O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Qadimgi Eron madaniyati
. Behistun qoyasiga o`yib yozilgan yozuvlar, 
Doro I ning yozuvlari va Naqshi Rustam hamda Bobil va Misr yozuvlari, qadimgi 
Eron xalqlari tarixi va madaniyati to`g’risida birmuncha tasavvur hosil qilishga 
yordam beradi. Aslida Eron hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar XIX 
asrning o`rtalarida boshlangan bo`lsa-da, asosiy ilmiy tekshirish ishlari XX asrda 
o`tkazilgan Eronning qadimgi poytaxti Persepolda olib borilgan arxeologik 
qazishmalar 
qadimgi 
Eron 
xalqlarining 
arxitekturasi, 
tasviriy 
san`ati, 
xunarmandchiligi to`g’risida bir qator qimmatli ma`lumotlarni bergan. 
Suza shahrida olib borilgan qazishmalar esa qadimgi Eronda toshdan 
buyumlar yasash, kulolchilik va to`quvchilik yuksak darajada rivojlanganligini 
ko`rsatadi. Metallurgiya esa juda sekinlik bilan rivojlangan. Shu sababli uzoq 
vaqtgacha tosh qurollar asosiy mehnat quroli bo`lib qolgan. 
Qadimgi Eronda suv muqaddas hisoblangan. Shu sababli muqaddas 
Vorukash ko`li to`g’risidagi tasavvur suvga e`tiqod asosiy elementi hisoblangan. 
Suv ruhi Apam-Napatga e`tiqod qilish muqaddas «Avesto»da saqlanib qolgan. 
Shuningdek, qadimgi Eronliklar oliy xudo – Axuramazdaning o`g’li – olov – 
Atarga ham sig’inganlar, Olov xudosi marhamatli xudo hisoblangan va u uch 
boshli ajdaho Dahhokni yenggan. Shu bilan birga Qadimgi Quyosh xudosi Mitra, 
yer, suv va hosilidorlik ma`budasi Anaxitaga e`tiqod qilish ham qadimgi Eronliklar 
diniy qarashlarining markazida turgan. 
Qadimgi Eron madaniyati o`zining eng gullagan davrini er. avv. V asr 
boshlarida boshidan kechirgan. Bu davrda ko`plab hashamatli saroylar va 
maqbaralar qurilgan. Serjilo sopol idishlar yasalib, bo`rtma (rel`eflili) 
haykaltaroshlik devoriy suratlar yuzaga kelgan. 
Qadimgi Eron madaniyati qadimgi Sharq madaniyati ta`siri ostida 
rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida Axamoniylar davlatining 


37 
poytaxtlaridan Pasargad, Persepol’ va Suzadan ko`plab binolar – saroylar, 
ibodaxonalar, turar-joy binolari va boshqalarning qoldiqlari topilgan. 
Er. avv. VI-IV asrlarda Persepoldagi podshox saroyi ansambli o`z qurilish 
uslubi jihatidan qadimgi Osuriya me`morchiligi uslubini eslatadi. Shoh saroyi 
tepalik ustiga qurilgan bo`lib, unga bo`rtma suratlar solib bezatilgan keng 
zinapoyadan chiqib borilgan. Ulkan devorlarga shox saroyining qo`riqlovchi 
qanotli muqaddas ho`kizlarning haykallari ishlangan. Ayniqsa, saroydan topilgan 
shoh, shuningdek unga turli xil sovg’alar olib kelayotgan xiroj to`lovchilarning 
suratlari muayyan syujet asosida ishlanganligi bilan ajralib turadi. Sarsonga 17 
metrli to`rtta ustundan ishlangan darvoza orqali o`tib borilgan. Darvoza yo’n 
tomonlarda esa qanotli muqaddas xo`kizlar xaykali bo`lib ular odam boshli 
bo`lgan. Saroy ansambliga shox qabulxonasi, omborxona, yashash va ishlash 
uchun mo`ljallangan xonalar bo`lgan. Shox qabulxonasi o`zining ko`rkamligi va 
mahobatligi bilan ajralib turgan qabulxonaning maydonni 62,5x62,5 metr bo`lib, 
uch tomondan ikki qavatli ayvonlar bilan o`ralgan. Ayvon uchun o’ta engil va o`ta 
nafis ustunlar ishlatilgan. Ularning balandligi 13,6 metr bo`lgan. Ustunlarning 
yuqori kapitel (mukarnas)lari muqaddas ho`kizlar haykaliga o`xshatib ishlangan. 
Haykallarning yuzasi esa oltin plastinkalar bilan qoplangan. Saroy xonalari, 
devorlari va zinalarining yon tomonidagi yuzalarga bo`rtma (rel’efli) tasvirlar 
ishlangan. Bu tasvirlarni tushirishda qizil, yashil, ko`k ranglardan foydalanilgan. 
Bo`rtma tasvirlarda shoh faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy tasvirlarda 
shox hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan mavzular asosiy o`rinni egallagan. 
Saroyga boradigan zinaning yon tomoniga ishlangan bo`rtma tasvirlar-33 elat va 
urug’larning shoxga sovg’a-salom olib kelishi tasvirlangan. Ularning kiyimlari va 
etnik tuzilishi (tashqi qiyofasi) aniq detalllar bilan ko`rsatilgan. 
Xullas, Eron Axamoniylari davrida vujudga kelgan san`at asarlari O’rta 
Sharq xalqlari tarixida muxim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta Sharqda 
yashagan xalqlarning o`zaro madaniy aloqalar natijasida shakllangan va mazkur 
xalqlar san`ati ta`siri ostida rivojlangan. Masalan, Persepol’ va Suzadagi shox 
saroylarining qurilishida Sug’d, Baqtriya, Xorazm, Parfiya, Marg’iyonadan kelgan 


38 
ustalar va san`atkorlar shuningdek Axamoniylar davri san`ati va madaniyati 
atrofdagi boshqa mamlakatlar san`ati va madaniyati taraqqiyotiga ham sezilarli 
ta`sir qilgan. Qadimgi Eron madaniyati taraqqiyotidagi O`rta Osiyo xalqlari va 
qadimgi Sharqdagi boshqa ko`pgina xalqlar madaniy xayoti sezilarli ta`sir 
ko`rsatgan. Geradotning yozishicha, “Eronliklar boshqa xalqlarning urf-odatlarini 
boshqalardan ko`ra tezroq qabul qilgan”. Haqiqatdan xam Eroniylar tasviriy 
san`atiga chuqurroq nazar tashlansa Mesopotamiyaning ko`pgina xalqlari tasviriy 
san`atining ayrim tomonlarini qabul qilib o`ziga singdirganligini ko`rish mumkin. 
Masalan, podshohlarning xayoti, qaxramonliklarini tasvirlovchi, ko`pgina tasviriy 
san`at asarlari qadimgi Shumeriylarning podshosi qaxramoni deb xisoblangan 
Gilgamesh singari yovvoyi xayvonlar bilan kurashib ularni yengayotganday qilib 
tasvirlangan yoki oliy xudo Axuramazda ossuriyaliklarning bosh xudosi Ashshurga 
taqliddir. Quyosh gardishiga makon qurgandek tasvirlangan. Yana bir misol 
saroylarning pog’onali va zinapoyali qilib qurilishi, podshox saroyiga afsonaviy 
xayvonlarni qo`yilishi Mesopotamiya arxitekturasiga binolarni qurishda ustunli 
kallonnalardan foydalanishlari esa misrliklar arxitekturasiga mos bo`lgan. Lekin 
eronliklar boshqa xalqlar madaniyati elementlaridan ularni umumlashtirgan, qayta 
ishlangan va ijodiy yondoshgan xolda foydalanganlar, ya`ni bu elementlarning 
barchasini yagona monumental uslub asosida qayta ishlanganlar.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish