Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Annotation. The article discusses issues related to current approaches to the use of 
information technologies in distance education. “Distance education”, “forms of 
distance education” concepts are defined. The system of didactic requirements for the 
distance education process, as well as distance learning environment are presented. 
Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari; masofaviy ta'lim; ta'lim tamoyillari; masofaviy 
ta'lim shakllari; elektron ta'lim resurslari. 
Ключевые слова: информационные технологии; дистанционное образование; 
принципы обучения; формы дистанционного образования; электронные 
образовательные ресурсы. 
Keywords: information technologies; distance education; teaching principles; forms of 
distance education; electronic educational resources. 
Oliy ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari masofaviy ta’limda 
axborot materiallaridan tizimli foydalanish kasbiy kompetensiyalarning shakillanish 
natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni doimiy ravishda yangilash bilan 
bog'liq.Ta’limning maqsadi nafaqat muhim ma'lumotlarni to‘plashdan, balki ularni 
o‘rinli ishlatishdan iborat. Natijada, oliy ta’limda fanni masofaviy tushunish faqat 
ma'lumotni eslab qolish bilan cheklanmaydi, balki uning ma’nosini anglab yetish, 
uning ahamiyatini mutaxassis sifatida tushunish, umuman asosiy tushunchalarni 
aniqlab olish va ularni fan bilan bog’liqligini tushunib yetishdan iborat. 
Oliy maktabda o‘quv jarayoni juda murakkab tizim bo‘lib, unga kiritilgan barcha 
yangi tushunchalar tizimli, funktsional va sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shu 
sababli, ushbu yangi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish uchun maqsadga 
muvofiq va maqbul, istiqbolli ekanligini ta'kidlash muhimdir.Ta'lim tizimiga taalluqli 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
153 
qonuniy va muqarrar hodisa dasturiy, integrallashgan va masofaviy ta'lim kabi 
metodologik tendentsiyalarning joriy qilinishi va amalga oshirilishi hisoblanadi[1,5 
b].Masofaviy o‘qitish va masofaviy ta'lim - pedagogikada yangi hodisa. Bugungi kunda 
"o‘qitish" va "ta'lim" atamalari o‘rtasidagi farq haqida ko‘plab munozaralar mavjud 
bo‘lib, ular "masofaviy ta'lim" atamasi bugungi kunda noqonuniy deb e'tirof etilganligi 
sababli rasmiy ravishda kunduzgi, sirtqi, kunduzgi (kechki) va tashqi ta’lim 
yo‘nalishlari tan olinadi[3,2 b]. Shu o‘rinda, masofaviy ta'limni boshqa ta'lim 
shakllariga osongina integratsiya qilinishi mumkin bo‘lgan ta'lim texnologiyasi deb 
aytish mumkin. 
Masofaviy ta'lim" O‘zbekistonda yagona masofaviy ta'lim tizimini yaratish va 
rivojlantirish konsepsiyasi"da masofadan turib ta'lim axborot almashinuvini 
ta'minlovchi eng yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan 
ixtisoslashtirilgan ta'lim muhiti yordamida mamlakatimizda va xorijda aholining keng 
qatlamlariga ko‘rsatiladigan ta'lim xizmatlari majmuasi sifatida belgilangan. Umuman 
olganda, ta'limning noan'anaviy shakllariga o‘tishning jahon tendentsiyasi 
universitetlar sonining ko‘payishi, yangi mutaxassisliklar paydo bo‘lishi, shuningdek, 
mavjud va rivojlanayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha sirtqi ta'lim shaklini joriy etish 
bilan bog'liq.Masofaviy ta'limni shakllantirish va rivojlantirish muammolarini tarixiy-
pedagogik tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda dunyoda masofaviy ta'lim 
tizimlarini amalga oshirish tajribasi to‘plangan.[5,2 b] 
Xususan, TATU filiallarining sirtqi bo‘limlarida o‘qitish usullari va 
yondashuvlari amaliyotga tadbiq etilgan an'anaviy ta'lim yo‘nalishi bilan paralel 
ravishda masofaviy ta'limni joriy etish lozim. 
Ushbu ta'lim texnologiyasi muhandislik-dasturiy ta'limni kam emas, ayrim hollarda esa 
yanada sifatli bo‘lishiga imkon beradi. 
Masofaviy ta'limning xususiyatlari masofaviy ta'lim texnologiyalari bo‘yicha 
o‘quv jarayonini tashkil etish qoidalarini belgilaydi, bu quyidagi ko‘rsatmalarni 
bajaradigan o‘qituvchilarning ishini murakkablashtiradi: 
1) elektron shaklda zarur o‘quv-uslubiy materiallar bilan elektron o‘quv-uslubiy
majmualarni ishlab chiqish; 
2) bilimni nazorat qilish vositalarini ishlab chiqish; 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
154 
3) talabalar uchun har bir mavzu bo‘yicha tegishli bo‘limlarni o‘zlashtirish vaqtini, 
ishlarni bajarish vaqtlari ko‘rsatilgan tematik jadvalni ishlab chiqish va yuborish 
4) talabalar bilan sinxron va asenkron maslahatlar o‘tkazish; 
5) Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarida mavjud bo‘lgan optimal va turli xil 
ishlarni qo‘llash " [1, 5 b].Masofaviy ta’limga Suchkov G. V. quyidagi ta'rifni beradi: 
"masofaviy deb, texnik va boshqa vositalardan foydalanish turidan qat'i nazar, 
o‘qituvchining talabalar bilan bevosita shaxsiy aloqasini cheklash( yoki qisman 
cheklash) imkonini beradigan ta'lim formasiga aytiladi. [2, 278 b]. E. G Azimov esa 
ta'lim tizimining masofaviy shaklida (individual yondashuv, o‘zaro muloqot 
ko‘rinishida, ta'limning onlayn va oflayn kombinatsiyasi va boshqalarda), "Internet 
texnologiyalari o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhim ta'lim imkoniyatlariga 
ega" ligiga e'tibor qaratmoqda. [3,54b].A.A. Andreev, masofaviy ta’lim didaktik 
asoslarini ko‘rib chiqqan holda, o‘qitishning umumiy tamoyillarini o‘rganadi, shu bilan 
birgalikda quyidagi ta'limning maxsus tamoyillariga ehtiyoj borligini uqtirib o‘tadi: 
* interaktivlik tamoyili, 
* boshlang'ich bilim tamoyili, 
* individyallashtirish tamoyili, 
* identifikatsiya tamoyili, 
* ta'lim qoidalari tamoyili, 
* yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishning pedagogik maqsadga 
muvofiqligi tamoyili, 
* ta'limning ochiqlilik va moslashuvchanligini ta'minlash tamoyili [4, 28b]. 
Taqdim etilgan tamoyillar masofaviy ta'lim jarayoniga didaktik talablar tizimi 
hisoblanadi. Agar interaktivlik tamoyili o‘quv ma’lumotlari almashuvida nafaqat 
o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida, balki talabalarning o‘zaro hamkorligiga qaratilgan 
bo‘lsa, boshlang'ich bilim tamoyili talabaning apparat - texnik vositalarga egaligi va 
tarmoqda ishlash qobiliyatlari ( ta’lim jarayoni topshiriqlarini qabul qilish, 
topshiriqlarni bajarib electron manzilga jo‘natish, electron jurnalda baholarini ko‘rish, 
masalan, HEMIS platformasida va boshqalarda ) mavjudligini nazarda tutadi. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
155 
Identifikatsiya tamoyili topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni nazorat qilishni 
o‘z ichiga oladi, buning uchun nazorat yoki imtihondan o‘tgan shaxsni aniqlash uchun 
turli xil texnik vositalar qo‘llaniladi va videokonferens aloqa imkoniyatlaridan 
foydalaniladi. 
Shaxsiylashtirish tamoyili talabaning joriy nazorati bilan bog'liq bo‘lib natijalar 
elektron jurnal ma'lumotlarida aks etiladi, ushbu nazorat ta'lim traektoriyasini sozlash 
imkonini beradi. 
Masofaviy ta'lim shakllari boshqa ta’lim shakillaridan o‘zgacha bo‘lib, ular 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1) universitet auditoriyasidan jonli efir, 
2) video ma'ruzalar, elektron darsliklar, nazorat materiallari (test topshiriqlari va 
boshqalar), elektron ta'lim resurslari., 
3) veb-seminarlar ( Zoom va boshqalar) 
4) ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zaro aloqalar, 
5) elektron pochta orqali muloqot qilish. 
Universitetning kompyuter injiniringi fakulteti masofaviy ta'limning o‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
* masofaviy texnologiyalar bo‘yicha video ko‘rsatmalar; 
* Hemis platformasiga materiallarni o‘qituvchilari tomonidan joylashtirish 
(SYLLABUS, va boshqalar); 
* talabalar topshiriqlarni topshirishadi va ular orqali fikr-mulohaza bildirishadi 
* darslarni o‘tkazish uchun o‘qituvchilar Slayd prezentatsiyalar, videoyozuvlarni o‘z 
ichiga olgan ZOOM C dan foydalanadilar; 
* talabalar uchun yagona kirish nuqtasi - shaxsiy kabinet. 
Masofadan o‘qitish rejimi ma'ruza mashg'ulotlarida "Ma'lumotlar tuzilmasi va 
algoritmlari" 
fanidan 
o‘rganilayotgan asosiy ma’lumotlar bo‘yicha Slayd 
taqdimotlarini qo‘llab on-layn ma'ruzalar o‘tkazdik, shuningdek talabalar uchun ovozli 
ma'ruza-taqdimotlari tayyorlandi, universitet ma'lumotlar bazasiga yuklandi. 
Buning masofaviy rejimda qanday ishlashini 1-jadvalda ko‘rib chiqamiz. 
Jadval 1. Masofaviy ta'lim rejimi 
Asenkron rejim 
(interaktiv materiallar, 
Sinxron rejimi 
(onlayn oqim, jonli efir va jonli 
muloqot) 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
156 
tayyor onlayn kurslar, darsliklar, 
taqdimotlar) 
Kontentga 
ulanish 
qulay 
va 
moslashuvchan, 
talabalar 
undan
kunning istalgan vaqtida foydalana 
olishadi. 
Zaif 
Internet 
sharoitida 
sinxron 
formatga 
nisbatan 
texnik 
ta'lim 
vositalaridan foydalanish qulay. 
Ko‘proq talabalarni jalb qilish va 
materiallar 
ahamiyatini 
yo‘qotmaguncha undan ko‘p marta 
foydalanish mumkin 
Talabalarning mustaqil ta’lim olish 
ko‘nikmalari 
rivojlanadi, 
o‘quvchilarning 
ta’limga 
bo‘lgan 
ishtiyoqi birgalikda yoki guruh bo‘lib 
o‘rganish orqali oshadi 
Kunduzgi ta’lim formatiga juda yaqin 
va an’anaviy ta’lim usulidan kam farq 
qiladi.
O‘qituvchi va talabalarning o‘zaro 
muloqot qilishi va talabaning axborot 
materiallarini, 
uni 
o‘zlashtirish 
boshqichlari aniqlash onlayn rejimda 
amalga oshiriladi 
O‘qituvchining talabalarga taqdim 
qilingan informatsion materiallarga 
nisbatan 
munosabatini 
aniqlash 
imkoniyati, 
o‘quv 
mashg’lotida
guruhga mos mavzularini tanlash 
imkoniyati mavjud 
Umuman olganda, masofadan turib o‘qitish, yuqori interaktivlikka ega bo‘lgan 
holda, 
auditoriya 
mashg'ulotlari 
kamayadi, 
vaqt 
tejaladi, 
o‘qitishning 
moslashuvchanligi, aralash oflayn va onlayn ta'limni qo‘llash kabi afzalliklarga ega, 
ammo masofadan turib ta'lim olish yondashuvlarida qiyinchiliklar ham mavjud. 
Qarama-qarshiliklar quyidagi fikrlarni o‘z ichiga oladi: 
1.Axborotning jadal o‘sishi oqibatida talabalar ma’lumotlarni har doim ham o‘z vaqtida 
o‘zlashtira olmaydi, buning uchun ma’lumotlar ichidan kerakli va muhim materiallarni 
tanlash va tizimlashtirish kerak; 
2.An'anaviy ta'lim shakllaridan foydalangan holda muntazam ravishda innovatsiyalarni 
qo‘llash lozim va bunda “ oltin o‘rtalikga” rioya qilish kerak, chunki I.G. Zaxarova 
aytishicha “an'anaviy ta'lim shakli o‘z-o‘zidan tugaydi chunki unda zamonaviy 
texnologiyalarini va axborot texnologiyalarini qo‘llash cheklangan”[5, 4b] ; 
3. OTMlar talabalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat ta'lim 
standartlariga muvofiq professional mutaxassislar tayyorlaydi.


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
157 
Axborot texnologiyalari va masofaviy ta'limning tegishli konstruktiv 
shakllarining integratsiyalashuvi ta’limda kommunikativ va kasbiy malakaga 
asoslangan yangi yondashuvlarni joriy etish usuli bilan qarama-qarshiliklarni bartaraf 
etishi mumkinligini hisobga olish kerak. Shunday qilib, masofaviy ta'limda oliy ta'lim 
rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari o‘ziga xos xususiyatlari ta'lim dasturlarining 
modulli kurslarini yaratish va joriy etish, o‘qitishning texnologik va tashkiliy 
tamoyillarini ishlab chiqish, shuningdek o‘rganilayotgan fanlarning mazmunini 
aniqlash zaruriyati bilan bog'liq. Shu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalari 
ta'lim jarayonida elektron ta'lim resurslaridan foydalangan holda o‘qituvchilarga video 
ma'ruzalar, elektron darsliklar va nazorat materiallari bilan professional axborotdan 
foydalanish imkonini beradi. 
Shu bilan masofaviy ta'limning bir qancha kamchiliklari mavjud: talabalar va 
o‘qituvchilar o‘rtasida to‘liq muloqotning yo‘qligi, ya'ni individual yondashuvning 
yo‘qligi, vaholangki talabalar bir qator individual-psixologik sharoitlarga muhtojr: 
qattiq o‘z-o‘zini boshqarish va buning talabaning mustaqilligi va ongiga tasiri, 
o‘quvchilarni doimiy nazorat qilishning yo‘qligidir.Masofaviy ta'limda ta'limning
faqat yozma shakilda olib borilishi talabalalarning o‘z bilimlarini og'zaki shaklda ifoda 
etish imkoniyatining yo‘qligi talabalarga noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish