IV. Qizining boshiga tushgan kulfatni eshitib,
Navdarshohning shoh Nu’monga maktub yo‘llagani
hamda ikki shohning Jobir tomon qo‘shin tortgani
bayonida
Andakim Mehrni qilib noshod,
Qavm-u xaylini ayladi ozod.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Kunduz-u kecha po‘ya
5
ettilar,
Toki kishvarlarig‘a yettilar.
1
Ibriq – chоydish, оftоba.
2
Bеdil – qayg‘uli, hasratli оshiq.
3
G‘оfil – xabarsiz.
4
Qavm-u xayl – yaqinlar, atrоfidagilar.
5
Po‘ya – tеz yurish.
199
Nilufargun libos etib bori,
Qildilar borcha motam izhori.
Shoh xud Mehr ishtiyoqidin,
Bal jigargo‘shasi fi roqidin.
Ham bu rang aylab erdi xil’atni,
Xayli dog‘i bu rang kisvatni
1
.
Chun bular dog‘i keldi motam ila,
Bahri anduh-u lujjai g‘am
2
ila.
Shohkim, bag‘rig‘a tegib edi tish
3
,
Ayladi Mehr holini taftish
4
.
Bo‘ldi ketgan azo yana toza
5
,
Qolmadi dard-u g‘amga andoza
6
.
Qildilar ulcha bor edi taqrir
7
,
Ki, ne kelturdi olig‘a taqdir.
Yana anduh ila fi g‘on qildi,
Yana anduhi qasdi jon qildi.
Tiyra bo‘ldi jahon anga, holi
Go‘yiyo botti mehri iqboli.
Dedi o‘ziga yig‘lab achig‘- achig‘,
Ki: «Achig‘ yig‘lamoq manga ne asig‘
8
.
Tig‘ ila bag‘rim aylasam pora,
Chun jigargo‘sham yitti, ne chora?
1
Kisvat – ust-bоsh.
2
Lujjai g‘am – g‘am girdоbi.
3
Tеgib edi tish – yaralandi.
4
Taftish – tеkshirmоq, so‘ramоq.
5
Tоza – yangi.
6
Andоza – o‘lchоv.
7
Taqrir – aytish, bildirish, bayon etish.
8
Asig‘ – fоyda.
200
Chora topmoq kerak mufi d
1
emdi,
Yo‘q g‘am-u noladin umid emdi».
Olib ilgiga safha-yu xoma
2
,
Qissa sharhini yozdi bir noma.
Har ne ish bo‘lg‘onin bayon etti,
Shoh Nu’mon sori ravon etti
3
.
Yozib ul noma ichra pinhoniy,
Kim: «Bu bo‘lmish qazoyi Yazdoniy
4
.
Lek Haqkim g‘am-u balo bermish,
Dard bermish, vale davo bermish.
Chora bu ishga intiqom durur,
Yo‘qsa, bo‘lmoq tirik harom durur.
Mehr agar erdi jonima payvand,
Sanga dog‘i bo‘lub edi farzand.
Bo‘lsa ul dushman ilgida mahbus,
Manga nomus erur, sanga nomus.
Mundin o‘zga bu ishga yo‘q tadbir,
Ki, ikkimiz cherik
5
yig‘ib bir-bir.
Senga mulkungda bo‘lmoq o‘lsa mayl,
Lek farzandi arjumand Suhayl.
Kim, erur pilzo‘r-u shershukuh,
Panjasidin kelib bu ikki sutuh
6
.
1
Mufid – fоydali.
2
Sahfa-yu xоma – qоg‘оz va yozg‘ich.
3
Ravоn etti – yubоrdi, jo‘natdi.
4
Qazоyi Yazdоniy – Tangri buyurgani, Yaratganning irоdasi.
5
Chеrik – qo‘shin, lashkar.
6
Sutuh – sathlar, tеkisliklar. Bu yеrda ikki kuch ma’nоsida.
201
Bal haqiqat aro aningdur Mehr
Ki, bu mansuba
1
zohir etti sipehr.
Boshlabon ul cherikni sohil ila,
Suv yaqosidagi manozil ila.
Aylabon razm-u kiyna izhori,
Kelsa Jobir jazoyiri sori.
Men dag‘i tab’i kinaxohimni
2
,
Sa’y
3
aylab yig‘ib sipohimni,
Yaroq aylab ko‘ngul farog‘i bila,
Ulcha mumkin cherik yarog‘i bila,
Beribon kemalar aro orom,
Yel kibi aylasak, suv uzra xirom.
Men sudin aylasam azimat jazm,
Ul qurug‘luq soridin aylab azm.
O‘yla tarix aylasak miod,
Ki, qachonkim bo‘lur bu ish bunyod.
Necha kundin so‘ng o‘lg‘ay imkoni,
Qobsamoq
4
bu iki cherik oni.
Ham o‘shul nav’kim muqarrar o‘lur,
Sa’y qilsoq, bu ish muyassar o‘lur.
Ki, chekilgay
5
bu intiqom oxir,
Ro‘zi o‘lg‘ay bu nav’ kom oxir.
1
Mansuba – tadbir, chоra.
2
Kinaxоh – alamzadalik, o‘ch оlish istagi.
3
Sa’y – g‘ayrat, harakat.
4
Qоbsamоq – o‘rab оlmоq, qamal qilmoq.
5
Chеkilgay – amalga оshirilgay, qilingay, оlingay.
202
Ul Zuhalvash
1
jazog‘a xos o‘lg‘ay,
Mehr ham uqdadin
2
xalos o‘lg‘ay.
Gar bu yanglig‘ emasdurur sanga kom,
Oni ham botroq aylag‘il e’lom
3
.
Ki, chu ish tushsa boshima yolg‘uz,
O‘zga yanglig‘ topay salohig‘a
4
yuz»
5
.
Shoh Nu’mon o‘qug‘och ul noma,
Bildikim, bo‘lmish o‘zga hangoma.
Yig‘labon bo‘ldi asru
6
ko‘p g‘amnok,
Bu sitamdinki ayladi afl ok
7
,
Oni ham bildi shohi ozoda
8
Kim, musofi r
9
chu bo‘ldi shahzoda.
Maqsadi sori yetmagan ermish,
Kema ul sori ketmagan ermish.
Ikki muhlik
10
ajab g‘am o‘ldi anga,
Motam ustiga motam o‘ldi anga.
Bilmadikim ne ish ekin hodis
11
,
Kim bu ishga bo‘lub ekin bois.
Kim aningdek Suhayl-u sayyora
Charx zulmidin o‘lg‘ay ovora?
1
Zuhalvash – Zuhalga o‘xshagan. Zuhal, ya’ni Saturn sayyorasi
yomоnlik timsоli bo‘lgan. Bu yеrda Jоbirga nisbat bеrilmоqda.
2
Uqda – bandilik, tutqun.
3
E’lоm – bildirmоq.
4
Salоh – chоra, yaxshilanish.
5
Yuz tоpish – kirishish.
6
Asru – juda, g‘оyat.
7
Aflоk – falaklar.
8
Shоhi оzоda – tagi tоza shоh, aslzоda shоh.
9
Musоfir – safarga chiqqan, sayohatchi.
10
Muhlik – halоk qiluvchi.
11
Misraning mazmuni: Nima ishlar sоdir bo‘lganini bilmadi.
203
O‘ylakim bo‘lmag‘ay asar andin,
Demagay hech kim xabar andin.
Ko‘p qilib fi kr topti ra’yi savob
1
,
O‘qug‘on nomag‘a bitidi javob.
Kim: «Hamul nomakim bitilmish edi,
Mehr holin bayon qililmish edi.
Ul alam garchi soldi boshima dud
2
,
Bildim o‘rtanmagimda yo‘qtur sud.
Sabt
3
edikim, yururga qilsang mayl
Yaxshi, yo‘qsa chekib sipoh Suhayl.
Azm aylab cherik yarog‘i bila,
Yurusun bahrning qirog‘i bila.
Nukta qilma
4
Suhayldin iblog‘
5
,
Qo‘ymag‘il dog‘im ustiga yana dog‘.
Degil avval muniki, qoni Suhayl?
Qoni ulkim, der erduk oni Suhayl?
Kim, Suhayl etgali sizing sori azm,
Olti oydur hisob etib biz jazm.
Kech kelur fi kridin eduk g‘amnok,
Yetmagan anda, bizni etti halok.
Sen qurug‘luq bila sipoh cheksang,
Charx uza avji borgah
6
cheksang.
Men bo‘lub kema ichra bahrxirom,
Sipohim birla tutmasam orom.
1
Ra’yi savоb – to‘g‘ri fikr, savоbli mayl.
2
Dud – tutun.
3
Sabt – yozish.
4
Nukta qilma – ta’riflama, gapirma.
5
Iblоg‘ – yеtkazish, aytish.
6
Bоrgah – qo‘nim jоy, qarоrgоh.
204
Topqamen shoyad ushbu savdoda
1
Gavharimdin nishona daryoda.
Topsam-u, topmasam, sening sori
Aylagumdir tavajjuh
2
izhori.
Ki, nechukkim kerak qilib ko‘shish
3
,
Haq taolodin istabon baxshish
4
.
Ul haromig‘a tig‘i kin sursak,
Keragidek jazog‘a tegursak.
Emdi mav’id
5
falon kun o‘ldi yaqin
6
,
Azm
7
uchun soat ayladuk ta’yin.
Sen dog‘i ushbu so‘zni aylab jazm,
Kerak etsang bu va’da birlan azm».
Emdikim yozdi nomag‘a unvon,
Nomaning homilini
8
qildi ravon.
Chunki qosid
9
bitikni
10
yetkurdi,
Shoh Navdar qo‘lig‘a topshurdi.
Navdar ochti-yu soldi borig‘a ko‘z,
O‘qudi anda har ne bor edi so‘z.
Bo‘ldi miod vaqtidin ogoh,
Ham o‘shul vaqt birla yig‘di sipoh.
Ul sari azm qilg‘ali Nu’mon,
Ham muayyan bor erdi vaqt-u zamon.
1
Savdоda – mоjarоda, ishda.
2
Tavajjuh – yuzlanish, ko‘rinish.
3
Ko‘shish – jahd qilish, intilish.
4
Baxshish – marhamat.
5
Mav’id – va’da.
6
Yaqin – aniq, muqarrar, qat’iy.
7
Azm – kirishish, harakat.
8
Hоmil – eltuvchi.
9
Qоsid – xabarchi, so‘zlоvchi.
10
Bitik – xat, yozilgan narsa.
205
Bo‘ldilar ikki shoh musta’jil
1
,
Biri daryo bila, biri sohil.
Necha kun aylabon masofat
2
qat’
3
,
Sohili bahr ichinda ofat qat’.
Bo‘ldi paydo aduv bo‘lur besha,
Tushti ikki tarafqa andesha.
Do'stlaringiz bilan baham: |