatida Yaponiya va Germaniya, shuningdek, Xitoy va 
Braziliyaning ko‘tarilishida ko‘pqutblilik namoyon bo‘lmoqda. Mintaqaviy 
guruhlar va xalqaro tashkilotlar (Rossiya, Yevropa Ittifoqi, NAFTA Islom 
Konferensiyasi tashkiloti, ASEAN va sh.k. bilan birgalikda «katta ettilik») 
xalqaro tizimda davlatlar bilan birga etakchi aktyorlarga aylanmoqda. 
4. Xalqaro tizimda qarama-qarshilik markazining Sharq-G‘arb nisbatidan 
SHimol-Janub o‘qiga ko‘chib o‘tishi, sodda qilib aytganda, boy SHimol bilan, 
kambag‘al Janub o‘rtasidagi mojaro (ixtilof) industrial va rivojlanayotgan 
mamlakatlar rivojining mutlaqo turlicha siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
imkoniyatlariga asoslanadi. «77 lar guruhi»ga birlashgan, o‘zida 120 dan ortiq 
davlatni qamragan rivojlanayotgan mamlakatlar katta guruhi ichida tabaqalanish 
jarayoni yuz bermoqda. Unda OPEKga tegishli, son jihatdan uncha ko‘p 
bo‘lmagan bir necha boy (badavlat) va rivojlanayotgan mamlakatlar hamda 
«yangi industrial mamlakatlar» ajralmoqda. Ikkinchi tomondan, rivojlangan va 
rivojlanayotgan, boy va kambag‘al mamlakatlar o‘rtasidagi farq kengayib 
bormoqda.
«Sovuq urush» tugagandan so‘ng SHimol-Janub o‘qidagi keskinlikning 
kuchayishiga ko‘p jihatdan sivilizatsion omillar sabab bo‘ldi. 
5. Sharq va G‘arb mojarosining tugashi «kuch» tushunchasining mazmun 
va o‘lchamida dramatik burilish yasadi. Kuchning mumtoz belgilari (davlat 
hududi o‘lchamlari, aholi soni, geopolitik holati, qurolli kuchlari soni va sh.k.) va 
davlatning hududiy mustaqilligi ko‘p jihatdan endi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. 
G‘arb siyosiy tafakkuri ilmiy muomalaga «sezilarli kuch» va «sezilmas kuch» 
tushunchalarini olib kirdi. «Sezilarli kuch» kategoriyasi o‘z ichiga yuqorida qayd 
etilgan an’anaviy kuch belgilarini oladi. «Sezilmas kuch» kategoriyasi ilmiy-
texnologik baza, iqtisodiyotning sanoat va moliyaviy quvvati, valyuta, inson 
boyligi (kapitali), ijtimoiy xavfsizlik kafolati, davlatning siyosiy va ijtimoiy 
tuzilishini himoya qilishda aholining safarbarlik layoqati singari go‘yoki bir 


33 
qarashda ko‘rib va sezib bo‘lmaydigan davlat qudratining belgilaridan iborat. 
Kuchning ushbu yangi o‘lchamlari davlatning o‘rni, maqomi va qudratini 
aniqlashda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. 
6) Dunyo tizimi «turlarning ayni bir paytda bo‘lishi» («baravar yuz 
berishi») bilan, ya’ni tarixiy davr va ijtimoiy makon kabi fundamental 
tushunchalarning ayni bir paytda mavjud bo‘lishi va bir-birining ustiga qo‘yilishi 
bilan duch kelmoqda. «Jahon o‘tish jamiyati»ning hali etarlicha aniqlanmagan va 
pishib etilmagan sharoitida, bir tomondan, davlatlararo mojarolarning 
mintaqaviylashuvi va markazdan uzoqlashuvi, ikkinchi tomondan, davlatlararo 
harbiy va davlat ichkarisidagi ijtimoiy-siyosiy mojarolarning o‘zaro qo‘shilib 
ketishi yuz bermoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkilotiga birlashgan 
evroatlantika makonining sanoati rivoj topgan mamlakatlarida Sharq va G‘arb 
mojarosining bartaraf etilishi natijasida tinchlik barqaror va xavfsiz bo‘lgan bir 
vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida beqarorlik va ko‘tarilishlar keskin ortdi. 
Xalqaro munosabatlarda globallashuv jarayonlarining yonma-yon borishi va 
mahalliy hamjamiyatlarning saqlanishi, o‘zaro qo‘shilib ketishi va tabaqalanish, 
qismlarga ajralish (fragmentizatsiya) va markazdan uzoqlashish, yaqinlashish va 
begonalashish, mustaqillik va o‘zaro bog‘liqlik xalqaro tizim uchun xarakterlidir. 
Hozirgi xalqaro munosabatlar tizimining asosiy tendensiyasi uning 
baynalmilallashuvidir. Zamonaviy baynalmilallashuv nafaqat xalqaro aloqa va 
almashinuvlarning turli-tumanligi hamda hajmlarning kengayishida, faoliyatning 
yangi sohalariga tarqalishida aks etadi, balki xalqaro hamkorlikning (ittifoqlar, 
bitimlar, tashkilotlarning) mustaqil, barqaror, mavjud va davlatdan avtonom 
(muxtor) ravishda harakat qiluvchi shakllarini ham tug‘diradi. Faoliyatning 
maqsadi, soha va yo‘nalishlari shakllanmoqda, faqat xalqaro hamkorlik 
bo‘lgandagina ular amalga oshishi mumkin; iqtisodiy etakchi mamlakatlarning 
farovonligi va rivoj topishi tashqi bozor va aloqalarga bog‘liq. 
Baynalmilallashtirish vositalari, uning harakatlanuvchi kuchlari o‘zgarmoqda: 


34 
hozirgi paytda u asosan iqtisodiy va ilmiy texnik omillar ta’siri ostida 
rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, iqtisodiy aloqalar, texnologiyalar, ilm 
va texnika rivojlanishi bilan baynalmilallashuv jarayonlari kuchli va ahamiyatli 
bo‘lgan joyda sohalar o‘zgarmoqda. 
Yirik siyosiy jarayonlarga olingan natijalar bo‘yicha jiddiy, barqaror va 
ishonchli ta’sir ko‘rsatish, ularni samarali boshqarish maqsadida — qo‘shilish 
zarur. Xalqaro barqarorlik yo‘naltirilgan va kutilayotgan o‘zgarishlarning 
bashorat qilingan jarayoni sifatida faqat shunday o‘zgarishlarning ishtirokchilari 
uchungina mumkin bo‘ladi. Xalqaro hayot va uning muhim jarayonlaridan o‘zni 
chetga tortish jahon iqtisodiyoti, siyosati va taraqqiyotida mamlakatning o‘rni, 
roli va mavqeini yo‘qotish evazigagina mumkin bo‘ladi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish