10. «Ikki muhlik ajab g‘am o‘ldi anga, Motam ustiga mo-
tam o‘ldi anga. Bilmadikim ne ish ekin hodis, Kim bu
ishga bo‘lub ekin bois» misralarida kimning holati aks
ettirilayotganligini matndan toping va izohlab bering.
V. Ov ketidan quvib sipohidan ajralgan
Navdarshohning Jobir odamlari tuzog‘iga ilingani,
to‘fon ofatidan halokatga uchragan shoh Nu’monning
Jobirga asir tushgani haqida
Qoldi Navdarg‘a chunki bir manzil,
Besha ichra murur
1
edi mushkil.
Vahm oldi qarorini shahdin,
Ki, aduv chiqmag‘ay kamingahdin
2
.
Kesturub beshani ochilg‘ali yo‘l,
Cherigin eltur erdi ilgari ul.
Go‘yiyo saydlardin ul jangal,
Voqe’ erdi to‘la bug‘u-vu maral
3
.
Shahg‘a ko‘p erdi ov ishida vuquf
4
,
Balki bor erdi asru ko‘p mash’uf
5
,
Har tarafdin dorir edi
6
sayde,
Shahg‘a erdi sipoh ishi qaydi
7
.
1
Murur – o‘tish, yurish.
2
Kamingah – pana, pistirma joy.
3
Maral – kiyik.
4
Vuquf – vоqif, xabardоr.
5
Mash’uf – bеrilish.
6
Dоrir edi – uchrardi.
7
Misraning mazmuni: Shоhni lashkar ishi tutib turardi.
207
Sayd yetgach ko‘zini asrar edi,
Ko‘rmayin deb o‘zini asrar edi.
Nogahon bir shikoriyi gulrang
1
O‘tgali qildi olidin ohang
2
.
Keynicha ixtiyorsiz chopti,
O‘q otarg‘a qarorsiz chopti.
Sayd jangal ichini qildi talosh,
Yo‘li ham tor edi-yu, ham chirmosh.
G‘ayr oning so‘ngicha chopmas edi,
O‘q otarg‘a majol topmas edi.
Iztirob aylabon oto tushti,
Bir-ikki o‘q, vale xato tushti.
O‘zga xud bo‘ldi
3
ul sifat bexud
Kim, dimog‘idin uchti hush-u xirad
4
.
Sayd qasdig‘a o‘yla qo‘ydi ko‘ngul
Ki, aduv chiqti yodidin bilkul
5
.
Sayd bila beshag‘a kirib ketti
Ki, aduv qavm-u xaylig‘a yetti.
Qo‘yub erdi kaminda
6
Jobir nev
7
,
Kinavarlar masof
8
vaqtida dev.
Kim, kishi tutsalar keturgaylar,
Xizmatig‘a aning yeturgaylar.
1
Shikоriyi gulrang – оvlanadigan qizil bug‘u.
2
Оhang – qiliq.
3
O‘zga xud bo‘ldi – o‘zgacha bo‘lib qоldi.
4
Hush-u xirad – aql-u hush.
5
Bilkul – butunlay, tamоmila.
6
Kamin – pistirma, pana.
7
Nеv – pahlavоn, bоtir.
8
Masоf – jang, janggоh.
208
Ko‘rdilar solur erdi bir bug‘u xez
1
,
Yetti oni qovub bir otlig‘ tez.
Poshna
2
raxshlarg‘a
3
urdilar,
Ha deguncha ani tushurdilar.
Chopibon saydg‘a solay dedi qayd
4
,
O‘zga sayyodlarg‘a
5
bo‘ldi sayd
6
.
Shoh tilar bo‘lsa shohliq qilmoq,
Sipohidin kerakmas ayrilmoq.
Shohni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur yo‘q esa anda sipoh.
Shohg‘a xayl o‘lsa, fath aning ishidur,
Bir kishi Rustam o‘lsa, bir kishidur.
Shohlik oyinin
7
aylabon zanbo‘r
8
,
Aylamas besipoh sukun-u murur
9
.
Uchsa yolg‘uz ko‘rarga oq-u qaro,
Ne tavofut ul-u yana bir aro.
Borsa shatranj shohining sipahi,
Ko‘rki, bormu hisob ichinda shahi.
Chunki Navdar adug‘a bo‘ldi asir,
So‘ydilar
10
har ne kiyganin bir-bir.
Holig‘a chun nazora qildilar,
Navdar erkonin jazm
11
bildilar.
1
Хеz sоlmоq– tеz kеtmоq.
2
Pоshna – qichamоq, niqtamоq.
3
Raxshlar – оtlar.
4
Qayd – sirtmоq, band.
5
Sayyodlar – оvchilar.
6
Sayd – оv, o‘lja.
7
Оyin – оdat, udum.
8
Zanbo‘r – ari, asalari.
9
Sukun-u murur – turish va yurish.
10
So‘ydilar – yеchdilar.
11
Jazm – aniq.
209
Biri ul xayldin chopib fi lhol,
Berdi Jobirg‘a mujdayi iqbol
1
.
Kim: «Bu yanglig‘ ish oshkor o‘ldi,
Bo‘yla sayde sanga shikor o‘ldi».
Ul eshitgach bu nav’ afsona,
Tengriga sajda qildi shukrona.
Dedi: «Mavquf bo‘lmayin
2
nimaga,
Ko‘zuni bog‘labon soling kemaga.
Eltibon qasr aro qiling mahbus,
Eshigin ustidin eting madrus
3
.
Andog‘ aylang bu ishni pinhoni,
Kim, kishi fahm qilmosun oni.
Uy eshigin falong‘a topshurunguz,
Xabarin manga bot kelturunguz!»
Shahni ul qasrg‘a yeturdilar,
Borcha hukmni bajo keturdilar.
Ne-ne yer erkonin bildi shah,
Ne shah erkonidin o‘ldi el ogah.
Bo‘ldi Navdar ishiga surat bu,
Lek Nu’monga jilvagoh edi su(v).
Qoldi chun ikki kunchilik maqsad,
Yana yel suvni qo‘zg‘adi behad.
Bo‘ldi ko‘lok osmonpaymoy
4
,
Ko‘runir erdi kemadek yangi oy.
Tushti Nu’mon ishiga asru futur
5
,
Har zamon jonidin edi mahjur
6
.
1
Mujdayi iqbоl – xursandchilik xabari.
2
Mavquf bo‘lmayin – to‘xtatmayin.
3
Madrus – bеkitish, yopish.
4
Оsmоnpaymоy – оsmоn baravar, balandga intiladigan.
5
Futur – barbоdlik, buzg‘unlik.
6
Mahjur – mahrum, ayrilgan.
210
To safar ahli ko‘pi o‘ldi talaf
1
,
Tushti har bir kema bir o‘zga taraf.
Garchi Nu’mong‘a ko‘p yetishti nahib
2
,
Lek to‘fondin o‘lmadi oseb
3
.
Kemasi lekin ul taraf ketti,
Ki, burun o‘g‘li kemasi yetti.
Didbonlar yana qilib ma’lum,
Yana Jobirg‘a dedilar mafhum
4
.
Yana Jobir yetib alar sori bot,
Topmay ul xaylning ko‘pida hayot.
Tirigidin so‘rub chu surati hol,
Zohir anglabki, ne durur ahvol.
Ilayiga
5
solib, alarni surub,
Sharh qilg‘on jazirag‘a keturub,
Chiqorib shohni o‘lum holi,
Kemani moldin qilib xoli.
Shoh jismig‘a za’f
6
topib yo‘l,
Fahm qilmayki, ne kishidur ul.
Shahni bir pardag‘a nihon qildi,
O‘zga zindon sori ravon qildi.
Har zamon shoh ichinda jondin vahm,
Kimsa lekin ul ishni qilmay fahm.
Yana ul elni soldi kema aro,
Bo‘ldi bu nav’ alarg‘a nuktasaro
7
.
Ki: «Kerak bo‘lsa sizga jon, ketingiz!
Qaydakim ko‘nglungiz tilar, yetingiz!
1
O‘ldi talaf – nоbud bo‘ldi, talafot ko‘rdi.
2
Nahib – qo‘rqinch.
3
Оseb – zarar, ziyon, оfat.
4
Mafhum – tushuncha, xabar, so‘z.
5
Ilayi – оldi.
6
Za’f – kasallik.
7
Nuktasarо – so‘zlоvchi.
211
Bu navohida
1
anglasam sizni,
Qo‘ymog‘umdir tirik biringizni!»
Kettilar boshlarini olib bu guruh,
Ko‘z aro ashk-u jon aro anduh.
Shoh Navdar sipohi ham bori,
Bildilarkim, ne ish erur tori
2
.
Roy ko‘p urdilar tuzub mahfi l
3
,
Shahsiz o‘lsa sipah, yo‘q hosil.
Topmoyin g‘ayri qaytmoq chora,
Buzulub
4
yondilar bayakbora.
Jobiri rohzan bo‘lub fi ro‘z
5
,
Tun-u kun bog‘i ichra bazmafro‘z
6
.
Mehr yodi bila ichib sog‘ar
7
,
Sola olmay vale yuziga nazar.
Boqa olmay anga murodi bila,
Qon yutub, yo‘qki boda
8
, yodi bila...
Do'stlaringiz bilan baham: |