XVI MAVZU. TEMPERAMENT
REJA:
16.1. Temperament haqida tushuncha.
16.2. Temperament haqidagi zamonaviy tasawurlar tarkib topishining
asosiy
bosqichlari.
16.3. Temperamentning fiziologik asoslari
16.4. Temperament tiplari va ulaming psixologik tavsifi.
16.5. Mehnat faoliyatida temperamentning hisobga olinishi.
Mavzu o’quv m aqsadi:
T a’limiy: talabalar tomonidan temperament, temperament haqidagi zamonaviy
tasawurlar tarkib
topishining asosiy bosqichlari,
uning fiziologik asoslari,
temperament tiplari va ulaming psixologik xarakteristikasi, mehnat faoliyatida
temperamentning hisobga olinishi
haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan temperament, temperament
haqidagi zamonaviy tasawurlar tarkib topishining asosiy bosqichlari, uning
fiziologik asoslari, temperament tiplari va ulaming psixologik xarakteristikasi,
mehnat faoliyatida temperamentning hisobga olinishi haqidagi bilim, ko’nikma
va malakalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Temperament tipi -
insonlaming muayyan guruhlarini
tavsiflovchi psixik
xususiyatlaming yig’indisi (majmuasi). Temperament type is a complex of psy
chological feature describing the definite groups of people.
Xolerik -
kuchli, qo’zg’alishi ustun bo’lgan nomutanosib, o’ta harakatchan tip.
Choleric is a strong, unproportionally restless, excessively busy-bone type
Sangvinik
- asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.
Sanguine is a proportionally lively type with strong nervous system.
Flegmatik
- kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.
Phlegmatic is a strong, proportional, relaxed type.
Melanxolik -
kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.
Melancholic is a weak, unproportional and rigid type.
300
16.1. Temperament haqida
Temperament muammosiga bo’lgan
qiziqish
tushuncha
2,5 ming yil aw al paydo bo’lgan. Bu qiziqishning
pay do bo’lishiga organizm biologik va fiologik
tuzilish va rivojlanishi xususiyatlari, shuningdek,
ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy
aloqalar va munosabatlaming takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual
farqlaming mavjudligi sabab bo’ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan
shartlangan tuzilmalariga kiradi. Temperament odamlar o’rtasida, shuningdek,
hissiyotlar, hissiy taassurotlilik, harakatlaming
maromi va jadalligi, va boshqa
bir qator dinamikaga ega bo’lgan xususiyatlardagi ko’plab psixik farqlaming
mavjudligini belgilab beradi.
Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko’plab yondoshuvlar
mavjud. Lekin bu yondoshuvlaming xilma-xilligiga qaramay, ko’pchilik
tadqiqotchilaming tan olishiga ko’ra, temperament
- bu shaxsning ijtimoiy
mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma, temperament asosidagi
shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo’lib hisoblanadi.
B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb,
ayni bir odam uchun xos bo’lgan emotsional qo’zg’auvchanlik, ya’ni, bir
tomondan, hislar paydo bo’lishining tezligi, va ikkinchi tomondan, ulaming
kuchi bilan bog’liq bo’lgan psixik xususiyatlaming yig’indisiga aytiladi».
Temperament
- bu inson faoliyati va
hulq-atvorining dinamik va
emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig’indi.
SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism - faollik va hissiyotlilikka ega.
Hulq-atvoming
Do'stlaringiz bilan baham: