O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Fetishizm
– moddiy predmetlardagi g’ayritabiiy xususiyatlarga ishonish, 
jonsiz narsalarga sig’inishdir. Ibtidoiy odamning ongida har xil moddiy 
buyumlarning tosh, daraxt, o’simlik keyinchalik turli xayvonlarning suyagi, pati, 
tumor, sanam va boshchalarda g’ayri tabiiy kuchlar bor, degan xayoliy tasavvurlar 
paydo bo`lgan. 
Shomonizm
– ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilish davrida paydo bo`lgan 
qadimgi diniy e`tiqodlardan biri. Shomonizm – bu kishilar orasida go’yo turli 
ruhlar bilan munosabatda bo’ladigan ruxoniylarning qobiliyatiga ishonishdir. 
Kishilarning tasavvuricha go’yo ruxlar shomonlarga xizmat qiladi, uning turli 
topshiriqlarini bajaradi, xatto shomon yovuz ruxlar bilan jang ham qila oladi, deb 
xisoblaganlar. 
San`at ham kishilik jamiyatining ilk bosqichlari ibtidoiy odamning tabiat 
xodisalariga bo`lgan munosabatlari natijasida paydo bo`lgan ma`naviy 
madaniyatning asosiy elementlaridan biridir. San`at odamning estetik sezgisi, 
uning ma`naviy rivojlanishi jarayonida, tabiatga xos bo`lgan takomillikdan, 
go’zallik va oxangdorlikdan ta`sirlanish, odam o’z mexnati bilan yaratgan 
narsalarda tabiatning sifatlarini ko`rsata boshlaganida va o`z sezgisi hamda fikrlari 
hayotning turli xil voqealarini ifodalay boshlagan davrlarda vujudga kelgan. 
Ibtidoiy san`at va uning barcha turlarining umumiy manbai mehnatdir, 
odamning mehnat faoliyatidir. Ibtidoiy san`at va uning barcha turlari o'z moxiyati, 
mazmuni bo’yicha odamning mehnat
faoliyati bilan bog’liq bo`lgan sezgisi, 
kayfiyati va fikrlarini ifodalash shaklidan boshcha narsa emas. 


24 
Orn’yak – salyutr bosqichiga kelib, tasviriy san`at vujudga kela boshlagan. 
Toshga, suyakka juda sodda ko’rinishdagi suratlar tasviri tushirila boshlagan. Agar 
usha davrda ibtidoiy odamlar tomonidan ishlangan suratlarga nazar tashlansa, 
ko’proq hayvonlar va noaniq aks ettirilgan insonlar tasvirini ko’ramiz, Madlen 
bosqichiga kelgach tasviriy san`at asarlari bir muncha mukammallasha borgan. 
Neolit davri tasviriy san`ati asosan turli xil shakllarga boy bo`lgan manzarali 
tasvir yo’li bilan rivojlanadi. Bu davrga kelib, odamga xizmat qiluvchi, hatto 
kundalik turmushda ishlatiladigan oddiy buyumlarni, chunonchi, loydan ishlangan 
idishlarni ham bo’yashga harakat qilishgan. Kiyimlar, uy jihozlari, qurollarga ham 
turli xil, ba`zan juda chiroyli naqshlar solingan. 
Musiqa san`ati mehnat jarayonida paydo bo`lgan. Ashula ham ish vaqtida 
chiqadigan ovozlardan va odamning harakatdagi ritmlik bilan chambarchas bog’liq 
holda paydo bo`lgan, ya`ni ashula dastlab ritmga solingan nuqtadan iborat bo`lgan. 
Uning eng dastlabki sodda shakli regitativ ko`rinish kasb etgan. Demak, ibtidoiy 
qo`shiqdagi asosiy narsa ritmdir, shuning uchun ham sodda qo`shiqlarning so`zlari 
ko`pincha ayrim tovush va so’zlarni qayta-qayta takrorlashdan iboratdir. Kuy esa 
birmuncha keyinroq paydo bo’lgan. Ibtidoiy davrda cholg’u asboblari unchalik 
rivojlanmagan, eng qadimgi musiqa asboblarining barcha turlari – urib 
chalinadigan, puflab chalinadigan, keyinchalik simlik (kamon yoyining 
tebranishiga asoslangan xolda paydo bo`lgan) musiqa asboblari vaqtlar o`tishi 
natijasida vujudga kela borgan. Raqs san`atining paydo bo`lishi, ham o’ziga xos 
xususiyatga ega. Sodda raqs faqat gimnastika harakteriga ega ekanligiga hech 
shubha yo’q. Ovga yoki boshqa bir qabila ustiga yurish oldidan tushiladigan 
raqslar jismoniy tarbiya va mashq yoki o`ziga xos ichki junbushga kelish yo 
bo`lmasa qo`zg’alish harakteriga ega bo`lgan. Shuningdek ibtidoiy raqslar 
afsungarlik va totemistik tasavvurlar bilan ham bog’liq bo`lgan. Raqs tushganda 
ashula yoki musiqa chalinadi. Ko`p qabilalarning tilida ashula va raqs bir so`z 
bilan ifodalanadi. Madlen davriga oid bo`lgan suratlarda raqs kiyimi kiygan va 
raqs tushib turgan odamlarning tasvirlari uchrab turadi. Demak, raqs yuqori 
paleolit davridayoq vujudga kelgan. 


25 
Sodda raqsdan san`atning yana bir turi-drama kelib chiqishi haqiqatdan ham, 
qoloq qabilalarning raqslari ko`pincha chinakam tasviriy mazmunga ega va 
pantomima – so’zsiz dramma san`atining ilk shakllarini ifodalaydi. Ko’pgina 
xalqlarda ekishdan tortib to yig’im-terimgacha bo`lgan butun dehqonchilik 
jarayonini ifodalovchi ashulalarga cholg’u asboblari jo`r bo`ladi. Shu bilan birga 
raqs tushilib, o`sha jarayonlar dramatik ravishda ifodalanadi. 
Ibtidoiy davrda og’zaki ijodi-folklor (inglizcha, fol’k-xalq, lore - ijodiyot 
so`zidan olingan) keng rivojlangan. Uning eng dastlabki turi o’tmish haqidagi 
rivoyatlar hisoblangan. Ertak alohida rivojlangan bo`lsa, doston, topishmoq 
maqollar bir muncha keyinroq-inson miyasining keyingi taraqqiyoti mahsulidir. 
Xulosa qilib aytganda, ma`naviy madaniyatning turli-tuman elementlari 
kishilik jamiyati moddiy hayotining taraqqiyotiga bevosita bog’liq bo`lib, ishlab 
chiqarish kuchlarining rivoji va tabiat hodisalariga bo`lgan munosabatlarning 
chuqurlashuviga bevosita bog’liq bo`lgan. Kishilarning moddiy ehtiyojining 
oshishi natijasida mehnat unumdorligini oshirishga bo`lgan intilish hamda shu 
paytgacha jumboq bo`lib turgan tabiat hodisalarining asl mohiyatini ochishga 
bo`lgan urinishlar ma`naviy madaniyati tashkil etuvchi turli xil elementlarning 
vujudga kelishiga sabab bo`lgan. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish