67
O’zbekistonning iqlim sharoiti issiqxona va parniklarda sabzavot yetishtirish
uchun qulay. Qish oylarining nisbatan iliq bo’lishi mamlakatimizda yil bo’yi
sabzavot yetishtirish imkonini beradi. Ayniqsa janubiy hududlardagi issiqxonalar
tannarxi shimoliy hududlarga nisbatan 27-31 foiz arzonga tushadi.
Qishloq xo’jaligi soxasidagi muhim muammolardan biri bu yuqori sifatli
ko’chat yetishtirishdan iborat. Shu kungacha ko’chat yetishtirish uchun chuqur
qilib ishlanib, go’ng bilan qizdirilgan parniklardan foydalanib kelingan. Bu esa
moddiy jihatdan qimmatga tushadi.
Issiqxona sabzavotchiligi o’ziga xos soxa bo’lib, u kishidan chuqur va puxta
bilim, tajriba talab qiladi. Texnologik jarayonlar diqqat bilan kuzatib turilmas
ekan, yuqori hosil olishga erishib bo’lmaydi.
Respublikamiz sharoitida
issiqxonalarda sabzavot yetishtirish ishlari iyun oyining ikkinchi yarmi va iyul
oyining boshlarida tugallanadi. Issiqxonalarni eng avvalo dezinfeksiya qilishdan
iborat. Bu ish ikki marta amalga oshiriladi: birinchisi, issiqxonani begona o’t-
o’lanlar va ularni egallab yotgan zararkunandalardan tozalash, ikkinchisi esa
issiqxonadan ko’chatlar yeg’ib olingandan keyino’tkaziladi.
Issiqxona ekinlar-issiqxonalarda o’stiriladigan o’simliklar. Issiqxona
o’simliklariga asosan, pomidor, bodring,
qisman limon, gullar, barra piyoz,
rediska, ko’kat sabzavotlardan ukrop, salat, petrushka, shuningdek, shampinyon
zamburug’i, ovqatga yangiligida ishlatiladigan ziravorlar,
salatlar va manzarali
o’simliklar kiradi.
Agrotexnik tadbirlari o’simliklarni asrab, rivojini ta’minlovchi muhim omil.
Ular butun vegetatsiya davrida ko’chatning chuqur ekilmasligi, oziqlar tanqis
bo’lmasligi, yaxshi yoritish, vaqtida sug’orish kabilardan iborat. Shuningdek,
issiqxona harorati va havosi namligi meyorida bo’lishi lozim. Aksincha noqulay
sharoitda o’simliklarda turli kasallik alomatlari paydo bo’ladi.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda insektisid hamda
fungisidlardan keng foydalaniladi.
Hasharot yoki kasallik jiddiy zarar yetkazgan o’simlik
ularni tarqatuvchi
manbaga aylanadi. Shuning ichun zararlangan o’simlikni olib chiqib yoqib
yuborish lozim.
Issiqxonalarda ekiladigan sabzavot ekinlarining zararkunandalari qatorida
o’simlik shiralari bodring, pomidor va boshqa sabzavot ekinlariga (12-76 % gacha)
tushadi.
Gall nematodasi. Urg’ochi gall nematodalari serpusht bo’ladi. Tuxumdan
chiqqan lichinkalar ildizlarda yashaydi yoki tuproqda tarqaladi. Lichinkalar
o’simlik shirasi bilan oziqlanib, ildizlarda har xil kattalikda gallsimon
kengaymalarni hosil qiladi.
68
Soqolli uzunburun qurtlari. Ular oppoq tusda och jigarrang boshi sal egilgan,
uzunligi 10-12 mm. Bu qurtlar zararlangan o’simlik tuvakdan sug’urilsa, ko’plab
ildizi egilgan bo’ladi. Mazkur o’simlik o’rniga boshqasini
ekishda tuproqning
yarmi almashtirilib, xlorpirifos yoki naftalin qo’shiladi.
Barglarni burushtiruvchi qurtlar. Uning uzunligi 2 sm boshi jigarrang, tanasi
och yashil tusda bo’ladi. Issiqxonalarda yil davomida uchraydi. Mazkur
zararkunandani burglar naysimon o’ralib, o’rgimchak to’ri tortilganidan bilish
mumkin. Qurtlar barg ichida joylashadi va uni yeya boshlaydi. Buklangan burglar
yulib olinib yo’q qilinishi zarur. O’simlik qattiq zararlangan bo’lsa, xlorpirifos
sepiladi. Issiqxonada boshqa qurtlar ham uchrashi mumkin. Ularni ko’rish qiyin,
chunki tunda jonlanib, o’simlikning bargi, g’unchasi va gulini yeydi. Ularga ham
xlorpirifos sepiladi.
Chivin-stiaridlar. Uning paydo bo’lganini tuvak tuprog’i ustida tez
o’rmalayotgan yoki uchayotgan mayda qora pashshalardan bilish mumkin. U
ingichka boshi qora, uzunligi 6 mm chivin lichinkalari tuproqda yashaydi va
asosan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ammo ba’zan ko’chat
ildiziga zarar
yetkazadi. Ko’pincha yaxshi o’sayotgan ko’chat ildiziga kirib olib, uning
chirishiga sabab bo’ladi. Pashshalardan o’simlikka piretroid, lichinkalardan
tuproqqa bazudin eritmasi sepib qutulish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: