Ibtidoiy davr madaniy bosqichlari.
Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o`tmishidan iborat bo`lgan bosqichdir. Bu
davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan davr hisoblanib, ongli
12
mavjudot xisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan madaniyatning
shakllanish davridir. Agar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va
ma`naviy boyliklarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu boyliklarning yaratilishi
bundan million yillar ilgari yashab o`tgan qadim ajdodlarimiz tomonidan vujudga
keltirilganligining guvohi bo`lamiz. Chunki ibtidoiy davrda yaratilgan barcha
moddiy madaniyatning-mehnat qurollari, turar joylar, kiyim-kechaklar va
boshqalarning asosiy vazifasi hamda mohiyati hozirgi kunimizda ishlatilayotgan
barcha moddiy boyliklarimizda o`z ifodasini topgan yoki ma`naviy madaniyatning
barcha elementlarida-axloqiy, huquqiy, siyosiy, badiiy ongda, diniy e`tiqodlar va
turli xil urf-odatlar, marosimlar va an`analarda ijtimoiy xodisalar xisoblanuvchi
oilaviy munosabatlarda, til taraqqiyoti va boshqalarda, ibtidoiy davrda yashagan
ajdodlarimizning ruhi sezilib turadi. Shu boisdan hozirgi moddiy va ma`naviy
madaniyatimizning vujudga kelishi hamda mohiyati to`g’risida muayyan tasavvur
xosil qilish uchun ibtidoiy davr madaniyati, uning rivojlanish bosqichlari
masalasiga to’xtalib o`tish o`ta muhimdir.
Ibtidoiy odamlar yer yuzida yo`q bo`lib ketganlar. Biroq yerning yuqori
qatlamlarida qadim ajdodlarimiz faoliyatining moddiy qoldiqlari, uning ish
qurollari, yaroq-aslahalari, uylari, jixozlari, kiyimlari, tasviriy san`at asarlari,
topinish buyumlari va nihoyat yovvoyi hamda uy hayvonlarining suyaqlari birin-
ketin, qavatma-qavat bo`lib ko`milib saqlanib qolgan. Shu bilan birga qadim
ajdodlarimiz to`g’risida muayyan fikr yuritish uchun ulardan bizga meros bo`lib
kelgan, u yoki bu darajada saqlanib qolgan xalq og’zaki ijodining namunalari
manba vazifasini o`taydi.
Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha, bosqichlar yoki davrlarni
bosib o’tgan. Fanda asosan mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligiga
qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va temir asrlariga bo`lish odatga aylanib qolgan.
Masalan, Kopengagen (Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen
birinchi marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallarga qarab tosh, bronza
va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh asri qadimgi tosh-paleolit
(gr.palato qadimgi va litos-tosh) va yangi (gr. peo-yangi) asrlarga bo`lingan.
13
Davrlarga bo`lishning boshcha bir juda qadimgi sistemasi – bu ishlab
chiqarish faoliyati sohalariga ko`ra bo`lishdir. Bunda ibtidoiy davr ovchilik,
dehqonchilik va chorvachilik bosqichlariga bo`linadi. Kishi va kishilik
jamiyatining paydo bo`lishidan boshlangan va tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda
davri deb yuritiladigan davriga kelib odamning biologik rivojlanishi tugallanadi.
Biroq odam mana shu eng avvalgi davrdayoq o`zining hayvonot ajdodidan keskin
farq qiladi. Bu davrda ular birgalashib mehnat qila boshlaganlar, sodda mehnat
qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar. Ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi natijasida kishilarning bir muncha mustahkam birligi vujudga keldi. Bu
birlikka urug’ asos qilib olindi. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham
ma`naviy madaniyatini yaratish ma`lum bir sistemaga tusha boshladi. Mehnat
qurollari takomillashib, kishilar tasavvuri mahsuli hisoblanmish ustqurtma
elementlari yaratila boshlandi.
Ibtidoiy kishilar o’zini qurshab turgan tabiat kuchlarini necha-necha ming
yillar davomida o`rgandi. Bu davrda kishilarning ko`pdan-ko`p avlodlari
almashindi. Ibtidoiy kishilarning hayoti og’ir bo`lgan. Ular tomonidan yaratilgan
qadimgi madaniyat qanchalik sodda bo`lmasin, u texnika, xo`jalik ijtimoiy asosga
ega bo`lgan. Madaniy boyliklar yaratish oddiydan asta-sekin yuqori va murakkab
shakllarga o`ta borib bu madaniyat muntazam ravishda o`sib bordi. Eng sodda
qurollar yasash bilan inson o`zini yaratdi va o`zi bilan hayvon o`rtasiga chegara
qo`ydi. Bu esa insonning tabiat ustidan hukmron bo`lishida birinchi qadam bo`ldi.
Xozirgi davrda fanda ibtidoiy odamlarning eng avvalgi vakillaridan birini
Pitekantrop deb ataladi. Pitekantroplarning qoldiqlari dastlab Yava orolidan
topilgan. Birmuncha vaqt o`tgandan so`ng Xitoyning Pekin shahri yaqinidagi
g’ordan Sinantrop («Xitoy odami»)ning qoldiqlari topilgan. Bu erdan 40 ga yaqin
sinantroplarning suyaqlari bilan birga juda sodda tosh qurollari, sinantropga ovqat
bo`lgan hayvonlarning suyaqlari va nihoyat ularning olovdan foydalanganliklarini
ko’rsatuvchi kul qoldiqlari topilgan. Odamning rivojlanishidagi keyingi bosqich
Neandertal’ bosqich deb nomlanadi. Germaniyaning Neandertal’ shahri yaqinidan
topilgan odam qoldiqlari nomi bilan yuritiladi.
14
Respublikamiz xududidagi Teshiktosh g’oridan (Surxondaryo viloyati, 1938
yil) ham 12 yoshli neandertal’ bolaning qoldiqlari topilgan. Odamga qurol va
yaroq ishlash uchun xizmat qilgan birinchi material tosh, ya`ni chaqmoqtosh yoki
unga yaqin mineral jinslar, xususan oqtosh (kvarts) bo`lgan. Chaqmoqtosh yer
sharining barcha yerida juda keng tarqalgan bo`lib, bu mineralda juda ham muhim
ahamiyatga ega bo’lgan uch xususiyat–qattiqlik, yupka bo’lakchalarga bo`linib
ketish va kesuvchi o’tkir qirralar mavjud bo`lgan. Agar tabiatda shu chaqmoqtosh
bo’lmaganda insoniyatning boshlang’ich tarixi qandaydir boshqa yo`l bilan ketishi
mumkin edi. Dastlabki qurol uchun yog’och ham material xizmatini o`tagan, lekin
undan toshga nisbatan keyinroq foydalanilgan. Yog’och qurollar yoki qurollarning
yog’och qismlari tosh qurollari kabi yerda uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin
bo`lmaganligi uchun arxeologiya yog’ochdan foydalanishning ilk namunalarini
ko`rsatib bera olmaydi. Ibtidoiy odamlarga tegishli bo`lgan qoldiqlar madaniyat va
texnikaning uzluksiz o`sib borganligidan dalolat beradi. Bu birin-ketin keladigan
bosqichlar yer sharining turli joylarida topilgan muayyan tipdagi odam
faoliyatining qoldiqlariga qarab aniqlanadi va fanda bu qoldiqlar “madaniyat” deb
nomlanadi. Bu madaniyatlar dastlab topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular ana
shu madaniyatning eng tipik yodgorliklaridan iborat bo`ladi.
Ibtidoiy davr madaniyatining eng oddiy bosqichi SHELL’
madaniyatidir. Bu
madaniyat Shimoliy Fransiyaning Shell’ shaharchasi nomi bilan ataladi. Bu davr
mexnat qurollarining asosiy turi uzunligi 10 sm.dan 20 sm.gacha, og’irligi 500
grammdan 1kg.gacha bo`lgan anchagina katta xajmli, bodom shaklidagi, har ikki
tomoni tosh bilan qupol ravishda tarashlangan tosh bo`lagidir. Bu qurol «qo`l
cho`qichi», «qo`l chopqichi» va «qo`l boltasi» vazifasini bajargan. Ibtidoiy davr
madaniyatining keyingi bosqichi Evropaning ko`p yerlarida va shuningdek, Afrika
va Osiyoda ma`lum bo`lgan va bir umumiy nom ASHEL’ (Shimoliy Frantsiyadagi
Sant-Ashel’ degan joy nomi) deb ataladi. Bu madaniyat mehnat qurollarining
hajmi bir muncha kichik shakli ancha to`g’ri, o`tkir, qirralik bo`lganligi bilan
harakterlanadi. Bu madaniyat manzilgohidan tosh qurollaridan tashqari
15
odamlarning turmushiga oid boshqa belgilarning - mamont, karkidon kabi yovvoyi
xayvonlarning ko’plab suyaklari, shuningdek olov izlari topilgan.
Ibtidoiy davrning uchinchi bosqichi Frantsiyaning janubi-g’arbida
joylashgan qishloq va g’or nomi bilan ataluvchi MUST’E
madaniyati o`rta paleolit
davriga mansubdir. Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bolaning qoldiqlari
ham ana shu Must’e madaniyatiga tegishli. Bu bosqich mehnat qurollarining
sezilarli darajada o`sganligi bilan harakterlanadi. Bu madaniyatning asosiy quroli
uchi o`tkirlangan tosh quroldir. Bu qurol nayza sifatida ham ishlatilgan.
Shuningdek bu bosqichda yaratilgan mehnat qurollari safiga suyakdan ishlangan
qurollar ham kelib qo`shilgan, ya`ni bu bosqichda suyakdan o`tkir uchli mayda
qurollar ham yasalgan. Bu manzilgohdan mamontning, karkidon, g’or ayig’i,
yovvoyi ot, shimol bug’usi va boshqalarning suyaklari hamda olov izlari topilgan.
Shell’, Ashel’ madaniyatlari, odatda umumiy nom bilan ilk paleolit deb
ataladi.
Demak,
ilk
paleolit
davridayoq-odamlar
mehnat
qurollarini
takomillashtirib, olovdan foydalana boshlaganlar. Bu esa insonning antropologik
jarayonni bosib o`tishini tezlashtirgan va tabiat hodisalariga bo`lgan
munosabatlarining sistemalashuviga olib kelgan. Olov odam tomonidan
bo’ysundirilgan va o`z manfaatiga xizmat qilgan dastlabki tabiat kuchi bo`lgan.
Natijada odam hayvonot olamida ustunlikka erishib, biologik mavjudot sifatida
undan uzoqlashgan. Olovning egallanishi ilk paleolit davrining buyuk madaniy
yutug’i bo`lgan. Paleolit davrining yana bir yutug’i kishi tafakkuri va nutqining
paydo bo`lishidir. Tafakkur va nutq qobiliyati taraqqiyotining qudratli sharti va
omili bo`lib, ular kishilikni butun xayvonot dunyosidan ajratdi. Tafakkur va
nutqning vujudga kelishi odamda rivojlanishi ilk insoniy munosabatlarning
shakllanishi va taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan.
Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti - moddiy ishlab chiqarishning, ya`ni
moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov singari til va tafakkur
ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini tezlashtirgan.
Ibtidoiy madaniyatning keyingi bosqichi orin’yak-salyutr va madlen davrlari
so`ngi paleolitga mansubdir. Bu davr o`zining neandertalga nisbatan ancha
16
taraqqiy qilganligi bilan, ya`ni ham mehnat qurollarida, ham inson qiyofasida tub
o`zgarishlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Orin’yak – salyutr
(Frantsiyadagi ikkita joy nomidan olingan) davrida texnika sohasida must’e
madaniyatiga nisbatan anchagina yuksalish ro’y bergan. Eng avvalo toshni ishlash
yaxshilanadi. Mehnat quroli sifatida shoh va suyaklardan keng foydalaniladi.
Orin’yak-salyutr madaniyati manzilgohiga xos bo`lgan joylardan topilgan tosh va
suyak qurollarning shakli ular yog’och dastaga o’rnatilgan qurollarning asosiy
qismi bo`lganligidan darak beradi. Bu texnika taraqqiyotidagi muhim davr bo`lgan.
Bu davr bir necha qismdan tuzilgan qurol-yarog’larga o`tish davri bo`lgan.
Umuman olganda orin’yak-salyutr davrining barcha qurol-yarog’lari must’e davri
odamlarinikiga nisbatan beqiyos boy va xilma-xil bo`lgan. Bu davrda toshdan turli
xil pichoqlar, nayzalar va nayzachalar, keskichlar, qirg’ichlar, bigizlar, suyakdan
ignalar yasalgan.
Odamlar bu davrga kelib, qurollardan hayvonlarni o`rab, quvib, qamab,
tuzoq qo`yib ushlashni o`rganganlar. O`z manzillarini ochiq joylarga qurganlar.
Orin’yak-salyutr bosqichi turar-joylarning vujudga kelganligidan tashqari, o`troq
hayotning boshlanganligi bilan ham harakterlanadi. Bu davrga kelib odamlar
tikishni o`rganganlar, hayvon terilaridan kiyim tikish bilan birga o`zlari
yashayotgan turar-joylarning ustlarini yopishda ham foydalanganlar.
Shunday qilib, bu davrga kelib odam madaniyatning yana bir boyligi –
o`zining tanasini himoya etadigan kiyim-kechakka ega bo`lgan. Bu davrda nafaqat
olovning qoldiqlari, balki o`choq va o`ta sodda holdagi pechlarning qoldiqlari ham
uchraydi. Orin’yak-salyutr davriga oid bo`lgan maskanlardan eng sodda haykal va
rasmlarning – nusxalari xam topilgan. Bu yerlardan topilgan parmalangan hayvon
tishlari va boshqa ba`zi bir bezak buyumlari ham topilgan. Nihoyat, ayrim belgilar,
jumladan ibtidoiy odam skletlarining quyilishi holati hamda ayrim ibtidoiy rasm va
tasvirlarning mazmuni ana shu bosqichga kelib dinning paydo bo`lganligini ham
ko`rsatadi.
Xullas paleolit davrining so’nggi bosqichlariga kelib antropogenez jarayoni
tugallanib, hozirgi zamon odami paydo bo`lgan. Ana shu davrga kelib irqlar ham
17
paydo bo`la borgan. Shuningdek bu davrda bir necha qismdan iborat bo`lgan
qurol-yarog’lar ham paydo bo`lgan. Suyak va hayvon shoxlaridan material sifatida
keng foydalanila boshlangan. Yirik xayvonlarni ovlash osonlashib, doimiy turar-
joylar vujudga kelgan. O`troqlashib yashash o`choq va xonani isitish yo`llarining
o`ylab topilishiga, tikuvchilikni yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Bularning
barchasi ishlab chiqarish kuchlarining ancha taraqqiy yetganligini ko`rsatadi. Shu
bilan birga bu bosqichda tasviriy san`at, bezak buyumlari va diniy qarashlarning
paydo bo`lishi ibtidoiy jamiyatning ustqurmasi shakllana borganligidan dalolat
beradi.
Paleolitning orin’yak-salyutr bosqichidan keyingi madaniyat Madlen
madaniyati deb nomlanadi. Frantsiyaning janubi-g’arbidadagi La Madlen degan
joy nomidan olingan. Madlen madaniyati suyak za shoxdan turli buyumlar ishlab
chiqarishning sezilarli darajada rivojlanganligi bilan harakterlanadi. Bu davrda
nayza otadigan qurollar va garpun paydo bo`lgan.
Arxeologik davrlashtirishga muvofiq, paleolitdan so’ng ko’pdan-ko’p
madaniyatlar mavjud bo`lgan. Ular neolit degan umumiy nom bilan yuritiladi.
Neolit ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kishilik jamiyatining
anchagina tabaqalarga bo’linish davri hisoblanadi. Neolitning so’nggi bosqichlari
ma`lum darajada etnik birliklarning shakllanishuvi bilan bog’liq madaniyat
hisoblanadi. Shuning uchun ham neolit davrini ilk neolit, rivojlangan neolit va
so’nggi neolit deb nomlanuvchi davrlarga bo`lib o’rganiladn. Ilk neolit ba`zan,
mezolit (gr. Mezzo-o’rta), epialeolit (gr. Ere – so’nggi) va protoneolit (gr. Protoz-
birinchi) deb ham ataladi. Neolit davriga kelib o’q-yoy ibtidoiy odamning asosiy
quroli bo`lib qolgan. Uning paydo bo`lishi ovchilikning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Shuningdek bu davrda madaniyat tarixida buyuk Chodioa ro’y bergan, ya`ni
birinchi xayvon qo’lga o’rgatila boshlangan. Eng sodda ko’rinishdagi sopol
idishlar ishlab chiqarila boshlangan, u esa yangi ishlab chiqarish-kulolchilikning
rivojlanishiga turtki bergan.
Neolit davrida kashf etilgan qurollardan yana biri-bumerang bo`lib, u bir
vaqtning o’zida ovchilik ham jang, hujum, xam mudofaa, xam qo’l, dam otish
18
quroli vazifasini bajargan. Bu bumerang qattiq yog’ochning egri bo’lagidan
ishlangan va aerodinamika qonuniga ko`ra harakatlangan. Bu qurol qadimgi
misrliklar, avstraliyaliklar va nemislarning asosiy qurollaridan hisoblangan. Puflab
otiladigan qurol ham ibtidoiy davr odamlarning o`ziga xos kashfiyotidir. U
Indoneziyada SUMPITAN, Janubiy Amerikada esa SARBAKAI nomi bilan
mashxur bo`lgan. Bu qurol bir vaqtni o’zida ham ovchilik ham harbiy qurol bo`lib,
silliq bambuk bo`lagidan ishlangan. Unga 25-30 metr masofaga uchuvchi
zaharlangan o`qlar solib puflangan. Shuningdek, bu davrda ham ovchilik xam
harbiy maqsadlarda ishlatiladigan SOPKON va PALAXMON kabilar xam keng
tarqalgan. Bu qurollar Janubiy Amerikada, Polineziya, Osiyo mamlakatlari, shu
jumladan Markazny Osiyo xalqlari orasida ham keng tarqalgan. Xullas, inson
mehnati
ishlab
chiqarish
qurollari,
shuningdek,
umuman
madaniyat
rivojlanishining asosini tashkil etadi. Ibtidoiy davrda mehnat nihoyat darajada og’ir
bo`lgan. Shell’ davri odami bizning ko’zimizga juda xam sodda bo`lib ko’rinuvchi
keskichni tayyorlash uchun qanchalik mashaqqatli mehnat qilganligini tasavvur
qilishimiz juda xam qiyin. Oddiy nayza, ayniqsa, bumerang, o’q-yoy, tarashlangan
va parmalangan bolta uzoq vaqt davomida qunt bilan mexnat qilishni talab qilgan.
Ketma-ket keladigan ashell’, must’e, orin’yak-salyutr va madlen madaniyatlari
yirik hayvonlarni ovlash ayniqsa, rivojlanganligini ko`rsatadi. Madlen madaniyati
davrining oxiriga kelib dehqonchilik bilan bir qatorda ovchilik ham keng rivojlana
boshlagan. Ibtidoiy ovchilikning dastlabki paydo bo`lgan vaqtlaridayoq turli xil
ommaviy ov usullari bir tomondan, hayvonni o`rab olish, quvlash, ikkinchi
tomondan esa turli xil tuzoqlar qopqog’iga o`xshash ovchilik qurollari, qush
ovlaydigan turlar juda katta ahamiyatga ega bo`lgan ibtidoiy ovchilikda xayvon
yoki qush tovushiga taqlid qilish yoki o`sha ov qilinayotgan xayvon terisini
yopinib unga yaqinlashish ancha keng tarqalgan. Ashell’ davridan boshlab qo`lga
o`rgatilgan it endi odamning ov vaqtidagi sodiq yordamchisi va yo`ldoshiga
aylangan. Itning qo’lga o`rgatilishi odamga uch tomondan foyda keltirgan,
birinchidan, it ovda juda asqotgan bo`lsa, ikkinchidan, it inson yashaydigan
19
manzillarni qo`riqlagan, xavfdan ogox qilgan, uchinchi tomondan esa ayrim
qabilalarning ko`chib yurishi paytida transport vazifasini o’tagan.
Dehqonchilik iqlim sharoitiga qarab turli joylarda turlicha davrlarda
rivojlangan. Masalan, iqlim mo`tadil va janubiy xududlarda esa birmuncha
keyinroq rivojlangan. Arxeologik izlanishlar dehqonchilik paleolitdayoq, aniqrog’i
orin’yak-salyutr davrida paydo bo`lganligini ko`rsatadi. Dehqonchilikda motiga
(ketmon vazifasini bajaruvchi qurol) tayoqlar, belkuraklar, toshdan yasalgan
boltalardan keng ko`lamda foydalanilgan. Dehqonchilikning yanada yuksalishiga
yovvoyi hayvonlarning qo`lga o`rgatilishi muhim ahamiyat kasb etgan. Qo`lga
o`rgatilgan hayvonlar kishilarga juda katta foyda keltirgan. Birinchidan ulardan
qo`shimcha mehnat kuchi sifatida foydalanilgan bo`lsa, ikkinchidan uy sharoitida
o`rgangan hayvonlar o`zidan nasl qoldirgan. Ayrim hayvonlar hatto oziq-ovqat
vazifasini ham o`tagan. Har xil xayvon turlarini xonakilashtirish juda mashaqqatli
ish bo`lgan va bu jarayon uzoq vaqt davom etgan. Chunki yer yuzida yashagan 140
ming xayvon turidan bor-yo`g’i 47-turinigina xonakilashtirganlar. Uy xayvonlarini
urchitib ko`paytirish xo`jalikning muxim tarmog’iga aylangan. Uy xayvonlari
odamga go`sht, teri, jun, yog’, suyak, sut bergan, yuk tashigan va yerni haydagan
va nihoyat o`g’it bergan.
Odamning eng dastlabki turar-joylari g’orlar va daraxtlarning kovaklari
bo`lgan. Paleolit davriga oid arxeologik yodgorliklar ham kishilarning turar-joylari
g’or bo`lganligini tasdiqlaydi. Tasmaniyaliklar daraxt kovaklarida yashaganlar.
Lekin g’orlar xam, daraxt kovaklari xam tabiat tomonidan berilgan tabiiy
boshpanadir. Ulardan foydalanish madaniyat tarixida taraqqiyot xodisasi
xisoblanmaydi. Chunki madaniy taraqqiyot kishi mehnati natijasida vujudga
keltirilgan u yoki bu predmet orqali belgilanadi.
Ibtidoiy odamlarning turar-joylari xilma-xil bo`lib, ularning rivojlanishi uch
bosqichga bo`linadi. Insoniyatning eng dastlabki turar-joylari shamolni to’sib
turadigan g’or va yerdan kavlangan o`radan iborat bo`lgan. Masalan,
tasmaniyaliklar, avstraliyaliklar va boshqa bir qator qabilalarning eng asosiy
boshpanasi daraxt shoxlari bilan to`silgan g’or bo`lgan. Bir muncha vaqt o`tgandan
20
so`ng yer usti va yer osti turar-joylari paydo bo`la boshlagan. Chayla yer usti
boshpanasi hisoblangan bo`lsa, yer to`la yer osti boshpanasi bo`lgan. Chayla va
kapalar asosan xoda, shox-shabba, barg, loy, po’stloq, poxol, teri va boshqalardan
qurilgan. Keyinchalik chayla va kapaning takomillashuvi kigiz o`tovlarning
vujudga kelishiga olib kelgan. Yer to’la qadimgi kishilarning yerni kavlab undan
boshpana sifatida foydalanishidir. Nihoyat, turar-joylarning rivojlanishidagi
uchinchi bosqichda loy devorli uylar paydo bo`la boshlaydi. Natijada qadim
ajdodlarimizning muqim qarorgohlari – qishloqlar va keyinchalik shaharlari
vujudga kela boradi. So’nggi neolit davriga kelib g’ildirak kashf etilgan. G’ildirak
dastlab yaxlit yog’och doiradan iborat bo`lgan. Qadim ajdodlarimiz qayiqni kashf
etgunlariga qadar, suv ustida oqib ketayotgan daraxtlardan foydalanganlar.
Keyinchalik ikki yoki bir qancha daraxt tanasini bir-biriga bog’lab, sol yasaganlar.
Vaqtlar o`tishi bilan yog’ochni o`yib qayiq yasaganlar, hayvon terilaridan qayiq
yasashda keng foydalanganlar.
Tafakkur dastlabki vaqtlarda qanchalik chegaralangan bo`lmasin, ma`lum
darajadagi xulosalar, tushuncha va tasavvurlar ifodasi bo`lib, kuzatish va
tajribaning maxsuli sifatida vujudga kelgan. Birgalashib mehnat qilish, kuzatish,
tajriba, ong, tafakkur, fikr, til tushuncha, bilim – bularning barchasi o’zaro
ajralmas aloqada bo`ladi hamda bir-birini taqozo qiladi va odamni hayvondan
ajratuvchi, uni tabiat ustidan g’olib qiluvchi belgilardir. Bularning barchasi
madaniyatning g’olibona taraqqiy etishi uchun asos bo`lgan.
Mehnat jarayonida kuzatish va tajriba orttirish natijasida yangidan-yangi
tasavvurlar va tushunchalar paydo bo`lgan, tafakkur xam, til xam rivojlangan.
Yangi so’zlar paydo bo’lib, so’zlarning ma`naviy mazmuni boyigan, grammatik
shakllari rivojlanib borgan.
Fikrni anglatishning sodda usullaridan biri – «signallar tili» xisoblanadi va
biron bir xabarni belgilar yordami bilan ifodalash vazifasini bajaradi. Masalan,
avstraliyaliklar o’z joylarini tashlab ketganlarida oyoqlari bilan qumga chiziq
chizganlar va chiziqning uchiga xivich tiqib qo`yganlar. Chiziqning yo`nalishi va
uning uzunligi shu guruxning qaysi tomonga va qancha masofaga ketganligini
21
ko`rsatadi. Bu belgi guruhlarining kechikib qolgan a`zolari va mehmonlar uchun
qilingan: «Signallar tili»ga turli xil belgilar – egilgan yoki sindirilgan novdalar,
alohida quyilgan toshlar, ovlanadigan o`ljani ko`rsatish, dushmanning paydo
bo`lishi yoki xavf-xatardan ogoh qilish kabi turli xil belgilar kirgan. Bu signallar
ba`zan ma`lum marta qichqirish, ko`pincha sun`iy tovush chiqarish, masalan,
baraban chalish yordami bilan, shuningdek olov yoki tutun va boshqalar yordami
bilan berilgan. Biror xabar, fikr yoki tuyg’uni ifodalash uchun ma`lum bir buyumni
sovg’a qilishni «ramziy fikrlar tili» yoki signallar tiliga kiritish mumkin. Masalan,
Shimoliy Amerika hindlarida tomagauk (suyil) yuborish urush e`lon qilishning
ramziy belgisi xisoblangan. Tomagauk dushmanga alohida elchi bilan yuborilgan,
u tomagaukni dushmanga olib borib, yerga qo`ygan. Agar qarshi tomon
tomagaukni yerdan ko`tarsa, urishishga rozi ekanligi bildirilgan. Xullas, «signallar
tili» muhim madaniy-tarixiy rol o’ynagan, xususan harbiy va mudofaa ishlarida
muxim ahamiyat kasb etgan.
Ibtidoiy meditsina davolashning folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullariga
asoslangan. Lekin juda qadim zamonlardayoq ayrim o’simliklarning, mineral
moddalarning davolash xususiyati kashf etilgan. Etnografik ma`lumotlarga ko’ra,
maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilardan ham masalan, nastoykalar, qaynatma
dorilar, suriladigan va kukun holidagi dorilarni ishlatganlar. Qistiradigan va ich
bo’shashtiradigan vositalar qo’llanilgan. Silash va uqalashdan keng ko’lamda
foydalanilgan, sovuq va issiq gidroterapeyani xam yaxshi bilganlar, parxezning
ahamiyati ham ma`lum bo`lgan. Ibtidoiy davrda kichik va katta xirurgiya, ochishni
to’xtatish, qon olish usuli, badandagi ortiqcha to`siqlarni olib tashlash, singan
joylarni tuzatish, xatto amputatsiya dam ma`lum bo`lgan. Hammom ham ibtidoiy
davrda kashf etilgan.
Ibtidoiy odamning to`plagan bilimi qanchalik bo`lishidan qat`iy nazar, u xali
bilmagan tabiat xodisalari mavjudligicha qolgan. Kishilar sababini bilmaydigan bu
xodisalar ularning xayoti uchun muhim axamiyatga ega bo`lgan va o’z navbatida
uni bilish talab qilingan. Shu sababli ibtidoiy odam bu sohadagi kamchiliklarni
to`ldirish, o’zining ojizliklari o`rnini to’ldirish, o`z tajribalaridan chekkada qolgan
22
hodisalarga javob topishga urina boshlagan. Natijada jumboq bo`lib tuyulgan tabiat
hodisalariga qarama-qarshi tasavvur va tushunchalarni yarata boshlaganlar. Diniy
tasavvurlar ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat taraqqiyotida urug’chilik tuzumi
paydo bo`lgan bosqichda vujudga kelgan.
Ibtidoiy odam o’zini tabiatdan ajratmaydi va tabiat kuchlari hamda
hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi
diniy tasavvurlarning ilk shakllari quyidagilarga bo`linadi:
a) animizm;
b) totemizm;
v) magiya (afsungarlik, sexrgarlik);
g) fetishizm;
d) shomonizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |