Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi


Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Download 3,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/241
Sana05.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#741365
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   241
Bog'liq
2 5238232098061424691

Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi 
 
Buxgalteriya hisob registrlariga ko’rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, 
ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin. 
Xato yozuvlar aks ettirilgani qo’yidagi holatlarda aniqlanishi mumkin. 
1.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
2.
Xato yozuv noto’g’ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
3.
Buxgalteriya provodkasi to’g’ri, ammo aks ettirilgan summa ko’p yoki kam 
yozilgan. 
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko’ra 
tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. 
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 
1. «Korrektura» usuli. 
2. «Qizil storno» usuli. 
3. «Qo’shimcha yozuv» usuli. 
«Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan 
holatda foydalaniladi. 
«Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, 
uni yoniga to’g’ri yozuv yoziladi, hamda bu xaqda xato yozuvni to’g’rilagan javobgar shaxs 
yoki bosh buxgalter muddatni ko’rsatib, imzo qo’yadi. 
Masalan: «Materiallar» hisob schetini debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 
so’m o’rniga, 40000 so’m yozilgan 
40000 (14.03.05) «to’g’rilanganligiga ishonilsin» (imzo). 


63 
«Qizil qalam» usulidan buxgalteriya provodkasi noto’g’ri berilganida, yoki ko’p 
summa aks ettirilganida foydalaniladi. 
«qizil qalam usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali to’g’rilanadi. Ya’ni 
qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak. 
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to’g’rilanganidan so’ngra, to’g’ri 
buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo’yiladi. 
«Qizil qalam» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul mohiyati bilan 
yaqindan tanishtiramiz. 
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi
60000 sum. 
Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi qo’yidagicha bo’ladi: 
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000 
Kredit «Materiallar» 60 000 sum 
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so’m aks ettirilgani 
aniqlandi. 
Xato yozuvni bir «O» raqamini o’chirish orqali to’g’rilash mumkin emas. Demak, 
«qizil qalam» usulidan foydalanishga to’g’ri keladi. 
600 000 –540 000 = 60 000 
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so’m ortiqcha yozilganligi sababli, 600 000 
dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko’rinishida sintetik schetlarga taalluqli buxgalteriya 
hisob registrlaridagi yozuvlar qo’yidagicha aks ettiriladi. 
Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chikarish Kt 
600 000 600 000 
40 000 540 000 
Aksincha, yozilishi kerak bo’lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, 
«qo’shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. 
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad solig’i ushlab qolindi 170 000 
Xo’jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida qo’yidagi buxgalteriya provodkasi 
asosida aks ettiriladi: 
Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. 
Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob» 
Xato yozuv orqali yuqoridagi schetlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob 
registriga 170 000 soni o’rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 
170 000 – 120 000 = 50 000 
Xato yozuv to’g’rilanishi uchun 50 000 qo’shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. 
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo’lishiga ko’ra tegishli schetlarga 
«qo’shimcha yozuv» yoki «kizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi. 

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish