Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida o’tkazgan tadbir bayonnomasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#736631
Bog'liq
tadbir



BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti Milliy g`oya, ma`naviyat 
asoslari va huquq ta`limi IV kurs amaliyotchi talabasi Murodov 
Jahongirning Buxoro tumani XTB ga qarashli 14-umumta’lim maktabida 
10-sinf o`quvchilari ishtirokida “
Erta turmush qurishning salbiy 
oqibatlari”
 
mavzusida o’tkazgan tadbir 
BAYONNOMASI.
 
Sana: 13.05.2022 yil
Buxoro tuman 14-maktab 
Qatnashdilar: 
O'IBDO' Xayriyeva T.I, 
MMIBDO` Oltiyeva R, Ijodiy madaniy 
masalalar bo'yicha targ’ibotchi Abdullayeva N, 
14-maktab psixologi Sobirov A, Tarix fani 
o'qituvchilari Choriyev U va Yusupov B hamda 
10-sinf o`quvchilari.
 
KUN TARTIBI:
1. O`quvchilar orasida “Erta oila qurishning salbiy oqibatlari” bo`yicha 
tadbirni o`quvchilarga tushuntirish. 
2. Shu masalalar bo`yicha boshqa masalalar. 

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”
 
mavzusidagi tadbirni 
O'IBDO' Xayriyeva T.I ochib berdi. U o`z so`zida “
Oila qurish 
masalalari muammolari, Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari 
haqida gapirdi. Jumladan: Y
osh qizlarning ham erta (16-17 yoshda) 
turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy 
holatlarga olib kelmoqda. 
Birirnchidan, milliy udumga ko'ra, ko'pincha kelinlarning oiladagi 
mavqei past darajaga ega bo'ladi va ular ko'proq har xil oilaviy ishlarni 
bajaradilar. 


Tabiiyki 16-17 yoshli qizning jismi hali bunday og'ir ishlarni bajarishga 
tayyor bo'lmaydi. 
Ikkinchidan, qizlar bu yoshda ma'naviy jihatdan ham oila 
munosabatlariga tayyor bo'lmaydi. 
Uchinchidan, yosh turmushga chiqqan kelinlarning shu yoshda 
homilador bo'lishi tos suyaklari kichkina bo'lganligi uchun xavflidir” – 
degan fikrlarni aytdi. 
Shundan so`ng, maruzachi Murodov Jahongir so`z boshlab “
XXI asr 
axborot va ommaviy madaniyat xuruji asri hisoblanadi. Har qaysi millat, 
davlat borki o‘z yoshlarini milliy ma’naviyatini mustahkamlash, ommaviy 
madaniyat 
xurujidan 
asrab-avaylash 
bilan 
bir 
qatorda, 
oila 
mustahkamligini ta’minlash, yoshlarni barkamol o‘sib-ulg‘ayishiga shart-
sharoit yaratish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi. 
So‘nggi paytlarda oila degan muqaddas koshonaga befarq, farzandlar 
kelajagiga loqayd insonlar ko‘payib bormoqda. Jamiyat benuqson 
bo‘lmaydi, albatta. Lekin, ota-onalarimizi ulg‘ayib ulgurmagan 
farzandlariga ulkan orzular bilan qarashi noto‘g‘ri bo‘lmayaptimikan. 
Axir, bog‘bon yosh ko‘chatdan meva kutmaydi, meva solishga harakat 
qilsa gulini birinchi yili to‘kib tashlash uchun tegishli choralar ko‘radi. 
Chunki, har bir daraxtidan uzoq yillar mo‘l hosil olishni xohlaydi. Bizi 
ayrim ota-onalarimiz jamiyatga sog‘lom va barkamol farzandlar 
kerakligini tushunib yetishmayapti, afsus... 


Tajribam davomida guvohi bo‘ldimki, o‘tib borayotgan joriy yil “Xalq 
bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ni boshi yanvar oylarida 
kunlarning birida Namangan shahrilik F. ismli ayol nega kelin olishimga 
to‘sqinlik qilyapsan, quda-andani ovora qilib yosh oila quruvchilar 
suhbatiga chaqiribsan, kim berdi bu vakolatni senga, bola meniki qachon 
xohlasam shunda, kimi xohlasam o‘shani kelin qilaman sen aralashma
portalga ustindan huquqlarimizi buzyapti deb yozaman dedi-da, po‘pisa 
qila ketdi.
Og‘ir bosiqlik bilan, onaxon, sizi yaqindan taniyman kelin-kuyov 
to‘g‘ri voyaga etgan, ularni huquqlarini poymol qilmoqchi emasman, 
faqatgina bir narsaga e’tibor qaratmoqchiman. Kelin hali kollejni uchinchi 
bosqichida o‘qirkan, o‘g‘lingiz ham endi voyaga yetibdi. Faqatgina, sizga 
sog‘lom nevaralar tizzangizda buvijon deb o‘tirsin deyapman. Shunga, 
jamoatchilik fikrini olish uchun yosh oila quruvchilar suhbatiga 
chaqirgandim, deb tushuntirsam ham quloq solmay butun idorani ayu-
xannos solib boshiga ko‘tardi. Na mahalla raisi, na FHDYO bo‘limi 
mudirasini gapiga quloq solindi. Natijada, ikki yoshning to‘yi qarindosh-
urug‘lar ishtirokida shaharning eng nomdor to‘yxonasida o‘tkazildi. 
Oylar o‘tdi, kelinning oy kuni yaqinlashib borgani sari turli xil 
kasalliklar bilan kasalxonadan chiqmadi, yetti oy deganda ko‘zi yorib, 
nuqsonini bartaraf etib bo‘lmaydigan norasida go‘dak tug‘ildi... 


Tug‘ruqxonadan olib chiqish uchun, na kuyov na qaynona keldi. Nima 
emish, bizga kasalvand bola kerak emas. 
Xullasi, huquqini yaxshi biladigan qaynona va kuyov yana FHDYO 
idorasiga kelib, endi ajrashtir deb idorani boshiga ko‘tarishdi. Men nima 
deyishimi va qanday nafratlanayotganligimni tushuntirish uchun tilim 
aylanmay qolgandi. 
Muxtasar aytganda, sha’riy nikohdan ajralishgacha, erta turmush va 
erta tug‘ishdan, qarindosh-urug‘ quda-andachiligi kabi salbiy illatlarni 
jamiyatimizdan ildizigacha birdamlik bilan chiqarib yubormas ekanmiz, 
mamlakatimiz rivoji uchun harakat qilishi lozim bo‘lgan yosh avlodni 
tarbiyalashni barbod qilamiz” - degan fikrlarni aytib o`tdi. 
14-maktab MMIB
direktor o`rinbosari Oltiyeva R
 
14-maktab psixologi Sobirov A
 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish