Ma‘naviy barkamol inson tushunchasi va uning mohiyati, Sharqona
ta‘rifi.
Ma„lumki, yurtboshimiz o‟zining «O‟zbekistonning syosiy-ijtimoiy va
iqtisodiy istikbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida «Biz sog‟lom avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak» sog‟lom kishi deganda faqat jismoniy
soglikni emas, balki Sharqona axlok-odob va umumbashariy goyalar ruxida kamol
topgan insonni tushunamiz, deb kayd kiladi. Shu asosda Sharqona kamol topgan
inson mohiyatini kurib chikamiz.
Xar bir tarixiy davrda ma„anaviy barkamol insonni shakllantirish uchun jamiyat
hayotini harakatga keltiruvchi, ijtimoiy taraqqiyotning mazmun va mohiyatini
ifodalovchi turli xil goyalar, nazariyalar va karashlardan foydalanilgan. Agar
Xalqimiz tarixi va utmishiga nazar tashlasak, bir tomondan xar bir davr uchun ibrat
olsa arziydigan ideal inson (barkamol inson) timsoli ilgari surilganligini,
ikkinchidan, xar bir davr uchun muhim ahamiyat kasb etgan ma„naviy barkamol
inson to‟g‟risida tushuncha va tasavvurlar, goyalar va nazariyalar ilgari
surilganligini kuramiz. Tumaris, Shirok, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur
Malik, Maxmud Torobiy, Amir Temur, Nomoz, Dukchi eshon shuningdek,
dostonlardagi Alp Rustam, Alpomish, Gurugli va boshkalar Xalqimiz tomonidan
e„zozlangan barkamol kaxramonlarning timsoli hisoblangan.
5
Komil inson tushunchasini birinchi marta Shayx Kabir nomi bilan mashhur
bo‟lgan Mux„yiddin Ibnal Arabiy (1165-1240) muomalaga kiritgan. Uning fikricha,
komil insonning yerdagi timsoli Muhammad Paygambardir. Ul zot vujudida akliy,
ruxiy kamolot, dunyoviy va iloxiy ilmlar mujassam deb xisoblagan.
Albatta, komil inson tushunchasi Ibnal Arabiygacha ham aynan «Komil inson»
deb atalgan bulmasa-da, mavjud bo‟lgan. Masalan, Abu Nasr Forobiy o‟zining
«Akl ma„nolari haqida», «Fozil shaxar kishilari», «Baxt-saodatga erishuv haqida»
nomli asarlarida komillik to‟g‟risida fikr yuritgan. Masalan, u o‟zining «Akl
ma„nolari haqida» risolasida, akli raso, akliy fazilatga burkangan insonni komil
inson, deb ta„riflaydi. «Aklli kishilar insoniy fazilatli, utkir muloxazali, foydali
ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zur iste„dodi bo‟lgan,
yomon ishlardan o‟zini chetga olib yuradigan kishilardir», deb yozadi. Shuningdek,
Forobiy fozil shaxar axolisi to‟g‟risida tuxtalganda shaxsning ma„naviy kamolotini
adolatli jamiyat kurishning asosiy sharti deb xisoblaydi.
Sharq mutafakkirlari komil inson to‟g‟risida fikr yuritar ekanlar, birinchi
navbatda azaliy axlok normalariga, ikkinchidan esa, asosiy diniy e‟tiqod –
islomning axlokiy nazariyasiga suyanganlar.
Sharq mutafakkirlari aklli mavjudot hisoblangan insonning kilmishlari, xatti-
harakatlari, o‟zaro munosabatlarini taxlil kilar ekanlar, ezgulik va yovo‟zlikning
bir vujuddan qanday qilib joy olganligini, bir vujudning orzu-xavas va xasad bilan
yugrilganligini aniqlashga, inson tanasi akl-zakovotga ega bula turib nima sababga
kura xayvoniy xirsu-xavas domiga tushib kolishini aniqlashga intilganlar.
Inson xatti-harakatlarini taxlil qilishda islom dinining mu„tabar manbasi
Kur„oni Karimda berilgan karashlarga suyanilgan. Natijada inson vujudining iloxiy
– ruxiy va xayvoniy biologik nafs kuvvatlaridan tashkil topganligini xisobga
olganlar. Kur„oni Karimda kursatilganidek, insonning botiniy vujudi, ya„ni tanasi
bir-biriga zid bo‟lgan suv va olov, tuprok va xavoning birikuvidan, ya„ni loydan
yaratilgan. Sungra unga iloxiy nur – ruxiy kuvvat, ya„ni akl-idrok (ma„naviylik)
singdirilgan. Insonning botiniy jismida kuprok biologik kuvvatlar ustunlik kiladi.
Bu kuvvat akl-farosat bilan, ya„ni iloxiy rux bilan jilovlanadi. Inson o‟zidagi iloxiy
kuvvatni tarbiyalab, mukammallashtirib borishi zurur, degan xulosaga kelinadi.
Chunki u akl-idrok egasi.
Islom olamining buyuk mutafakkiri, islom falsafiy tafakkuriga ulkan xissa
kushgan ulug siymo Abu Hamid Gazzoliy o‟zining «Kimyoi saodat» asarida:
«Inson farishta va xayvon urtasidagi maxlukdir. Xayvon rivojlanmaydi, chunki
uning kamolot kuvvati yo‟q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o‟zi pok
iloxiy nurdan iborat. Faqat insondagina rivojlanish, ruxiy kamolot xislati mavjud»,
- deb yozadi.
Inb Sino fikricha, inson tanasini tashkil etuvchi turt elementning ikkitasi – olov
va xavo yengil bulsa, suv va tuprok ogir elementlardir. Shu bois ular urtasida
6
kurash ketadi. Mana shu ziddiyat insondagi xayvoniylik xislatlarini junbushga
keltiradi. Lekin xudo ato etgan iloxiy nur-akl va idrok uni sovutadi, jilovlaydi, deb
xisoblaydi. Uningcha joxil odamlarda xayvoniy kuvvat – nafs ustunlik kiladi. Bu
kuvvatni jilovlash uchun akl-idrokni faollashtirish, ya„ni bilim kuvvatini ishga
solish zarur. Sababi o‟z nafsini jilovlash uchun inson turli bilimlardan xabardor
bo‟lishi, ya„ni komillik pogonalaridan kutarilishi zarur. Bunga erishgan ma„naviy
barkamol insondagi rux go‟zallashib, iloxiy ishk sari yakinlashaveradi.
Demak, Sharq mutafakkirlarining fikricha, insonni tarbiyalash, ya„ni uning
moddiy-xayvoniy nafs-xirslariga barham berish, iloxiy-raxmoniy sifatlarini
takomillashtirish orkali insonni komillashtirish mumkin. Umuman, komil inson va
uning insoniy fazilatlarini shakllantirish buyuk ajdodlarimiz dikkat markazida
turgan. Ular kuprok insonning ruxiyatiga, akl-idrok orkali o‟z-o‟zini boshkarish
imkoniyatlariga e„tibor berganlar. Natijada rux va kalb sofligiga erishishning turli
tuman yullari (tarikatlari) vujudga kelgan. Tasavvuf ta„limoti ana shunday
yullardan biri bo‟lgan. Tassavufda komil insonni shakllantirish, uni insoniy
fazilatlar bilan bezash va poklash markaziy urinni egallaydi. Tasavvufda kalb
go‟zalligi, akl-idrok tarbiyasi, ruxiy kamolotga erishish, shaytoniy kuvvat
hisoblangan nafsni tiyish tajriba ilmi orkali amalga oshirilgan. Nafs – shayton yo‟li,
tubanlikka tortadigan kuch, u xirsu xavas darakchisi, ta„magirlik, manmanlik,
jaxolat, faxshni keltirib chikaradigan kuvvat. Shuning uchun insonning birinchi
vazifasi o‟z nafsini jilovlab olishdir, deb xisoblanadi.
Sharqda ilm olish, ma„rifatga intilish ham ma„naviy barkamollikka erishishning
yullaridan biri sifatida kabul kilangan. Ilm olish, ma„rifatli bo‟lish orkali, inson
o‟zidagi xayvoniy kuvvat-nafs ta„siri natijasida vujudga keluvchi joxillikning
oldini oladi. Bilimsizlik nodonlikning asosiy belgisi xisoblanadi. Bilimsizlik
jaxolatga olib boradi. Jaxli – jadallik insonni xarob kiluvchi kudratli kuchdir. Bilim
esa jaxolatga qarshi eng kudratli kuroldir. Shu bois Sharqning buyuk allomalaridan
biri – Tustariy: «Ma„rafat jaxl-nodonlikka qarshi jangdir» deb bejiz ta„kidlamagan
edi.
Buyuk vatandoshimiz Shayx Aziziddin Nasafiy (XIII asrda yashagan) o‟zining
«Komil inson», «Zubdat ul-xakoyik» (Haqikatlar kaymogi) asarlarida komil
insonni olami sagiyr (kichik olam), ya„ni olami kabiyr (katta olam) ning (ruxiy va
oddiy olam birlashib katta olamni tashkil etadi) aksi deb xisoblaydi. Demak,
Nasafiy insondagi botiniy olam moddiy olamning aksi bulsa, zoxiriy (insondagi
ruxiyat va akl-idrok) olamdagi iloxiy – ruxiy olam o‟z aksini topadi, deb
xisoblaydi. Aziziddin Nasafiy komil insonga ta„rif berib: «Bilgilki, komil inson
deb shariat va tarikat va haqikatda yetuk odamga aytadilar va agar bu iborani
tushunmasang, boshka ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday
insondirki, unda kuyidagi turt narsa kamolotga yetgan bulsin: xayrli so‟z, xayrli ish,
xayrli xulk va ma„rifat». Nasafiy ham Sharqning boshka buyuk allomalari singari
7
komil insonning komilligi uning ilm-tajribaga egaligidir, deb xisoblaydi: «Xar bir
kishining makomi uning ilmi va amaliga munosibdir. Insonning vazifasi –
o‟zluksiz ma„rifatga intilish va ruxini nur bilan tuldirish va ilm topib, musaffolik
sari intilishdir…. Ammo qobiliyati bula turib, o‟zini takvo va jixod riyozatiga
solmagan va ma„rifat nuriga erishmagan, ilmu-safo topmagan rux do‟zaxdadir»
deb ta„kidlaydi.
Umuman olganda, Sharq allomalarining aksariyat kismi o‟z davri manfaatlari
va talablaridan kelib chikkan xolda komil insonga ta„rif berishga, uning sifatlarini
sanab utishga harakat kilganlar. Buyuk daxo Alisher Navoiy ham o‟zigacha
yashagan ulug allomalar singari komil inson masalasini talkin etish, uning
sifatlarini hamma asarlarida kursatib berishga intiladi. O‟zining kuplab
dostonlarida komillkni kishilarga, el-ulusga, Xalqka kilinadigan yaxshilikda,
insoniylik, saxiylik va adolatparvarlik, mexnatsevarlik va yaratuvchilikda deb
xisoblaydi.
Agar XIX asrning oxiri va XX asrning dastlabki un yilliklarida faoliyat
kursatgan mu„tabar siymolar, ya„ni jadidchilik harakati namoyondalari faoliyatiga
nazar tashlasak, ular ham millatni ma„rifatli qilishga, ma„rifat tarkatish orkali
insonning o‟zligini anglatishga, milliy ong va milliy tafakko‟rni shakllantirishga
intilganliklarini kuramiz. Ular ma„rifat tarkatish orkali o‟zbek Xalqining siyosiy,
falsafiy, badiiy va ilmiy tafakkurini rivojlantirsh orkali Xalqni Mustaqillik
kurashiga otlantirishni maqsad qilib kuyadilar. Demak, Sharq mutafakkirlarining
aksariyat kupchiligi insonning ma„naviy komillikka erishishning, nodonlikka va
joholatdan kutulishining birdan bir yo‟li sifatida ma„rifatga aloxida e„tibor berib,
nafsini jilovlashga undaydilar. Odillik, okillik, poklik, fakirlik, sharm-xayo, adolat
kabi insoniy xislatlarni rivojlantirish lozim, deb xisoblashadilar.
Xulosa qilib aytganda istiqlol va jamiyat hayotning barcha soxalarini isloh
qilish ma„naviy barkamol insonni shakllantirish muammosini xal qilish bilan
bog‟liqdir. Chunki Prezidentimiz ta„kidlaginlaridek «Taraqqiyot takdirini ma„naviy
jixatdan yetuk odamlar xal kiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |