BuxDU Tarix va madaniy meros fakulteti Milliy g`oya, ma`naviyat
asoslari va huquq ta`limi IV kurs amaliyotchi talabasi Murodov
Jahongirning Buxoro tumani XTB ga qarashli 14-umumta’lim maktabida
10-sinf o`quvchilari ishtirokida “
Erta turmush qurishning salbiy
oqibatlari”
mavzusida o’tkazgan tadbir
BAYONNOMASI.
Sana: 13.05.2022 yil
Buxoro tuman 14-maktab
Qatnashdilar:
O'IBDO' Xayriyeva T.I,
MMIBDO` Oltiyeva R, Ijodiy madaniy
masalalar bo'yicha targ’ibotchi Abdullayeva N,
14-maktab psixologi Sobirov A, Tarix fani
o'qituvchilari Choriyev U va Yusupov B hamda
10-sinf o`quvchilari.
KUN TARTIBI:
1. O`quvchilar orasida “Erta oila qurishning salbiy oqibatlari” bo`yicha
tadbirni o`quvchilarga tushuntirish.
2. Shu masalalar bo`yicha boshqa masalalar.
“
Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”
mavzusidagi tadbirni
O'IBDO' Xayriyeva T.I ochib berdi. U o`z so`zida “
Oila qurish
masalalari muammolari, Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari
haqida gapirdi. Jumladan: Y
osh qizlarning ham erta (16-17 yoshda)
turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy
holatlarga olib kelmoqda.
Birirnchidan, milliy udumga ko'ra, ko'pincha kelinlarning oiladagi
mavqei past darajaga ega bo'ladi va ular ko'proq har xil oilaviy ishlarni
bajaradilar.
Tabiiyki 16-17 yoshli qizning jismi hali bunday og'ir ishlarni bajarishga
tayyor bo'lmaydi.
Ikkinchidan, qizlar bu yoshda ma'naviy jihatdan ham oila
munosabatlariga tayyor bo'lmaydi.
Uchinchidan, yosh turmushga chiqqan kelinlarning shu yoshda
homilador bo'lishi tos suyaklari kichkina bo'lganligi uchun xavflidir” –
degan fikrlarni aytdi.
Shundan so`ng, maruzachi Murodov Jahongir so`z boshlab “
XXI asr
axborot va ommaviy madaniyat xuruji asri hisoblanadi. Har qaysi millat,
davlat borki o‘z yoshlarini milliy ma’naviyatini mustahkamlash, ommaviy
madaniyat
xurujidan
asrab-avaylash
bilan
bir
qatorda,
oila
mustahkamligini ta’minlash, yoshlarni barkamol o‘sib-ulg‘ayishiga shart-
sharoit yaratish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.
So‘nggi paytlarda oila degan muqaddas koshonaga befarq, farzandlar
kelajagiga loqayd insonlar ko‘payib bormoqda. Jamiyat benuqson
bo‘lmaydi, albatta. Lekin, ota-onalarimizi ulg‘ayib ulgurmagan
farzandlariga ulkan orzular bilan qarashi noto‘g‘ri bo‘lmayaptimikan.
Axir, bog‘bon yosh ko‘chatdan meva kutmaydi, meva solishga harakat
qilsa gulini birinchi yili to‘kib tashlash uchun tegishli choralar ko‘radi.
Chunki, har bir daraxtidan uzoq yillar mo‘l hosil olishni xohlaydi. Bizi
ayrim ota-onalarimiz jamiyatga sog‘lom va barkamol farzandlar
kerakligini tushunib yetishmayapti, afsus...
Tajribam davomida guvohi bo‘ldimki, o‘tib borayotgan joriy yil “Xalq
bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ni boshi yanvar oylarida
kunlarning birida Namangan shahrilik F. ismli ayol nega kelin olishimga
to‘sqinlik qilyapsan, quda-andani ovora qilib yosh oila quruvchilar
suhbatiga chaqiribsan, kim berdi bu vakolatni senga, bola meniki qachon
xohlasam shunda, kimi xohlasam o‘shani kelin qilaman sen aralashma,
portalga ustindan huquqlarimizi buzyapti deb yozaman dedi-da, po‘pisa
qila ketdi.
Og‘ir bosiqlik bilan, onaxon, sizi yaqindan taniyman kelin-kuyov
to‘g‘ri voyaga etgan, ularni huquqlarini poymol qilmoqchi emasman,
faqatgina bir narsaga e’tibor qaratmoqchiman. Kelin hali kollejni uchinchi
bosqichida o‘qirkan, o‘g‘lingiz ham endi voyaga yetibdi. Faqatgina, sizga
sog‘lom nevaralar tizzangizda buvijon deb o‘tirsin deyapman. Shunga,
jamoatchilik fikrini olish uchun yosh oila quruvchilar suhbatiga
chaqirgandim, deb tushuntirsam ham quloq solmay butun idorani ayu-
xannos solib boshiga ko‘tardi. Na mahalla raisi, na FHDYO bo‘limi
mudirasini gapiga quloq solindi. Natijada, ikki yoshning to‘yi qarindosh-
urug‘lar ishtirokida shaharning eng nomdor to‘yxonasida o‘tkazildi.
Oylar o‘tdi, kelinning oy kuni yaqinlashib borgani sari turli xil
kasalliklar bilan kasalxonadan chiqmadi, yetti oy deganda ko‘zi yorib,
nuqsonini bartaraf etib bo‘lmaydigan norasida go‘dak tug‘ildi...
Tug‘ruqxonadan olib chiqish uchun, na kuyov na qaynona keldi. Nima
emish, bizga kasalvand bola kerak emas.
Xullasi, huquqini yaxshi biladigan qaynona va kuyov yana FHDYO
idorasiga kelib, endi ajrashtir deb idorani boshiga ko‘tarishdi. Men nima
deyishimi va qanday nafratlanayotganligimni tushuntirish uchun tilim
aylanmay qolgandi.
Muxtasar aytganda, sha’riy nikohdan ajralishgacha, erta turmush va
erta tug‘ishdan, qarindosh-urug‘ quda-andachiligi kabi salbiy illatlarni
jamiyatimizdan ildizigacha birdamlik bilan chiqarib yubormas ekanmiz,
mamlakatimiz rivoji uchun harakat qilishi lozim bo‘lgan yosh avlodni
tarbiyalashni barbod qilamiz” - degan fikrlarni aytib o`tdi.
14-maktab MMIB
direktor o`rinbosari Oltiyeva R
14-maktab psixologi Sobirov A
Do'stlaringiz bilan baham: |