Foydalanilgan adabiyotlar
1.
B.Go’zler, T.Go’zler, I.E.Mete, A.J.Freyer, H.Guinaudeau and
M.Shamma; Tetrahedron, 43,1765 (1987)
2.
Флора CССР. Т-7.с.596-598. Род555.
3.
Юнусов С.Ю. Алкалоиды. Ташкент. ФАН. 1981.
4.
Открытый онлайн атлас-определитель растений и лишайников
России исопредельных стран.2007-2019.
http://www.plantarium.ru/page/view/item/32091.htmi
IDISH YUVISH VOSITALARINING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI
G.S. Rozimamatova - Kimyo kafedrasi katta o’qituvchi,
O.A. Adxamova – talaba.
Аndijon dalat universiteti
Ushbu maqolada idish yuvish vositalari
va uning inson salomatligiga ta’siri
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
idish yuvish vositasi, ko’pik, suyuq sovun, dezinfeksiya, yuza
faol moddalar, kation, amfoter, neionogen.
В данной статье представлена информация посудомоечных средствах
и ее влиянии на здоровье человека.
Ключевые слова:
средство для мытья посуды, пена, жидкое мыло,
дезинфицирующее средство, поверхностно-активное вещество, катион,
амфотер, нейоноген.
This article provides information about the role of the dishwasher industry
and its impact on human health.
Key words
: dishwashing liquid, foam, liquid soap, disinfectant, surfactant, cation,
amphotere, neyonogen.
Kimyoviy idish yuvish vositalari fan-texnika taraqqiyoti mahsuli. Biz o‘z
hayotimizni yengillashtirishga harakat qilamiz. Bunga esa har kuni ommaviy
axborot vositalari tomonidan reklama qilinayotgan, “Bir tomchisi — sizning
barcha muammolaringizni hal qilishga qodir” kimyoviy idish yuvish vositalarini
xarid qilishga shoshilamiz. Bugun har bir ayol o‘z oshxonasini zamonaviy idish
yuvish vositalarisiz tasavvur qila olmaydi. Idish yuvish vositasi har bir uyda bor.
Uni ishlatmasdan, gaz plitalari, qoshiqlar, krujkalar va boshqa bir qator kundalik
oshxona buyumlarini sifatli yuvish deyarli mumkin emas. Salbiy tomoni shundaki,
ushbu tozalovchi mahsulotlarning hammasi ham inson salomatligi uchun xavfsiz
emas. [1;16-b, 3; 54-b].
Ular idish yuvish davomida teri bilan aloqa bo’ladi va sovun ko'piklari
shaklida qoldiqlari idishlarda qoladi. Bunday salbiy oqibatlarga yo'l qo'ymaslik
65
uchun chindan ham xavfsiz vositalarni tanlash kerak. Bir-ikki tomchi dastmolga
tomizilgan kimyoviy vosita har qanday yog‘liqlik darajasi mavjud idishni top-toza
qiladi. Ammo uning qay darajada o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘iga ta’sir qilishi
haqida kamdan-kam ayollar o‘ylab ko‘radi. Ko‘pchilik idish yuvish vositalari bilan
yuvilgan idish-tovoqni ko’p marotaba issiq suvda chayqash zarurligini
bilishmaydi. .[1;48-b,4; 12-b]
Aksariyat holatda vosita tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar idish
yuzasida qolib, ovqat bilan inson organizmiga tushadi va bir qancha og‘ir
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan vositalar
kimyogarlar tilida, yuzaning faol moddalari (YuFM) deb atalib, ular kationli
(KYuFM), anionli (AYuFM), amfoterli (AmfYuFM), neionogenli (NYuFM) larga
bo‘linadi. Ushbu kimyoviy birikmalarni idish yuzasidan yuvib tushirish ancha
qiyin. Avvalo, idish yuvish geli bilan yuvilganda suv tomchilarida erigan YuFM
bo‘ladi. Suv qurigach, mazkur moddalar idish yuzasini qoplaydi. Biz idishga issiq
ovqat solganimizda, aynan YuFM ovqatimizga qo‘shiladi va yemak bilan
birgalikda organizmimizga kiradi. Har bir oila a’zosi bir yilda 200 grammgacha
kimyoviy yuvish vositalarini «yeydi»! 70 foiz allergik va boshqa kasalliklar aynan
oshxonamizda kimyoviy idish yuvish vositalaridan foydalanish natijasi ekanligini
bilmaymiz. .[2;281-288b, 3; 64-b]
Rossiya Federatsiyasining iste’molchilar huquqlari va inson farovonligini
himoya qilish sohasini nazorat qilish federal xizmati xorijda va mamlakatda ishlab
chiqariladigan mashhur brendga ega Henkel, Procter&Gamble, Colgate-Palmolive,
Werner&Mertz GmbH, The Clorox Company kompaniyalarining kimyoviy yuvish
vositalari sotilishini taqiqladi. Idish yuvish vositalari ichida mazkur taqiqqa idish
yuvish vositasi Fairy Platinum tushdi. Tashkilot mutaxassislarining qayd
etishlaricha, ularning tarkibidagi mavjud modda inson hayoti uchun xavflidir.
.[3;81-84b]
Dunyoning bir qator mamlakatlarida 2010 yilda qabul qilingan texnik
reglamentga muvofiq, yuvish vositalari tarkibini to‘liq sanab o‘tish shart emasligi
belgilandi. Bundan samarali foydalangan ishlab chiqaruvchilar, aksariyat
holatlarda, eng toksik va zaharli moddalarni “unutib” qoldira boshlandi. Shu
sababli albatta, sotib olgan yuvish vositasining tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqing.
Uning tarkibida nimalar bor? Mavjud faol moddalar yumshoqmi yoki qattiq?
Albatta yumshog‘ini sotib olish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, idish
yuvayotganingizda gelni qancha kam ishlatsangiz, shuncha sog‘lig‘ingiz uchun
foyda. Idish yuvish vositalari ustiga yozilgan “Glitserinli”, “Teringizni himoya
qiladi” degan so‘zlarga ishonmang, bu unchalik ham to’g’ri emas. Bu reklama
qarmog‘i. Albatta, idishni rezina qo‘lqoplarda yuvib, so‘ng terini yumshatuvchi
krem surishni unutmang. Mahsulotni sotib olayotganda nafaqat ishlab chiqaruvchi
66
tomonidan ko'rsatilgan ma'lumotlarga, balki idish yuvish vositasining ham tarkibni
diqqat bilan o'rganishga e'tibor qaratish lozim. Bu odamlar yoki atrof-muhit uchun
zararli bo’igan tarkibiy qismlar, ya’ni sirt faol moddalar miqdori 5% dan
oshmasligi kerak. O‘ylab ko‘ring-chi, bir tomchisi har qanday yog‘ni
parchalaydigan gellar, sizning organizmingiz ichiga kirgach, nahotki, jim tursa?
Ichki a’zolaringizga, farzandlaringiz, yaqinlaringiz sog‘lig‘iga zarar yetkazmasa?
.[2; 210-b, 3; 48-b].
Bugungi kunda, ilm-fan qanchalik yuksak cho’qqilarni zabd etgan
bo’lmasin, bir chayqashda yuz foiz idish yuzasidan ketadigan idish yuvish
vositalari sotuvda yo‘q. Demak, har gal idish yuvish vositasini sotib olar ekansiz,
uning necha foizi sizni sog’ligingizni, qanchasi esa atrof-muhitni zaharlashini yana
bir o‘ylab ko‘ring.[1;108-b, 4; 70-b].
Do'stlaringiz bilan baham: |