Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Информационные технологии в педагогическом образовании/ Киселев Г.М., 
Бочкова Р.В. - 2-е изд., перераб. - М.:Дашков и К, 2018. - 304 с.
2. Natalie Denmeade. Gamification with Moodle. Packt Publishing - ebooks Accoun. 
2015. - 134 pp.
3. Paul Kim. Massive Open Online Courses: The MOOC Revolution. Routledge; 1 
edition. 2014. - 176 pp.
4. Swan, K., Day, S. and Bogle, L. 2016. Metaphors for Learning and MOOC 
Pedagogies. In 
Proceedings of the Third ACM Conference on Learning @ Scale 
(Edinburgh, Scotland, UK — April 25 - 26, 2016). L@S '16. ACM New York, NY, 
125-128. DOI= http://doi.acm.org/10.1145/2876034.2893385
5. Aрипoв M. Интернет вa электрoн пoчтa aсoслaри.- T.; 2000. – 218б.


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
148 
 
FLASH DASTURI YORDAMIDA ELEKTRON DIDAKTIK VOSITALARNI 
YARATISH METODLARI HAQIDA.
Axmadaliyev Shaxobidin Sharipovich,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi katta o‘qituvchi, 
mr.shahobiddin@gmail.com
 
Xasanov Hayrullo Mahmudovich 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi o‘qituvchi, 
xayrullo-
xasanov@mail.ru
  
Maxkamov Ilxom Tudaliyevich,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi o‘qituvchi, 
mahkamov@mail.bk.ru
 
Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning tub zamirida yosh avlodni 
tarbiyalash, ayniqsa ularni eng zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalana 
olishlarini ta’minlash eng dolzarb muoammolardan biri bo‘lib turibdi. Bu sohaga esa 
shaxsan Prezidentimizning o‘zlari alohida diqqat e’tibor qaratmoqdalar. Bunga yaqqol 
misol qilib “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni 
keltirish mumkin.
Talaba va o‘quvchilarga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini faol 
ravishda o‘rgatish kadrlar tayyorlash dasturida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga 
qaratilgan asosiy tadbirlardan biridir. Bunda zamonaviy amaliy dasturlarni bilish va 
ularni tadbiq qilgan holda o‘zimizni didaktik vositalarimizni, ayniqsa o‘zbekcha 
muloqot asosida ishlovchi amaliy dasturlar, ilova dasturlari, didaktik vositalar yaratish 
muhimdir. Ma’lumki, sanoq sistemalarni biridan ikkinchisiga o‘tish jarayonlariga doir 
o‘zbekcha didaktik vositalar mavjud emas. Bu kabi didaktik vositalarni yaratish 
foydalanuvchidan sermashaqqat mehnat hamda bilim talab qiladi. Bunday vositalarni 
yaratishda juda imkoniyati keng dasturlardan biri 
Macromedia Flash
dasturi bo‘lib, biz 
qiyida bu dastur imkoniyatlaridan foydalangan holda “Bir sanoq sistemasidan boshqa 
bir sanoq sistemasiga o‘tish” mavzusiga doir didaktik vosita yaratishga to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Buning uchun 
Macromedia Flash
dasturini ishga tushuramiz va kerakli 
harakatlarimizni tayyorlab olamiz. Masalan asosiy oynani tayyorlash jarayonini ko‘rib 
o‘taylik: 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
149 
Asosiy oyna umumiy ko‘rinish 
Macromedia Flash
dasturini ishga tushiramiz, kerakli tayyorlangan harakatli 
kadrlarimizni 
Macromedia Flash
dasturi kutubxonasidan chaqirib kerakli kadrlarga 
joylashtiramiz. Buning uchun bizga ikkita 
layer (qatlam)
kerak bo‘ladi. Dastur 
yuklanganda 
Layer 1
, ya’ni 
1 - qatlam
ni avtomatik tarzda dastur yaratib beradi. Biz 
ikkinchi qatlamni yaratib olishimiz uchun qatlamlar bilan ishlash uskunalari 
majmuasidagi 
uskunasini bir marta bosamiz. Natijada bizga dastur 
Layer 2
qatlamini yaratib beradi. Bu qatlamlarni o‘zimizga qulay holda “Tugmalar” va 
“Harakatlar” deb nomlab olamiz. Buning uchun qatlam nomi ustiga sichqoncha 
ko‘rsatkichi keltirilib, ikki marta tez chap tugmasini bosamiz va 
Layer 1
o‘rniga 
“Harakatlar”
va 
Layer 2
o‘rniga “
Tugmalar
” deb nom beramiz. Bu qatlamlarning 

Tugmalar
” qatlamiga ko‘rgazmamizning asosiy ko‘rinishini joylashtiramiz. Buning 
uchun uskunalar panelidan 
Rectangle Tool 
uskunasini tanlaymiz va kerakli 
figuramizni chizamiz.
Bu to‘rtburchakka kerakli nomni berish uchun uskunalar panelidagi 
uskunasi tanlanadi, kerakli tugma nomi matni so‘zlari kritiladi. Bizning misolda 
“Ikkilikdan o‘nlikka o‘tish”
. So‘ngra tugmamiz quyidagi ko‘rinishga keladi: 
So‘ngra klaviaturadan 
F8
tugmasini bosamiz va quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Bu oynadagi 
Symbol 1
o‘rniga “
tug1
” deb nom beramiz hamda 
Type
bo‘limidan 
Button
bandini tanlaymiz va 
OK
tugmasini bosamiz. Natijada dastur kutubxonasida “
tug1
” 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
150 
nomli tugma hosil bo‘ladi. Huddi shu tariqa 
“O‘nlikdan ikkilikka o‘tish” 
tugmasini ham 
tayyorlab olamiz. 

Harakatlar
” qatlamimizning birinchi kadrida boshqaruv kadrini hosil qilamiz 
va harakatli kadrimiz birdaniga ishga tushib ketmasligi uchun “
stop
” buyrug‘ini berib 
qo‘yishimiz lozim. Buning uchun 
Actions
oynasidan foydalanamiz, ya’ni “
Window
” 
menyusidan “
Actions
” qism menyusini tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 
Actions script oynasi umumiy ko‘rinishi. 
Bu oynaga “Stop” buyrug‘ini joylashtirish uchun “
+
” tugmasini bosamiz va 
ketma - ketligini bajaramiz. Natijada “
Stop
” 
buyrug‘i hosil bo‘ladi. 
Huddi shu tariqa boshqa kerakli kadrlarda ham “
Stop
” buyrug‘ini hosil qilamiz. 
So‘ngra “
Harakatlar
” qatlamimizning ikkinchi kadrida hosil qilingan boshqaruv 
kadri ustida sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi va biz avval tayyorlab olgan 
ikkilikdan o‘nlikka o‘tish harakat rolikimizni dastur kutubxonasidan chaqirib 
joylashtiramiz, ya’ni 
F11
tugmalarini bosish orqali kutubxona chaqiriladi: 
Macromedia Flash dasturi kutubxonasi umumiy ko‘rinishi. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
151 
Bu chaqirilgan kutubxonadan biz avval tayyorlab qo‘ygan harakatli roliklarimiz 
orasidan “
10-likka
” rolikimiz ustida sichqoncha chap tugmasini bosgan holda dastur 
ishchi maydoni ustiga olib o‘tib sichqoncha chap tugmasini qo‘yib yuboramiz. 
Asosiy oynamizda joylashtirilgan sanoq sistemalarida biridan ikkinchisiga o‘tish 
tugmalari uchun maxsus kodlarni kiritib chiqamiz. Buning uchun dastlab 
tugmasi tanlanadi va 
F9
tugmasi bosiladi. Natijada ishchi 
maydon quyi qismida Actionscript oynasi ochiladi. Bu ochilgan oynaga tegishli 
qodlarni kiritiladi. Misolimizdagi tugma uchun quyidagi kodni kiritamiz:
on (release) { 
 
GotoAndPlay("10-lik"); }
Huddi shu tariqa keyingi tugma uchun ham tegishli kodlarni kiritib chiqiladi. 
 
Shuni takidlab o‘tish joizki yuqorida 
Macromedia Flash
dasturi kutubxonasidan 
chaqirib olingan harakat roliklarni ham yuqoridagi keltririb o‘tilgan asosiy oynada 
bajarib o‘tilgan amallar ketma - ketligi singari tayyorlab chiqiladi. 
Yuqorida tayyorlanishi ko‘rsatib o‘tilgan didaktik vositadan ta’lim sohasida bir 
sanoq sistemani ikkinchisi orqali ifodalash mavzusida virtual ko‘rgazma sifatida 
foydalanishga taysiya qilish mumkin. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish