5-rasm. Simarqonli tayanch konstruksiya
6 –rasm. Rolik tayanchlari:
a- chiziqiy; b-markazlashtiruvchi; v-amortizatsiyalovchi
rolikli; 2-markazlashtiruvchi rolik tayanchining ishlash sxemasi
Rolik tayanchlari (4-rasm) konveyerning eng asosiy qismi hisoblanadi. Tasma harakatiga
qarshilik ko‘rsatuvchi kuch va tasmaning hizmat muddati ularning
holati bilan bevosita
bog‘liqdir.
Konveyerning yukli (ishchi) shoxobchasida yassi tasma uchun rolik tayanchlari bitta
rolikdan iborat bo‘ladi, tasmaga novsimon shakl berish uchun esa – uchta (ayrim hollarda ikkita
yoki beshta) rolik o‘rnatiladi, ular vertikal tekislikda bir biriga nisbatan maъlum burchak ostida
qo‘yiladi. Konveyerning yuksiz shoxobchasida doimo bir rolikli tayanch o‘rnatiladi.
Uch rolikli tayanchlarning baъzi
kamchiligi shundan iboratki, ularni qo‘llashda tasma
harakatlanish jarayonida chetga qarab siljishga moyil bo‘ladi.
Tasmani tashqi tomonga siljib ketishini oldini olish uchun yon roliklarning tashqi
tomonini tasma harakati bo‘ylab oldi tomonga kichik (2 - 40) burchakka og‘dirib o‘rnatiladi (6,
б
- rasm). SHuning natijasida roliklar o‘zining markazlashtirish taъsirini ko‘rsatadi,
chunki
tasma tashqi tomonga siljiganda rolikning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan uning aylanish
tezligi vektori
V
p
ning yo‘nalishi tasmaning tezlik vektori
V
t
ni yo‘nalishiga mos bo‘lmaydi.
7 – rasm. YOn roliklarning tasmaga taъsiri: a-yon
rolikda tasmaning egilishi; b- yon
roliklar tashqi tomoni og‘ishining taъsiri
Vektor
V
p
ni ikkiga ajratamiz, ulardan biri tasma o‘qining yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan,
ikkinchisi esa – unga perpendikulyar yo‘nalgan. SHunda tashkil etuvchi
vektorlarning biri
V
c
= V
t
tg
, bu vektor esa tasmani markaz tomon siljitishga harakat qiladi.
Qattik mahkamlangan rolik tayanchlari bilan bir qatorda vertikal o‘q atrofida erkin
aylanadigan tayanchlar ham qo‘llaniladi. Tasma tashqi tomonga siljiganda rolik tayanchi
qandaydir burchak (
) ga buriladi va undan keyin yuqorida aytib o‘tilgan holat yuz beradi.
Baъzi holatlarda tayanch konstruksiyalarning yon tomonlariga vertikal o‘qda qo‘shimcha
roliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular tasmani chetga chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Konveyerga yuklash joyida tasmaga materialni urilishi zarbini kamaytirish va yumshatish
maqsadida amortizatsiyalanadigan rolik tayanchlari qo‘llaniladi (3.34, v- rasm).
Rolik tayanchlarining boshqa turlaridan egiluvchan aylanuvchi o‘qli
osma rolik
tayanchlari (7, b- rasm) ni hamda roliklarini bikirli o‘qlari sharnir bilan bog‘langanlari (7, b-
rasm) ni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
8-rasm. Osma oraliq tayanchlar: a-egiluvchan o‘qli; b-roliklar sharnir bilan
bog‘langanligi
Rolik tayanchlarining eng asosiy elementi roliklardir. Ularga ketadigan xarajat Lentali
konveyer bilan yuk tashishga ketadigan umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Roliklarni tez ishdan chiqishining asosiy sababi – podshipnik bog‘lamlarining ifloslanishi tufayli
ularni aylanishdan to‘xtab qolishidir. Podshipnik bog‘lamlari ifloslanishining oldini olish uchun
turli zichlagichlar qo‘llaniladi, ulardan eng yaxshisi – labirint zichlagichlardir (8- rasm).
9-rasm. Labirint zichlagichlar
Tayanch roliklarning diametri tasma eniga qarab quyidagicha olinishi tavsiya qilinadi:
tasmaning eni V = 800 mm bo‘lganda rolikni diametri 89 (108) mm; V = 1000 mm bo‘lganda D
=(108) 127 mm; V = 1200÷1600 mm bo‘lganda D = 159 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: