Barkamol inson tushunchasi, uning Sharqona ta‘rifi. Reja


Ma‘naviy barkamollikning kirralari va asosiy mezonlari



Download 458,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.07.2022
Hajmi458,26 Kb.
#744258
1   2   3   4
Bog'liq
BARKAMOL AVLOD tushunchasi 6

Ma‘naviy barkamollikning kirralari va asosiy mezonlari. 
Xush, ma‘naviy barkamol inson tushunchasi nimani anglatadi? Bu 
tushunchaning ma‘naviy kashshoklik va tubanlik tushunchalaridan farki qanday?
Kishilarning ichki va tashki madaniy dunyosi va bilimdonlik darajasiga karab 
ma‘naviy barkamol, ma‘naviy kashshok va ma‘naviy tuban kabi toifalarga bulinadi. 
Bizningcha, ma‘naviy barkamollik kashshoklik va yoki tubanlikni aniqlashda kishilik 
jamiyatining muayyan davri talablariga javob bermaydigan, umuminsoniyat 
tomonidan yaratilgan axlok normalari, tushunchalari va tamoyillarini 
o’zlashtirganlik yoki o’zlashtirmaganligi xisobga olinishi lozim. 



Odob-axlokli bulmagan, burch va mas‘uliyatni xis kilmagan, iymon va e’tiqod, 
adolat va vijdon, millatparvarlik va vatanparvarlik, insoniylik va xalollikdan yirok 
bo’lgan kishilarni kashshok va tubanlashgan kishilar katoriga kiritiladi. Ma‘naviy 
kashshok va tubanlik barcha davrlarda ijtimoiy taraqqiyot va kishilik jamiyati 
hayoti uchun uta xalokatli bo’lgan. Shaxs ma‘naviy ongini ustirmasdan jamiyat 
taraqqiyotida kompleks ma‘naviy yetuklikka erishib bulmaydi. Kashshoklik esa 
kishining ongida, dunyokarashi va iymon-e’tiqodida vujudga kelsa, uni ma‘naviy 
tubanlik jari sari yetaklaydi.
Har bir millatning ma‘naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektik 
boglikligidan tashkil topadi. Ma‘naviy merosni bilish va uni yanada boyitish xozirgi 
avlodlar vazifasi bulib, uni bilmaslik esa zaiflikdir. Madaniyati yuksak darajada 
rivojlangan Xalq Mustaqillik ravnaki uchun kurashda kudratli kuch bo’ladi. Milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarni tushungan, uning mohiyatini o’z ongida singdirgan, 
ona tilini mukammal bilish va ularni yoshlarga urgatish jamiyatimiz xar bir 
fukarosining Vatan, Xalq oldidagi burchidir. O’zbek Xalqining asrlar davomida 
yaratgan madaniy, ma‘naviy-axlokiy boyliklarni avaylab – asrash, kelgusi 
avlodlarga yetkazish xar birimizning vazifamizdir. Shuningdek, ma‘naviy barkamol 
insonni shakllantirish bugungi davr shaxsida tashabbuskorlik, tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga karatilmogi lozim. Bu 
xislatlarni kur-kurona, tavakkal qilib bajarish emas, balki ularga ongli, ilmiy asosda 
yondoshish talab kilinadi. Shuning uchun ham xozirgi Mustaqillik davrida xar bir 
kishini ma‘naviy va siyosiy jixatdan chiniktirish, xar tomonlama barkamol 
bo’lishiga erishish, ma‘naviyatli, madaniyatli qilish, mamlakatimizni ravnak 
toptirish, demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bulib koldi. 
Buning uchun mexnat qilish faoliyatini rivojlantirish lozim. Inson mexnat qilishi 
jarayonida ham jismoniy, ham akliy mexnat qobiliyati, iste‘dodi, akl-idroki 
namoyon bo’ladi va usib boradi. 
Ma‘naviy barkamollik ijtimoiy adolatni karor toptirish bilan boglik. 
Demokratiya yaratib berayotgan imkoniyatlardan tugri foydalanish uchun yuksak 
madaniyat, ma‘naviy poklik, sof vijdon kabi xislatlarni shakllantirish lozim. 
Mamlakatimizda shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil 
jamiyat barpo etilmokda. Bunda haqikiy adolat tantana qilish kerak. Bunday odil 



demokratiyada jamiyatning o’z-o’zini boshkarish darajasi kishilar ongining usishi, 
madaniyat va ma‘naviyatning yetukligi bilan o’zviy bog’liqdir. Kishilar demokratiya 
va oshkoralikdan okilona foydalanishga ham goyaviy, ham ma‘anaviy tayyor 
bulsalargina Mustaqillikni mustaxkamlashga, oldida turgan vazifalarni xal qilishga 
kodir bo’ladi. Buning uchun yuksak ma‘naviyatli va pok niyatli, o’zokni kura bilgan, 
dono, keng fikrli, pok, xalollik, adolat bilan ish ko’radigan xislatlarni yoshlarda 
shakllantirishni hayot takozo kilayotir.
Shunday qilib, insonning bunyodkorlik faoliyatining usishi ma‘naviy kamolot 
manbai bulib xizmat kiladi. O’z navbatida inson kamoloti mamlakat taraqqiyotiga 
asos bo’ladi. Haqikatdan ham jamiyat o’zining ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar 
ongida ma‘naviy, axlokiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib ma‘naviy barkamol 
insonni tarbiyalay olmaydi. Bu borada Prezidentimizning «Ma‘naviy yuksalish 
yo’lida» nomli kitobida ma‘naviy xazinamiz bo’lgan boy tariximiz, axlokiy 
qadriyatlarimiz, an‘analar, urf-odatlar, madaniyat va san‘atimiz ham rang-barang 
kirralari yuksak kamolotga erishishda manba bulib xizmat kiladi deb ta‘kidlanadi.
2012 yilda davlat byudjetining 60% ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan 
bo'lib, uning aksariyat qismi, 
avvalo, sog'liqni saqlash, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, 
madaniyat tarmoqlarini yuksaltirishga qaratildi. Ish xaqqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa 
va stipendiyalar miqdori 20%ga axolining real daramadlari esa 22-24%ga 
ko'payishi belgilandi
1
. 2011 yilda 7ming 400ta oila umumiy maydoni 1 million 
100ming kvadrat metr bo'lgan,
har tomonlama qulay uy-joylarga, zamonaviy 
sharoitlarga ega bo'lgan bo'lsa, 2012 –yilda 8ming 510ta oila shahar sharoitidan 
xech kam bo'lmagan ana shunday yangi uy-joylarga ko'chib o'tib, uy tuylarini 
nishonladi.
O’zbek xaklki o’zini ozod va erkin deb bilishi, qaramlikdan xalos bo’lganligini xis 
etishi, iqtisodiy islohotlarning tezlashishiga ham sabab bo’ladi. Ukimishli, ruhan 
bardam va jismonan bakuvvat yoshlargina istiqlol va taraqqiyot yo’lini bosib 
utishga kodir bo’ladi. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy boyliklardan 
foydalanib, ularni davom ettirish uchun ma‘anaviyatimizni boyitayotgan yozuvchi, 
shoir, madaniyat – san‘at xodimlari, Xalq talantlari, iktidorli yosh olimlar


10 
sportchilarini kullab-kuvvatlash Prezidentimiz va xukumatimiz dikkat e‘tiborida 
turibdi. 
O’zbekiston Prezidenti 2-chakirik, Oliy Majlisining 9-sessiyasida so’zlagan nutkida 
ma‘naviy barkamollik yo’lini ta‘kidlar ekan, «Biz uchun tarixiy madaniy, umuman, 
manaviy qadriyatlar Xalqimizning ruxini baland saklash, yosh avlodni tarbiyalash 
eng aosiy vazifa bulib kolishi kerak va bu soxalar xisobidan mablagni tejay 
olmaymiz …» Biz ko’radigan jamiyat o’zbek Xalqining munosib turmushini, huquq 
va erkinliklarini kafolatlashi, miliy qadriyatlarimiz va ma‘
daniyatimiz kayta 
tiklanishi, insonning ma‘naviy - axlokiy barkamolligini ta‘minlash kerak» degan 
edi. 
“Ta'lim sohasidagi ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, Fransiyadagi dunyoning 
eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan “Inssad” xalqaro biznes 
maktabining 2012 yilgi “Innovasiyalarning global indeksi” ma'ruzasida bayon 
etilgan ma'lumotlarni keltirish o'rinli, deb o'ylayman. Ma'ruza Jaxon intellektual 
mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma'ruzada dunyoning 141 
mamlakatidagi innovasion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning 
asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo'lib, mazkur 
ko'rsatkich bo'yicha bizning mamlakatimiz 35 – o'rinni egallagan. Ta'lim tizimini 
rivojlantirish darajasi bo'yicha esa O'zbekiston – shunga e'tibor beringlar – 
dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o'rinni band etgan”.
2
Deb qayd etadi 
Prezidentimiz.

Mamlakatimizda insonning


o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vijdon 
erkinligi hamda ma‘naviy barkamollikga erishishda, shuningdek Mustaqillikning 
axlokiy, ma‘naviy zaminlarini mustaxkamlashda Sharq falsafasi va islom dini goya 
va ta‘limotlaridan ijodiy tarbiyaviy maqsadda va okilona foydalanish maqsadga 
muvofik, deb ta‘kidlaydi. Dinning tarbiyaviy ahamiyati yanada kuprok bo’lishi 
lozim. Xar bir inson o’z e’tiqodiga va dinga amal qilishi yoki xech kaysi dinga 
e’tiqod kilmaslik huquqiga ega deb uktiradi I. Karimov. Albatta xar bir millat yoki 
inson o’z oldiga kuygan maqsadi, axloki idealiga ega bo’lishi uchun mukaddas 
xisoblagan narsaga ishonmogi kerak. Shu nuqtai nazardan kishilar islomning 
 


11 
mukaddas kitoblari Kur‘oni Karimni va Xadisi Sharifni yaxshi bilgan, bu iloxiy 
kitobda insonparvarlik, tinchlik, osoyishtalik va boshka dinlarga murosa bilan 
karash, targib qilinishini tushunib yetgan. Islom dini insonni xato yullardan, 
gunoxlar qilishdan ogoxlantiradi. Shu maqsadda odamlarda dinga e’tiqod 
uygonishini aslo koralab bulmaydi, deb ta‘kidlaydi I.Karimov. Tugrilik, poklik, 
xalollik, ilmga, diyonatga undaydi. Islom nafaqat milliy, balki umuminsoniy 
ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim axlokiy koidalar, falsafiy fikrlar juda kup. 
Islomda millatidan kat‘iy nazar birlik, o’zaro yordamga chakiradi 
Bugungi O’zbekiston fukarosi yangi davrga mos fazilatlarini o’zida 
shakllantirishni hayot takazo qilmoqda. Xususan, xar bir fukaro davlat darajasida 
fikr yuritib, «Vatan va o’zim» degan tushunchani uygunlashtirib, Mustaqil davlatni 
mustaxkamlashda xissa kushmogi lozim. Bugungi o’zbek xarakteri vatanparvar
ishbilarmon, tashabbuskor, fidoyi, Vatanda yashayotgan Xalqlarning umummilliy 
birlik va tadbirkorlik, mas‘uliyatlilik, insoflilik, odamiylik fazilatlarini o’zida jo 
kilmogi lozim. 


12 
Xulosa

Xulosa qilib, I.Karimov asarlaridagi nazariy koida va fikr muloxazalarga suyanib 
hamda Sharq falsafiy, axlokiy, islom diniy- ma‘naviy qadriyatlaridan kelib chikib, 
komil insoning asosiy kirralari insonparvarlik, vatanparvarlik, mexnatsevar, 
bilimdon, zukko, kamtarlik, aklu- donolik, tadbirkor, xalol va tugrilik, adolatlilik, 
katta va kichiklarga xurmat, ota-onani e‘zozlash, bokimandalikdan xoli milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarni uygunlashtirish, milliy gururli va iftixorli bo’lish, ibo- 
xayoli, or- nomusli bo’lish, Mustaqillik tafakkuriga ega, ya‘ni Mustaqil davlatimiz 
va o’zbek Xalqiga sadokatli bo’lish, vijdon erkinligiga xurmat bilan karash, iymon-
e’tiqodli bo’lish, jismonan sog’lom, ruhan pok xususiyatlarga ega bo’lish 
kabilardan iborat ekan.
INSON MANFAATI, XUQUQ VA ERKINLIKLARINI TAMINLASH, HAYOTIMIZNING 
YANADA ERKIN VA OBOD BO'LISHIGA ERISHISH – BIZNING BOSH MAQSADIMIZDIR.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.


13 

Download 458,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish