Spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan ustunlar quyidagicha to‘lg‘aziladi:
1.
«Format» ustuni.
Bu ustunda spetsifikatsiyada nomi ko‘rsatilgan
hujjatlaming bichimi ko‘rsatiladi. Agar hujjatlar bir necha turli bichim-
larda bajariladigan bo‘lsa, bu ustunda yulduzcha «*» belgisi qo‘yilib,
«
Eslatma
» ustunida hamma belgilar yoziladi.
Standart va boshqa buyumlar, materiallar bo‘limlarida
bu ustunga
yozilmaydi. Bosmaxona, litografiya va shunga o‘xshash usullar bilan
tegishli davlat standartlari tomonidan tasdiqlangan bichimlarda chiqa-
rilgan hujjatlarda bu ustunga chiziq chizib qo‘yiladi.
2.
«Zona» ustuni.
Chizma maydoni zonalarga standart bo‘yicha
bo‘lingan bo‘Isa, buyumning tarkibiy qismlari
joylashtirilgan zonalar
ko‘rsatiladi.
3. «
Vaz
.» (
Vaziyat) ustuni.
Bu ustunda spetsifikatsiya qilinayotgan
buyum tarkibiga bevosita kiruvchi qismlaming tartib raqamlari ulami
spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko‘rsatiladi. «
Hujjatlar
» va «
Komp-
lektlar
» bo‘limlari uchun bu ustun to‘lg‘azilmaydi.
4.
«Belgisi» ustuni.
Bu ustunda «
Hujjatlar
» bo'limida yozilgan huj-
jatlaming belgisi ko‘rsatiladi.
«Komplekslar», «Yig ‘ish birliklari», «Detal-
lar
», va «
Komplektlar,»
bo‘limlari uchun
bu ustunda ulaming asosiy
konstruktorlik hujjatlarining belgilari ko‘rsatiladi. Spetsifikatsiyaning
«Standart buyumlar
», «
Boshqa buyumlar
» va «
M ateriallar»
bo‘limlarida
bu ustun to‘ldirilmaydi.
5.
«Nomi»
ustunida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) «Hujjatlar»
bo‘limida mazkur buyumning asosiy konstruktorlik
hujjatlari komplektiga kiruvchi hujjatlaming nomi, masalan,
«Yig‘ish
chizmasi», «Gabarit chizmasi
»,
«Montaj chizmasi
»,
«Texnikaviy shart-
lar»
va shunga o‘xshashlar ko‘rsatiladi;
b
)
«Komplekslar», «Yig‘ish birliklari
», «
Detallar
» va
«Komplektlar
»
bo‘limlarida buyumning nomi konstruktorlik hujjatlarining asosiy yozu-
vida yozilgan nomiga muvofiq yoziladi. Chizmasi tuzilmagan buyumning
detallari uchun ulaming nomlari va materiali, tayyorlash uchun zarur
bo‘lgan o ‘lchamlari ko‘rsatiladi;
d) «Standart buyumlar»
bo‘limida standartlar tomonidan buyumga
berilgan raqamlar va belgilar ko‘rsatiladi;
e) «Boshqa buyumlar
» bo‘limida mazkur byumlar bilan ta’minlash
to‘g ‘risidagi hujjatlarga muvofiq ulaming nomi va belgisi, hujjatlaming
belgisi ko‘rsatiladi;
/ ) «
Materiallar_»_bo‘limida_standart_tomonidan_materiallarga_berilgan_belgilar_yoziladi._6.__«Son»'>Materiallar
» bo‘limida standart tomonidan materiallarga berilgan
belgilar yoziladi.
6.
«Son»
ustunida buyumning tarkibiy qismlari uchun spetsifikatsiya
qilinayotganbittabuyumdagi detallaming soniko‘rsatiladi.«
Materiallar
»
bo‘limida bitta buyum uchun mazkur
materialning umumiy miqdori
o‘lchov birligi yozilgan holda ko‘rsatiladi. «
Eslatma
» ustuni
«Soni»
ustunining bevosita yaqinida yozib qo‘yilishiga ruxsat beriladi.
«
Hujjatlar
» bo‘limida bu ustun toidirilmaydi.
7. «
Eslatma
» ustunida mazkur buyumga tegishli hujjatlar va materi
allar, masalan, chizmasi bajarilmagan detallar uchun uning massasi va
shunga o‘xshash turli m a’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ikki va undan ortiq turli bichimlarda bajarilgan hujjatlar uchun bu
ustunda bichimlar ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bichimni ko'rsatuvchi
son oldiga yulduzcha «*» belgisi qo‘yiladi.
Spetsifikatsiyaning har bir bo‘limidan keyin qo‘shimcha
yozuvlar
uchun bo‘sh qatorlar qoldirilishi lozim. Shuningdek, vaziyat nomlarini
ham ehtiyot sifatida qoldirish mumkin. Zaxira vaziyat nomerlari bo‘sh
qatorlar to‘ldirilganda qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: