279
Ca(ClO
3
)
2
∙4CO(NH
2
)
2
- CH
3
СООNH
4
- H
2
O SISTEMASINING FAZALAR
TAHLILI
Bobojonov J.Sh., Shukurov J.S., Togʻasharov A.S.
OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti,
Е-mail: jamshid_chem@mail.ru
Kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligining dolzarb masalalaridan biri mahalliy
xom-ashyo resurslaridan, yarim tayyor mahsulotlar
va texnogen chiqindilardan
samarali preparatlar sintezi hisoblanadi. Adabiyotlardan ma’lumki, kalsiy xlorati
oʻsimlik bargi va poyasiga kontaktli ta’sir koʻrsatib, preperat tushgan joyini quritadi
va qattiq ta’sir koʻrsatib kuydiradi. Bu esa hosildorlikka salbiy ta’sir koʻrsatadi [1].
Karbamid va ammoniy atsetat tarkibida ozuqaviy elementlarini saqlash bilan
birgalikda ular xloratlarning qattiq ta’sirini kamaytiradi. Ammoniy atsetatning kalsiy
xlorat tetrakarbamidiga qoʻshilishi defoliatsiyalovchi va insektisidlik
xususiyatlarini
[2] yaxshilaydi. Shu bilan birga, ammoniy asetat bilan
kalsiy xlorat
tetrakarbamidining turli konsentratsiya va harorat oraligʻida oʻzaro ta’sirlashuvi
boʻyicha olimlar tamonidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan.
Yuqoridagilarni
hisobga olgan holda, kaltsiy xlorati asosida kompleks ta’sirga
ega boʻlgan defoliant olish texnologiyasi ilmiy asoslarini yaratish maqsadida kalsiy
xlorat tetrakarbamid - ammoniy asetat -
suv sistemasining eruvchanligi kuzatuv-
politermik
usulda keng harorat va
konsentratsiya
oraligʻida
eritmada
komponentlarning oʻzaro ta’sirlashuvi
oʻrganildi.
Ikki komponentli sistemalar va
toʻqqizta ichki kesmlar yordamida -66,0
o
C dan 44
o
C harorat oraligʻida
Ca(ClO
3
)
2
∙4CO(NH
2
)
2
- CH
3
COONH
4
-
H
2
O sistemasining diagrammasi qurildi.
Ulardan I-III kesmalar CH
3
COONH
4
-
H
2
O tomondan Ca(ClO
3
)
2
∙4CO(NH
2
)
2
uchi tomonga,
IV-IX kesmalar esa
Ca(ClO
3
)
2
∙4CO(NH
2
)
2
-H
2
O
tomondan
CH
3
COONH
4
uchi tomonga oʻtkazildi.
Sistemada
barcha
fazalar
uchta
uchlamchi nuqtada tutashadi va diagrammada barcha fazalarning tarkibi va
kristallanish haroratlari aniqlandi.
Ushbu politermik eruvchanlik diagrammasida muzning, kalsiy xlorat
tetrakarbamidning, ammoniy asetatning, ammoniy xloratning va ammoniy xlorat bir
karbamidining kristallanish maydonlari chegaralandi (1-rasm).
Shunday qilib, kalsiy xlorat tetrakarbamidi va ammoniy asetat ishtirokida suvli
sistemadagi komponentlarning oʻzaro ta’sirini oʻrganish natijasida olingan
1-rasm. Ca(ClO
3
)
2
·4CO(NH
2
)
2
- CH
3
COONH
4
- H
2
O
sistemaning politermik eruvchanlik diagrammasi
280
ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki, komponentlar tarkibiy qismlarning bir-biriga nisbati
minimal qiymatda dastlabki moddalar oʻzining
xossalarini saqlab qoladi,
konsentratsiya ortib brogan sari yangi fazalar hosil boʻlishi kuzatiladi. Bu esa kalsiy
xlorat tetrakarbamidi va ammoniy asetat ishtirokida yangi preparatning tarkibini
ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: