O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#744285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Minglarov Avazbek. Kurs ishi. Globallashuv

 
 
2
Цит. По: Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalizion Theme 
// Government and Opposition. Vol.31. № 2. P. 213. 
3
Шишков Ю.В. Интеграционные процессы на пороге XXI века. Почему не интегрируется страны СНГ? 
М., 2001. с. 17. 



1.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi 
kuchlari va omillari 
Alohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun 
iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo‘yilishi 
tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi 
xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning 
kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo 
joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, 
xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat 
beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok etadigan 
mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, 
xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo‘lgan 
xo‘jalik hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan 
birlashishi sharoitlarida global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan 
raqobatning kuchayishi raqobat kurashida kuchlilarga yon bosuvchi alohida 
kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham muqarrar risklarni 
anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning eng 
katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining 
shtab-kvartiralari – jahon bozorlaridagi o‘yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy 
ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar 
joylashgan), alohida ishlab chiqarishni qisqartirish, daromadlarni qayta 
taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o‘sishi ko‘rinishidagi risklar 
davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo‘lib-bo‘lib kompensatsiya qilinadi. 
Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning 
bozorlaridan xorijiy moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib 
kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o‘n yillikning jahon tajribasi (1994-1995 
yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro (Osiyo) inqirozi, Rossiya, 


10 
Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan inqirozli o‘zgarishlar) global 
moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan mamlakatlar va 
o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg‘arma bozorlarini qulatib, 
bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so‘ndiribgina qolmay, 
shuningdek, mazkur mamlakatlar xo‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda 
aks etadi. 
Globallashtirish jarayonlari ko‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning 
rivojlanishi darajasini oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning 
jahon iqtisodiyotidagi o‘rnining kuchsizlanishiga olib keladi. Ko‘pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan 
mamlakatlarga 
texnologik 
jihatdan 
bog‘liq 
bo‘ladilar: 
zamonaviy 
texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda 
oshirib yuboradi, o‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, 
birinchi navbatda yuqori malakali va o‘qitilgan mutaxassislarning yo‘qligi tufayli 
yaxshi samara bermasligi mumkin. 
Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini 
– uning tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari 
uchun jahon bozoridagi etakchilikning o‘ziga xos kurashidan qochib qutilib 
bo‘lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) fikriga ko‘ra, “shuni to‘la ishonch 
bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz raqobat kabi tizimning 
bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning jahonda 
etakchi o‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning 
markazlashgan yoki pereferiy mamlakatlarga bo‘linishi, zamonaviy kapitalistik 
tizim yanada integrlashib borayotganligiga qaramasdan o‘zgarmay qolmoqda. 
Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng 
imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham yaratmaydi. Yuqori daromad 


11 
olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti esa xuddi 
avvalgidek, notekis rivojlanmoqda”
4

Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g‘arbiy Yevropa (yoki 
yanada tor yondashuv bo‘yicha Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o‘rtasidagi 
raqobat birinchi navbatda texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – 
mikroelektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni yaratish va boshqalar 
doirasida rivojlanadi. 
Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001-yillardagi xalqaro 
rivojlanish haqidagi ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning 20 ta eng boy 
mamlakati aholisining o‘rtacha daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning 
o‘rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda keyingi 40 yilda portlashlar ikki 
barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al mamlakatlari 
o‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990-yilda 60:1 va 1997-yilda 74:1 
tashkil qildi. Fin eksperti K. Kilyunen fikriga ham qo‘shilish mumkin, uning 
fikricha, “iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. 
dollardan oshganda sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil 
etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta 
boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan mamlakatning jami YAIM ini 
oshiradi”
5
. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar o‘rtasida 
ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi 
sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan 
mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bo‘yicha). AQSh jahon 
xo‘jaligida o‘z etakchiligini saqlab qolish va yanada oshirishga, o‘z milliy 
masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal variantidan 
foydalanishga harakat qiladi. 
4
Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalization Theme // 
Gowernment and Opposition/. Vol. 31. № 2. p. 197, 215. 
5
Социал-демократия перед лицом глобальных проблем. М., 2000. с. 23. 


12 
Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o‘z hududida ta'sis 
qilingan (1960-1970-yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor 
hududlar, xorij kapitalini jalb qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini 
olishlari mumkin. To‘rt asosiy hududiy guruhni birlashtiruvchi offshor 
hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor hududlari 
Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika 
mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar 
Yaqin Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch 
okeanining Singapur, Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol 
hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani 
mamlakatlarining moliyaviy kapitalidan foydalanadilar. 
Globallashtirishning 
harakatlantiruvchi 
kuchlari 
globallashtirish 
jarayonlarining aniq omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini 
globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi va evolyutsiyasiga ta'sir 
ko‘rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin: 
- mamlakatlararo o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning qat'iy kuchayishi; hozirgi 
kunda hech bir mamlakat o‘z rivojlanishida jahon xamjamiyati va regressidan 
butunlay uzoq bo‘lgan vaziyatda qolishni istamagan holda jahon iqtisodiyotidan 
tashqarida qolishi mumkin emas; keyingi vaqtlarda dunyoning deyarli barcha 
mamlakatlarining iqtisodiy oshkoralik darajasi tez sur'atda oshib borishi; xalqaro 
savdo
6
va kapitalning mamlakatlararo harakatining o‘sishi tufayli xalqaro 
iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir 
ko‘rsatishi; 
- tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan, 
agrar xom ashyo tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada 
6
Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // экономист 2002. № 10. с. 5 


13 
ko‘paytirayotgan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining yangi sifatining 
shakllanishi; ichki tarmoq savdosining solishtirma og‘irligining o‘sishi; 
- xalqaro moliyaviy bozor milliy sigmentlararo aloqalarning va yanada 
integratsiyalashgan global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi; 
- xo‘jalik hayotining xususiy va umumiy sub'ektlariga ega bo‘lgan turli 
mamlakatlardagi hududiy tarmoq xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida doimiy aloqalarni 
qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya 
inqilobi; 
- kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, butun dunyoda 
ishlab chiqarish va boshqa bo‘linma hamda bo‘limlarni joylashtirish, va shu 
tufayli mahalliy raqobatdosh afzalliklardan foydalanish samaradorligiga erishish 
imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda 
kengaytirish; 
- rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarni 
xalqaro 
savdoga 
jalb 
qilinishining, 
xalqaro 
kreditlashtirish 
va 
investrlashtirishning, xalqaro mehnat migratsiyasining o‘sib borishi; 
Jahon iqtisodiyoti sub'ektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi – jahon 
arenasida milliy davlatlar va o‘z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bo‘lgan 
kompaniyalar bilan bir qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, integrallashgan uyushmalar, 
shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va xatto, alohida individlar 
(olimlar, madaniyat xodimlari, Dj. Sorosga o‘xshagan ishbilarmonlar va 
boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish