1. Asardagi: «Sayd yetgach ko‘zini asrar edi, Ko‘rmayin
deb o‘zini asrar edi» tasviri kim va nima to‘g‘risida?
2. Dostonda shoh Navdarning holati: «Keynicha ixtiyor-
siz chopti, O‘q otarg‘a qarorsiz chopti» yo‘sinida aks
ettirilgan o‘rinlarga qarab, uning tabiatiga хos sifatlarni
tavsifl ab be ring.
3. Asarda ov manzarasi g‘oyat jonli va haqqoniy aks ettiril-
gan: «Sayd jangal ichini qildi talosh, Yo‘li ham tor edi-
yu, ham chirmosh. G‘ayr oning so‘ngicha chopmas edi,
O‘q otarg‘a majol topmas edi» misralariga qarab buyuk
shoir ning tasvir mahoratiga munosabat bildiring.
4. Shoirning «Shohni derlar sipoh birlan shoh, Shoh emas-
dur yo‘q ersa anda sipoh» misralari kimga nisbatan aytil-
gan? Baytni u bilan aloqador voqeaga bog‘liq holda izoh-
lang.
5. Avval Mehr, keyinchalik shoh Nu’monning to‘fon tufayli
bandi bo‘lib qolishiga kim aybdor? Yoki bu taqdir huk-
mimi?
6. Tutqunlarning ozod bo‘lishida kimning хizmati ko‘proq
deb o‘ylaysiz? Mehrningmi yoki Suhaylning?
Do'stlaringiz bilan baham: |