Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Ta’lim to‘g‘risida, Qonunchilik palatasi
tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan,Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda
ma’qullangan,
O‘
RQ-637-
сон
23.09.2020.
Ta’lim to‘g‘risida (lex.uz)
2. Педагогические технологии / Под общей ред. В. С. Кукушина -М., 2004.
3. Азимов Э. Г. Информационно-коммуникационные технологии в обучении
РКИ: состояние и перспективы // Русский язык за рубежом-2011. – № 6.
4. Андреев А. А. Дидактические основы дистанционного обучения. – М., 1999.
5. Захарова И. Г. Информационные технологии в образовании. – М., 2003.
6.
Роберт И.В. Современные информационные технологии в образовании. -
М.: Школа-Пресе, 1994. - 205 с.
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
158
FIZIKA FANINING ATOM VA YADRO BO‘LIMINI O‘QITISHDA
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Babadjanova Feruza Sharibovna
TTYeSI akademik litseyi fizika fani o‘qituvchisi
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish,
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni
saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot
va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-
martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli qarori soha rivoji uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Mazkur qarorda fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator
vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, xalq ta’limi tizimida “virtual laboratoriya” loyihasini
ta’lim jarayoniga tatbiq etish choralarini ko‘rish vazifasi ham yuklatildi.
Hozirgi kunda barcha sohalar singari ta’lim jarayonida ham axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish, o‘quvchilarda fan bo‘yicha
kompetentlikni shakllantirish ta’lim sifatini oshirishda asosiy vositalardan hisoblanadi.
Jumladan, umumta’lim maktablari va akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda
AKTning salmog’i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bunda, ayniqsa, virtual
laboratoriyalardan foydalanish o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib,
ularning fan bo‘yicha va o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlarini yanada
boyitishga, tasavvurlarini kengaytirishga katta hissa qo‘shadi.
So‘nggi yillarda virtual laboratoriyalardan dars jarayonlarida foydalanish
sezilarli darajada o‘zgardi. Bunga sabab Fizikaning barcha bo‘limlarini ham
laboratoriyada kuzatish va tajriba qilish imkoniyatining yo‘qligidir. Buning yechimi
sifatida so‘nggi yillarda
Internet tarmog’ida ko‘plab saytlar va ilovalar paydo
bo‘lmoqda, ularda ta’lim oluvchilar virtual muhitda tajriba o‘tkazish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar. Bunday saytlar qatoriga virtulab.net, myphysicslab.com, ophysics.com
saytlarini kiritish mumkin. Dunyo bo‘yicha eng mashhur virtual laboratoriyalardan biri
bu
Kolorado universitetining PhET Interactive Simulations loyihasidir. Bu 2002-yilda
Nobel mukofoti sovrindori Karl Viman tomonidan asos solingan kuchli notijorat ochiq
ta'lim resursi loyihasidir.
Loyihaning bosh g’oyasi bepul interaktiv simulyatsiyalar
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
159
orqali butun dunyo bo‘ylab fan va matematik savodxonlik va ta'limni targ’ib qilishdan
iborat.
Bu loyihaning rasmiy sayti phet.colorado.edu bo‘lib, bu saytda fizika, kimyo,
biologiya, matematika kabi fanlardan virtual laboratoriyalar mavjud. Saytning yana bir
afzallik tomoni shundaki, undan nafaqat kompyuter orqali balki mobil qurilmalar orqali
ham foydalanish mumkin. Android va iOS mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan ilova
ham mavjud. Quyida phet.colorado.edu sayti orqali fizika fanidan virtual laboratoriya
bajarish jarayoni keltirilgan:
Dastlab phet.colorado.edu saytiga kirib, u yerda simulations bo‘limidan Physics
bandi tanlanadi.
1-rasm
Fizika fanidan laboratoriyalar ko‘rsatilgan quyidagi oyna namoyon bo‘ladi.
Unda kerakli laboratoriya ishi tanlanadi:
2-rasm
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
160
Bu yerda, masalan, atomlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rish uchun Atomic
interactions bo‘limiga murojaat qilinadi. Quyidagi oynada
atomlar orasidagi masofa va
potensial energiyaning bog’liqligini ko‘rish mumkin. Bu yerda harakatlar
foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
3-rasm
Yana bir misol, atomning tashkil etuvchilarini ham ko‘rish mumkin. Buing
uchun Build an Atom bo‘limi tanlanadi. Bu yerda faqat laboratoriya ishlarini
bajaribgina qolmay, balki o‘yin orqali bilimlarni mustahkamlash imkoniyati ham
mavjud.
4-rasm
Laboratoriya ishida proton, neytron, elektronlar sonini o‘zgartirish bilan, element
o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Bu jarayon o‘quvchining ko‘z oldida yoki o‘quvchi
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
161
tomonidan bajarilishi natijasida ta’lim oluvchilarda atom va uni tashkil etuvchilari
haqida to‘liqroq tasavvur hosil bo‘ladi.
5-rasm
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugun barcha sohalar rivojlanib
bormoqda. Fizika fani yordamida juda katta yangiliklar hayotimizga kirib kelmoqda.
Bo‘lajak kadrlarni salohiyatli, raqobatbardosh qilib yetishtirishda dars jarayonida
raqamli texnologiyalar, xususan, virtual laboratoriyalardan to‘g’ri foydalanish o‘zining
ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi va o‘quvchilarda Fizika faniga nisbatan qiziqishni yanada
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |