O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#744285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Minglarov Avazbek. Kurs ishi. Globallashuv

Kurs ishining maqsadi.
Ushbu kurs ishida “Xalqaro iqtisodiy 
globallashuv jarayonlari va lokallashuv” mavzusini va mavzuga oid 
muammolarni ochib berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Iqtisodiy
globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va 
texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham 
majbur bo‘linadi. buning oqibatlari esa ko‘pdan ko‘p salbiy jihatlarni keltirib
chiqarmasligi mumkin emas. 
1
Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma 
majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. -56 b. 



I BOB. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi 
1.1. Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‘sib 
borishi 
Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan 
jarayonlarga ta'sir ko‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va 
globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi 
lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to‘playotgan kapitalning 
jamlanishi va markazlashishini, xo‘jalik hayotining transmilliylashtirilishi – yirik 
transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o‘sishi va rivojlanishini 
kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy 
bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni 
rag‘batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko‘rsatadi. 
Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini 
oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi. 
Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy 
taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo‘lib, u 
transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya 
qilishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, 
g‘oya va axborot mahsulotlarini chegarviy transport vositalariga tez va kam 
xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez 
xarakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to‘lqinli 
texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq 
texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global 
tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo 
bo‘ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 



doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini 
rag‘batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy 
axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar 
va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud axborotlarning 
umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur qonuni nomini oldi 
(bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga). 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon 
iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko‘rsatadi, ularga 
quyidagilar kiradi: 1) jahon savdosida o‘sib borayotgan raqobat; 2) ishlab 
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga 
joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida 
ishlab chiqarishning ko‘p millatli xarakterini o‘rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning 
xalqaro integratsiyasi. 
Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy 
tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati 
jarayonlarida mujassamlanadi. g‘arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy 
faoliyatning bunga o‘xshash sub'ektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy, 
supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga 
muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab 
chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o‘z 
operatsiyalarini o‘zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham 
birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, 
savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni 
tayyorlashni o‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib 
turadi. 
· TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar 
hisoblanadi: 



· Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga 
oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun 
yangi so‘z – “giperraqobat” so‘zini ishlatadilar); 
· Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish; 
· Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘z bo‘limlari 
faoliyatini kuzatish; korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o‘z 
bo‘limlari, zavodlari va qo‘shma korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv 
tarmog‘iga birlashtirish; 
· TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko‘rsatish. 
Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor 
bo‘lib qoladi (yirik mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, 
transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan 
chiqish va u erda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdan iborat bo‘lib qoladi. 
TMK lar jahon to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari (TXI) ning asosiy qismini 
amalga oshiradigan xo‘jalik sub'ektlari hisoblanadilar. Oxirigi dinamika hayratda 
qoldiradi: 2002-yildagi Xalqaro investitsiyalar haqidagi Ma'ruza ma'lumotlariga 
ko‘ra, dunyoda TXI ning o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati 90- yillarning birinchi 
yarmida 20 % ni, ikkinchi yarmida esa 40,1 % ni tashkil qilgan. Xalqaro 
investitsiyalar umumiy hajmidagi to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushida asosiy 
kapital 1980 yildagi 2,0-2,4 % dan 1990 yilning oxirlarida 6-8 % gacha o‘sdi. 
Globallashtirish va regionalizatsiya, hududiy iqtisodiy integratsiya 
jarayonlarining o‘zaro munosabati har doim ham bir xil ma'noga ega 
bo‘lavermaydi. Sir emaski, globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi 
holatining xarakterli belgilaridan biri ko‘p miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni 
shakllantirish bo‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hududiy iqtisodiy integratsiya) 
va globallashtirishning o‘zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri 



ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar 
ham uchraydiki, bunda “xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik 
inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan 
miqdorinigina o‘z ichiga oladi”
2

Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko‘ra, 
globallashtirish keng xo‘jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining
rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida 
ichki xo‘jalik hayotini baynalminallashtirish jarayonlari rivojlanishining eng 
yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo‘ladi
3
. Shu ma'noda aytish mumkinki, 
hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida 
globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va 
intensiv darajasidir. 
Hududiy iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarini 
chuqurlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi. 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish