Toshkent
shahri. 2012
10
davlati hamda Sardiniya orol (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. Katalan tilida
taxminan 8mln.dan ziyod kishi gaplashadi. Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda),
Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy
(barselon,balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlariga
boʻlinadi. Fonetikasida murakkab konsonantizm(undoshlar tizimi) hamda
fonemalarning nutqda gʻoyat oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Mazkur tilning
leksikasi va sintaksisiga ispan tilining ta’siri gʻoyat katta boʻlgan. Katalan tiliga oid
yozma yodgorliklar XI-XII asrlarda paydo boʻlgan. XIII asr oʻrtalaridan adabiy
Katalan tili shakllana boshlagan. Hozirgi adabiy katalan tili XIX-XX asrlarda
shakllangan
8
.
Uning asoschisi XIX-asrda yashab oʻtgan atoqli tilshunos, yozuvchi
J.Verdager lotin alifbosini ispan tiliga targʻib qiladi va aynan shu alifboda yozish
qulayligini ta’kidlab oʻtgan. Tarixan, Ispaniya hududi tarkibiy jihati turfa xil. Bu
ularning madaniyatida, yagona til tizimida yaqqol sezish mumkin. Hozirgi vaqtga
kelib ispan tili shunchalik rivojlanib ketdiki, butun yevropada ikkinchi til sifatida
foydalanishadi. Til rivojlangan sari uning dialekti ham grammatik qurilmasi ham
oʻzgarila boshladi.
Til va dialekt oʻrtasida farqlar mavjud boʻlib, “Til” va ‘”Dialekt” ning alo-
hida tushunchalari boʻlib qolishi aslida esa tilshunoslar butun dunyo boʻylab nutq
turlari uchun ta’limning oʻrni katta ekanligini ta’kidlashadi. Natijada koʻplab
qoʻllanmalarning ta’tiflari bir-biriga toʻgʻri kelmay qolishi mumkin shuning uchun
barcha tillarning bogʻlovchilari hamda ularning gapdagi oʻrni, tavsifi, grammatik
ta’riflarini oʻganib chiqish keyin esa barchasini jamlagan holda bitta yagona aniq
ta’rif orqali tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuning uchun
tilshunoslikdagi barcha qoidalar, jumladan, bogʻlovchilarga oid barcha ta’riflarni
solishtirib keyin aniq ta’rif quyish maqsadida grammatik jihatlarni koʻrib chiqamiz.
Soʻz
–tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun
xizmat qiladigan eng muhim struktura ma’noviy birligi, oʻz tovush qobigʻiga ega
boʻlgan, borliqdagi narsalar haqidagi tushunchani ular oʻrtasidagi aloqani yoki
8
O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni 1997 yil 29 avgust
11
ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda
qoʻllanadigan eng kichik nutq birligi, leksimaning nutqda muayyan shakl va vazifa
bilan voqelangan koʻrinishi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
9
Tilshunoslikda soʻz atamasi leksemaga nisbatan ham qoʻllanadi va leksik soʻz
deb yuritiladi.
Leksema
[yun. lexis-soʻz, ifoda]- til qurilishining leksik ma’no anglatuvchi
lugʻaviy birlikdir.Soʻzning grammatik ma’no bildiruvchi qoʻshimchalarsiz qismi,
tilning lugʻat tarkibiga xos qismidir. Lekseka bildiradigan ma’no soʻzning material
qismi deb hisoblasak, ma’lum tovush kompleksini ma’lum ob’ektiv voqelikka
bogʻlanish bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija hamdir.
Roman-German tillarining tarixidan kelib chiqadiki, Yevropa tillarida
ixchamlik, lundalik katta rol oʻynaydi. Turkiy tillarda esa har bir soʻzning atash
ma’nosini ochiq ifoda etmasa bu soʻzning ma’nosini oʻzgartirib yuborishiga olib
kelishi mumkin.
Ispaniya yevropaning janubiy-gʻarbiy yaqinida joylashgan boʻlib, Peninsiula
Iberika orolining koʻp qismini egallagan, yer yuza qismi 504 248 km kv.ni tashkil
etadi, aholisi 40 milliondan ortiq. Koʻp millatli xalq va turli til vakillari mavjud
boʻlib asosan italyan va fransuz tillarida ham oddiy olomon xalqi umumiy til sifatida
foydalanishadi.
Ispan tili esa uzoq tarixga ega boʻlgan va kelib chiqishi uzoq oʻtmishga borib
taqaladigan dunyo tillar sirasiga kiritilgan yevropa tilidir. Bizni ongimizda ham oʻz
oʻrniga ega boʻlgan ushbu til tarixi Rim Imperiyasining lotin tili bilan bogʻliq
hisoblanib, konkretlik kelib chiqish markazi bu Shimoliy Ispaniya markaziga
taqaladi. V asrda Rim Imperiyasi qulaganidan keyin bu jarayon insonlar hayotida
Rim madaniyatining sekin-asta tushishiga olib keldi va bu lotin tiliga ham ta’sir
etmasdan qolmadi. Roman tillari turli oʻzgarishlarga duch keldi va har xil
chalkashliklar yuzaga kela boshladi natijada ispan tilining kelib chiqishiga bu ham
bir sabab boʻldi.
9
Muhiddinova X. Va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T.: 2021. P69-80
12
VIII asrda Peninsiula Iberikaga arablar bosib olish natijasida ispan tilida
qisman turlichalik va ma’lum darajada oʻsishiga olib olib keldi. Andalusiyada bir
qancha roman dialektlarida gaplashila boshlanadi va bir qancha arab atamalari ham
oʻzlasha boshlaydi. Bu, albatta, arablarning ta’sir-kuchi hisoblanib, arabizm
shakllanishiga olib keladi, keyinchalik esa mahalliy mayda millatlar bosqinlari ham
boʻlib, bu jarayonda esa turlicha aralash toʻliqsiz til va dialekt[sheva-lahja]lar paydo
boʻla boshlaydi. Shu jumladan, mahalliy qoʻzgʻolonlar tarkibida hristian qirolligi
ham mavjud boʻlib, bu ma’lum Ispaniya hududini egallab olib, ispan tilini oʻz
uslublariga moslashib ketishiga sabab boʻladi, biroq endigina til tarkiblari
rivojlanayotgan ispan tiliga yana bir jarayon oʻz ta’sirini koʻrsata boshlaydi, bu
islom dinining hukmromlik davrining boshlanishi edi, bu jarayon noodatiy
uslubiyatni keltirib chiqaradi, natijada ispan tili shevalari ham shu vaqtdan boshlab
til bilan birgalikda har xil koʻrinish va tiplarda paydo boʻla boshlaydi. Jumladan,
roman shevalari; la catalana (cataluna), lanavarro-aragonesa la castellana, laastur-
leonesa y la gallego-portuguesa. Biroq, ispanik tili XI asrning yarmiga kelib,
lingvistik bosqichlar yuzaga kela boshladi va asimilitik jarayonlar boshlandi, asosan
Pinensiula Iberika markazida roman dialektlari vujudga kela boshlanadi. Ularga
quyidagilarni keltirish mumkin:
-astur-leones;
-castellano;
-navarro-aragones va bundan tashqari ham koʻplab dialektlar mavjud boʻl-
gan.
Ushbu jarayon ispan tilining rivojlanish bosqichiga katta hissa qoʻshadi va
natijalari beqiyos, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu haqida koʻplab olimlar asarlar
yaratgan va tilshunoslikka oid oʻlkan meroslar qoldirgan, jumladan, (Ridruejo,
Penny, Tuten, Fernandez- Ordonez). Biroq, boshqa bir qancha filologlar ispan tili
i
shevalarning eng koʻp qismini castilia dialektlari va undan keying oʻrinni esa
peninsiula dialektlari egallagan degan xulosaga ham kelishgan. Dialektlar oʻzaro
almashib turish xususiyatiga ham ega boʻlib, zamonaviy til doim insoniyatni oʻziga
jalb etib kelgan, ushbu holat faqat yaqin hududlarda yuzaga keladi, binobarin bu
13
jarayon koʻpincha oʻzlashma soʻzlarda uchraydi.
10
Zamonaviy til esa oʻz navbatida
barcha grammatik qoʻrilmalarga ega boʻladi va unga qisqacha shunday tahlil qilish
mumkin, masalan, leksik jihatdan nutq quyidagi tartibda fonetik birliklarga
boʻlinadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) boʻgʻinlar; 4) tovushlar mavjud.
Har qanday tilda frazalar mavjud boʻlib, hattoki qadimiy shevalarda ham fraza
va pauzalarga e’tibor qaratilgan, natijada grammatik qoʻrilish murakkablasha
boradi, oldingi tillarda to bir adabiy ya’ni standart tilni qolip qilib olmaguncha asosiy
til va dialektlar biroz qorishib qolgan natijada hamma til oʻrganishi yoki qavmlar
orasida gaplashish murakkablik toʻgʻdirmagan. Hozirga kelib til murakkablashdi va
grammatik konkretlashdi.
Fraza har ikkala tomon bilan boʻlingan eng katta fonetik birlik boʻlsa, pauza
esa frazalarni talaffuz vaqtida nafas olish uchun va fikrni bir joyga qaratish uchun
toʻgʻdirilgan sharoit, xoʻsh, buni dialektlarga qanday aloqasi borki, biz
shevashunoslikda ham tasnif, tahlil ishlarini olib borsak degan savol toʻgʻiladi,
demak har qanday zamonaviy tilda, har qanday dialektda grammatik qurilma mavjud
ekan faqat fonetik va realitik jihatdan koʻproq farqlanar ekan, frazalar taktlarga
boʻlinganda takt frazaning bir boʻlagi hisoblanadi, bir urgʻu yordamida bir yoki bir
nechta boʻgʻinlarning ulanishidan tashkil topadi, dialektlarda esa bu jarayon asosan
talaffuz bilan bogʻliq boʻlib, bir vaqtning oʻziga konkretlashadi, qisqaradi va
ixchamlashadi, ammo shunday frazaviy dialektlar borki ularni etimologik lugʻatlar
orqaligina tushunish mumkin. Masalan oddiy soʻz turkumlariga ham biroz boʻlsa-da
dialektlar singib ketgan boʻlib, orttirma darajadagi sifatlar asosan dialektik jihatdan
kelib chiqqanligi ma’lum. Taktlar boʻgʻinlarga ajralib, boʻgʻin hosil qiluvchi
tovushlar tizimiga ajratiladi
11
.
Xususan ispan tilida soʻzlashadiganlar jumladan Ispaniya nafaqat oʻzining til
oʻrgatish usuli bilan birgalikda chet tilini kommunikativ oʻrganish usullari mavjud
va biz bularning hammasidan toʻlaqonli foydalanishimiz kerak. Yevropa tillarining
shakllanish darajasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, XIX asrga kelib yevropa tillari
10
Bo’ronov J, Hoshimov O’, Ismatullayev. X “English grammar”. Toshkent 2019.P 63-74
11
Bo’ronov J, Bo’ronov M, Tashbayeva M “Ingliz tili grammatikasi”. Toshkent – 2018. P67-90
14
butun dunyo tillarining filologik jihatini qamrab oladi, natijada Barcha Yevropa
tillarining tuzilish jihatini koʻrsatib beraoladigan choʻqqiga erishadi, jumladan hind-
yevropa tillari yevroosiyoda mavjud boʻlgan, Shimoliy va Janubiy Amerika,
Avstraliya, qisman Afrikada tarqalgan yirik il oilalaridan biri hisoblanadi. Hind-
yevropa tillari genetik aloqalariga koʻra tillarning alohida birlashish shakli sifatida
faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblangan. Hind-yevropa tillari tarmogʻining
dealiktal boʻlinishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy
tillarning, boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligi, italyan va kelt
tillarining juda yaqinligini koʻrish mumkin. Yevropa tillari guruhiga mansub ispan
tilida esa, dunyo boýicha 332 mln.ga yaqin aholi shu tilde gaplashadi., bundan
tashqari, ipan tilida yevropaning markaziy qismlari ham asosiy til sifatida
foydalanadi. Ispan tili hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub.
Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 ta mamlakatning rasmiy tili. Flippin AQSH ning
janubiy-gʻarbida ham keng tarqalgan
12
.
Jonli lotin tili asosida shakllangan koʻp dialektli, lugáti tarkibida arab tilidan
oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Ispan tili adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan.
Shuning uchun ispan tili XV asrgacha “kastil tili” deb ham atalgan. Ispan tiliga oid
yozma yodgorliklar va namunalari X-XI asrlarga borib taqaladi. Ispan tili BMTning
rasmiy va ish yuritish tili. Ispan tilida bogʻlovchilar asosan maxsus so'roq soʻzlar
yordamida qoʻllanadi. Ispan tilining tarkibida ham fonetika, leksikologiya,
morfemika,soʻz turkumlari ya’ni morfologiya, sintaksis ya’ni gap boʻlaklari,
qoʻshma gaplar va ularning tarkibibda bogʻlovchilar mavjud boʻlib, bogʻlovchilar
asosan maxsus so'roq soʻzlar bilan hosil qilinadi.
Bogʻlovchilar deganda soʻzlarning bir-biriga teng, tobe bogʻlanishida vosita
boʻladigan yordamchilar tushunilsa, ular ishtirok etgan frazeologik birliklar esa
anchagina murakkabroq hisoblanadi, chunki ular endi oʻz ma'nosidan uzoqlashib
soʻzlarni kuchaytirish, farzeologizmlarni hosil qilish, birliklarning ta'sirchanligini
oshirishga xizmat qila boshlaydi. Quyidagi tasniflar orqali ularni dastlab oʻzining
12
Maxmudov N, Nurmatov A, “O’zbek tilining nazariy grammatikasi”. Toshkent – 2020.P69-73
15
ma'nosida va keyingi misollarda esa frazeologizmlarning ma’noviy xususiyatlariga
e'tibor qaratamiz. Bundan oldin esa bogʻlovchilar ta'rifi bilan tanishib chiqamiz.
Bogʻlovchilar yordamchi soʻz turkumlari tarkibiga kirib, soʻzlarni bir-biriga
bogʻlash ya'ni teng, tobe bogʻlash uchun xizmat qiladigan va koʻmakchi vazifasida
kelganda esa soʻzlarga qoʻshimcha ma'no yuklash uchun foydalanadigan yordamchi
oʻzlar sifatida turkiy tillarida ta'rif beriladi. Yevropa tillarida esa bogʻlovchi soʻz
turkumlarini asosan predloglar bajarsada aynan ispan tilida bogʻlovchilar mavjud,
ular asosan teng va tobe bogʻlanishda xizmat qiladi. Misol uchun: yo y tu bu yerda
bogʻlovchi y boʻlsada, maxsus soʻroq soʻzlardan tashkil topgan soʻroq soʻzlar
mavjud boʻlib, ular asosan murakkab, qoʻshma va aralash gaplarni, (oʻzlashtirma
gaplarda ham) bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiladigan boʻlovchilardir.
13
Qoʻshma gaplarni bogʻlaganimizda ularni paytini, sababini, maqsadini, ega
ergash gaplarda egaga, kesim ergash gaplarda kesimni va toʻldiruvchi ergash
gaplarda esa toʻldiruvchi vazifasini bajarib keladi. Ammo frazeologik birliklarda esa
ma'onining kuchayishini, ularni birikma hosil qilishda soʻzlarni kuchaytirib bundan
tashqari ritorik soʻroq soʻzlarni hosil qilishda ishlatiladi.
Oʻzbek tiliga taqqoslaydigan boʻlsak, kim, nima, kimning, nimaning, qanday,
qanaqa, qaysi, qancha, nechta, nima qildi kabi maxsus soʻroqlariga ega, lekin bular
har doim ham shunday ma'noda qoʻllanaverilmaydi ayniqsa xorijiy tillarda oʻz
ma'nosini qisman yuqotib gaplarni bir-biriga bogʻlash uchun xizmat qiladi. Ergash
gapli qoʻshma gaplarning aksariyati ushbu soʻroq oʻzlar yordamida yasaladi.
Tarkibiga koʻra farqlanib boriladi, soʻroqlariga qarab esa gap turlari aniqlanib
boriladi.
Til va dialekt oʻrtasida farqlar mavjud boʻlib, “Til” va ‘”Dialekt” ning
alohida tushunchalari boʻlib qolishi aslida tilshunoslar butun dunyo boʻylab nutq
turlari uchun tartibni ajratib qoʻyishi mumkinligini anglatadi. Lekin aslida ikkalasi
oʻrtasida obe’ktiv farq yoʻq. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi
hamda ona tili deyilganda shevaga yaqin tushunchadir. Dialektologiya obe’ktiv
jihatdan ikki turlidir
13
Abdurahmonov X. O’zbek tilining amaliy grammatikasi. -T.: O’qituvchi 2016.100-105
16
1.Tarixiy dialektologiyadagi frazeologizmlar.
2.Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya bogʻlovchilar ishtirok etgan
birliklar.
Shulardan kelib chiqib Yevropa tillarining bir qismi hisoblanmish ispan tiliga
e’tiborimizni qaratamiz; Ispan tili dialekt va shevalarini nazariyalashdan oldin biz
bu tilnng adabiy tiliga va uning tarixiga nazar solamiz, demak Ispaniya davlati ham
uzoq tarixga ega va tildagi jarayonlar uzoq tarixga borib taqaladi. Ushbu jarayon esa
etnografik holatga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi, demak ispan tarixi ispan tilining
kelib chiqishiga bir debocha boʻlganligi ayon va albatta tarixchilar ham, tilshunos
olimlar ham ushbu jarayonlarni hisobga olgan holda oʻz ta’riflarini berib oʻtishgan.
Shunga koʻra, barcha faktlarni keltirishdan oldin alohida ispan tarixiga
yuzlanishimiz kerak deb hisoblayman, sababi ispanlarning jahonda tutgan oʻrni va
ularning oʻzlariga xos madaniyati, har bir regionlari, geografik tuzilishi Ispaniya
tilshunosligining asosi desak xato boʻlmaydi.
14
Milodiy boshlanish asrlardan to hozirgi kunga qadar Ispaniya tarixida ham,
tilshunosligida uchrayotgan hodisalar ham bir qancha voqea-hodisalarga boy boʻlib,
ularni alohida tasniflashib chiqolmasamda ammo kerakli faktlarni koʻrib
chiqishimiz kerak, sababi har bir dialektik shakllar va ularni tasniflashda bu alohida
muhim rol oʻynaydi.
Masalan, Ispaniya tarixi shunday jarayonlarni oʻtkazganki, bu jarayon oʻzil-
kesil butun Yevropa tillariga taqalishi mumkinligini hatto hayolimizga ham
keltirish, bu shunchaki quruq gapdek tuyulishi mumkin, butun Yevropa tillarini
roman-german guruhiga ajratib chiqilgan sabablari ham mavjud boʻlib, ularni
albatta, faqatgina tili, tili tarkibidagi sheva va lahjalari ajratib turadi, olaylik, ispan
tili va italyan tillari bir-biriga oʻxshash jihatlari koʻpligi uchun koʻpincha ushbu
tillarni bilmagan insonlar bularni farqlolmasligi mumkin, ularni hatto oʻqishda ham
grammatik, fonetik, leksik jihatlari ham oʻxshash tomonlarini koʻrish mumkin va
yana e’tiborni yana dialektik jarayonga qaratib qisqacha ta’riflaymiz:
14
Asqarova M, Yunusov R, Yo‘ldoshev M, Muhammedova D. O‘zbek tili praktikumi . Toshkent. 2018.P96-110
17
Analitik jihatdan tilshunoslikka koʻplab ta’riflar beriladi, grammatik jihatdan
bogʻlovchilrning oʻrni, ahamiyati va gapdagi vazifai rol oʻynaydi deyilsa, Tabiiyki,
hech qachon yoʻqdan bor boʻlmaydi, balki mavjud narsaning rivojidan,
taraqqiyotidan paydo boʻladi. Ma’lum bir bir turdagi taraqqiyot intihosi yangi bir
turdagi rivojlanish ibtidosi boʻladi. Nutqiy qoʻllanishlarning idrokiy umumlashmasi
sifatida, avvalo, nutq birligini va muloqot birligini farqlash zaruriyatini yuzaga
keltiradi.
Nutq birligi sifatida insoniy birliklarning moddiy shaklda fonemani alohida
nutq tovishi, morfemani alohida qoʻshimchalar, leksimani nutqda qoʻllangan soʻz
shakllari va gaplar sifatida yozma va ogʻzaki koʻrinishlarida yuzaga chiqqan xos
xususiyatiga egadir.
Ispan tili bogʻlovchilari qadimgi lotin tilidan kirib kelgan boʻlib, yevropa
tillarining bir qismini tashkil etadi. Undagi uchraydigan ijobiy holatlar shundan
iboratki, Yevropa tillarida deyarli bir guruhni tashkil etadigan dialektlar mavjud,
ularning adabiy tili va shevalar oʻrtasida asosan fonetik jihatdan ozgarishlar
uchraydi, ularda ham huddi qishloq shevalariga xos boʻlgan shahar shevalariga mos
boʻlgan dialektlar mavjud, ammo bizning tildagi kabi aynan bir hududdan kelib
chiqilmasa-da, ammo AQSH va Lotin Amerikasi oʻrtasida bir qancha doalektik
muammolar yuzaga kelaveradi bu oʻz navbatida koʻlab salbiy tomonlarini
keltiradi.
15
Ispan tilida eng koʻp uchraydigan murakkab jarayonlardan biri bu
dialektik tabaqalnish hisoblansa ikkinchi holat esa ispan tili tarkibidagi dialektlar
tarkibidagi muammolar boʻlib, bular grammatik muommolar hisoblanadi, biirinchi
problematik haqida yuqorida toʻxtalib oʻtdik, endi ispan tilining ichki soʻz
qurilmalariga e’tibor qaratib chiqamiz bu oʻz navbatida BMIimning maqsad
vazifasini yanada ochiqroq izohlanishiga yordam beradi.
Ispan tili bogʻlovchilari tarkibidagi salbiy jihatlar: uch va har bir birlik uchun
fe’llarni birlashtirib chiqsak, masalan, comer,ver, ir, leer,encontrar va contar
fe’llarini oladigan boʻlsak bunday fe’llar yevropa tillar tarkibiga kiruvchi ingliz
tilida uchramaydi, endi etimologik jarayoniga e’tibor beramiz, bu fe’llar qadimgi
15
Aliqulov T. Metonimiya va polisemiya. Toshkent, 2016.P89-106
18
Kastilya va Katalaniya shevalariga xos boʻlib, asosan janubiy va gʻarbiy tomon
lahjalari deb qaraladi ammo bu fe’llar oldin shunday tuzilishga ega boʻlmagan bu
ge’llarni ispanlar oʻzlarining tillariga moslashtirib olgan.
Biroq bu fe’llarga oʻxshash soʻzlarni rus tilida uchratish mumkin, kurinib
turibdiki, janubiy geografik tomon buning yaqqol isbotidir. Tahlil qilishda davom
etamiz, biror fe’lni oʻn yettita fe’lda birlashtira olish kerak va bu unchalik oson
emas. Bundan tashqari, ba’zi holatlarda qoʻllanilganda juda oʻxshash boʻlgan bir
necha bor, masalan, preterito indefinido va preterito imperfecto de indicativo lekin
asta-sekin, sa’y-harakatlar bilan bu qiyinchiliklarni yengish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |