65
1 02.10.10 Hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat
qilgan safari summalari qabul qilindi
5010
4220
10000
2 04.10.10 Xodimning korxonaga etkazgan zarar summalari
qabul qilindi
5010
4730
12000
3 17.10.10 Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schetidan
pul olindi
5010
5110
780000
4 18.10.10 Tovarlarni naqd pulga sotishdan tushumlar qabul
qilindi
5010
9020
540000
5 20.10.10 Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul
mablag’i kirim qilindi
5010
9390
1000
debet oborot jami
1343000
6 05.10.10 Kassadagi limitdan ortiqcha pul mablag’i bankka
topshirildi
5110
5010
12000
7 17.10.10 Xodimlarga mehnat haqi berildi
6710
5010
730000
8 18.10.10 Tovarlarni
sotishdan
olingan
naqd
pullar
inkassatorga topshirildi
5710
5010
540000
9 20.10.10 Olinmagan ish haqi bankka qaytarildi
5110
5010
50000
kredit oborot jami
1332000
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli.
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo’llanishi, hisob ishlarini xajmidan,
hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini
vujudga kelishi XIX asr boshlariga to’g’ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va
korxonalarda qo’llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schetlar ham
qo’llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi
katta bo’lmaganligi sababli, qo’llaniladigan sintetik schetlar miqdori ham kam bo’ladi.
Kichik firmalar, ular mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o’rtacha yillik ishchilar soni
ishlab chiqarish tarmog’ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish
sohalarida esa 5 kishigacha bo’lgan korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar esa mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o’rtacha yillik xodimlar soni
sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo’jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida
20 kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish
sohalarida 10 kishigacha korxonalar hisoblanadi.
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar
soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan
birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo’jalik jarayonlari 100 tadan
oshmagan xollarda qo’llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki xujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb
ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda
olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish
maqsadida oy davomidagi xo’jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo’jalik
jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to’ldiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: