birinchi nuqtai nazari -
intraindivid shaxsiy
atributsiya: shaxs sub’ektning o’ziga xos bo’lgan xossasi sifatida tushuntiriladi;
shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo’ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar -
shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va
mavjudlik sohasi bo’lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi
interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko’rib chiqishning
uchinchi nuqtai nazari
- metaindivid shaxsiy
atributsiya. Ushbu holatda individning o’z faoliyati orqali boshqalarga
ko’rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko’zda tutiladi. Shaxsga yangicha
nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini
faqat o’zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda
shaxs boshqalarda ideal tarzda tasawur etilishi, ulaming o’zga turmush tarzi,
uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasawur etishning mohiyati — sub’ekt faoliyati yoki uning
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va
affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o’zgarishlardan iborat. Bunday holatda
gap shaxsning boshqalarda o’z hayotini davom ettirishi mumkin bo’lgan faol
jarayon haqida, boshqalarda o’zining davomiyligini ko’ra bilishi haqida ketadi.
Individ o’limidan so’ng shaxs butunlay yo’qolib ketmasdan o’zgalar hayoti
bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin so’zlarini esga olsak: «Yo’q,
butunlay o’lmayman ... dunyoda bitta bo’lsa ham shoir qolmagunicha».
Shaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko’rinishda tasawur etish mumkin
(7.1 rasm).
139
Tabiiy
muhit
Shakllanish omillari
Ijtimoiy
му^ит
Shaxs
7.4. Shaxs tuzilishida biologik va
Inson
shaxsidagi
biologik
va
ijtimoiy nisbatlar muammosi
ijtimoiy nisbatlar muammosi - hpzirgi
zamon
psixologiyasining
markaziy
muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti
jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o’rtasidagi mavjud
bo’lishi mumkin bo’lgan aloqalar ko’rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to’laligicha
ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo’lgan muayyan jarayon sifatida, ham
faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ulaming
intividga ko’rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi.
SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlami turli xilda izohlovchi
kontseptsiyalaming bir nechtasini ajratish mumkin.
140
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot
qiluvchi kontseptsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar
bilan bog’liq bo’lmagan, o’zining ichki qonunlariga to’laligicha bo’ysunadigan
hodisa sifatida o’rganiladi. Bunda ushbu kontseptsiyalar nuqtai nazaridan inson
organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig’imi» sifatida o’rin ajratiladi.
Bunday fikrlarni bizlar ko’proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini
e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik kontseptsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin
sodir bo’ladigan hodisaning chiziqli funktsiyasi sifatida o’rganiladi. Bu
kontseptsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning
baicha xusnsiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi,
ulaming taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo’ysunadi. Ko’p hollarda bu
kontseptsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik
qonun - rekapitulyatsiya qonuni qo’Uaniladi, bu qonunga ko’ra, individ
taraqqiyoti o’zi tegishli bo’lgan tur evolyutsiyasining asosiy ko’rinishlarida
amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil
hodisa sifatida mavjud bo’lmasligi, barcha ruhiy hodisalami biologik
(fiziologik) tushunchaiar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi
haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazaming fiziologlar o’rtasida juda
keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu
nuqtai nazaming tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy kontseptsiyalar mavjud bo’lib, ular ham rekapitulyatsiya
g’oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o’zgacha tarzda namoyon bo’ladi.
Ushbu kontseptsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi
jamiyat tarixiy rivojlanishi, awalambor, ma’naviy hayot, madaniyaming
taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o’z tasdig’ini
topgan.
Shunga o’xshash kontseptsiyalaming mohiyatini V. Shtem yanada yorqin
tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyatsiya tamoyili ham
hayvonlar psixikasi evolyutsiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining taraqqiyoti
tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go’daklik davrining
birinchi oylarida tuban hissiyotlaming ustunligi holatidagi anglanmagan
refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi;
ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini
rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi - maymun darajasiga yetadi, va ikki yoshda
gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so’ng oddiy insoniy holatga
erishadi. O’yin va ertaklaming birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar
bosqichida turadi. So’ngra maktabga o ’qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka
ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat
141
va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo’lgan madaniyatga a’zo bo’lishining
ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko’hna va
qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o’ta mutanosibdir, o’rta maktab
yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat yetuklik davrida
Yangi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi»10.
Lekin, fikrimizcha, bunday o’xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o’ziga xos bo’lgan ta’lim va
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlaming har bir avlodi
jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to’g’ri kelib, o’sha bosqichda
tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o’z
taraqqiyotida bosib o’tilgan tarixiy bosqichlami qisqartirilgan ko’rinishda
takrorlab o’tirish shart emas.
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim
tomonidan inkor etilmaydi. Shu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda
tug’ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida emas, balki, ma’lum jamiyat
vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o’zaro
ta’sirda bo’lganliklaridan psixologiya uchun o’zaro aloqalarining xususiyatini
aniqlash muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko’p sonli
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang’ich sharti uning biologik
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi
bo’lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to’plami bilan
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud
bo’lgandagina amalga oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o’zaro faoliyati
va o’zaro ta’siri muammosini ko’rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini
ajratish mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir.
Shunday qilib, shuni ko’zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik - ruhiy -
ijtimoiy» o’zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs
tuzilishidagi biologik - ruhiy - ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos
B.F.
Lomov,
shaxs
shakllanishi
muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha
murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu
muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan,
individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan
chegaralanib bo’lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti
ma’nosida ko’rib chiqilishi lozim. Shu munosabat bilan biologik va ijtimoiy
nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon
10 Shtcm V. Osnovq genetiki chclovcka. M., 1965. В. 113.
142
bo’ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu tushunchalardan biri
biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan.
Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili sifatida, ham
jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo’ladi.
Shu bilan birga, bu
tushunchalaming har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm
tushunchasida - inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs
tushunchasida esa - insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan.
Uchinchidan, psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs
- individning ijtimoiy sifati ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson
jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo’ladi. Individning bu sifati jamiyatdan
tashqarida mavjud bo’lolmasligidan, «individ - jamiyat» munosabatlari
tahlilidan tashqarida tushunish yetish mumkin emas. Individ shaxsiy
xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo’lib, iming o’zi yashab, rivojlanib kelayotgan
ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to’rtinchidan, shaxsning
shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda ma’lum
tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlaming o’zlashtirilishi sifatida
ko’rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy
institutlar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiya tizimi yordamida yo’naltirilishini
ko’zda tutish lozim.
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ
taraqqiyoti xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo’lib,
yuqori dinamika bilan ajralib turadilar, ya’ni, rivojlanishning har bir bosqichida
turli xil o’riniami egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |