Bundan tashqari, yanada muhimroq shartlardan biri,
qalamtasvir yoki rangtasvirda
jismlarni satxi ashyo xu-
susiyatini xaqqoniy tasvirlashda qo'yilmaga mos ravishda
ranglar va tus munosabatlarini bera olishdir. Qalamtasvir
yoki ranglavxadagi tus va ranglarning farqlari (munosa
batlari) q o ‘yilmadagi munosabatlarga mos b o ‘lmog‘i
darkor. Atrof muhitdagi jismlarni materiallik sifatlarini
ko‘rishda bizning ongimiz faqatgina uning rangi va yorug'-
soyasining harakterigagina emas, balki tus va rang muno
sabatlari (farqlari)ni ham sezish qobiliyatiga ega. Agarda
soya-yorug‘ xolati, rang va tus munosabatlari qo‘yilmaning
obrazli ko‘rinishiga mos bo‘lsa, biz natyurmortdagi buyum
lar, yoki manzara obyektlarining ko‘rinishilaridagi mate
riallik xususiyatlarini xaqqoniy ko'rsata olamiz.
Professor A.S. Korolev bu masala to'g'risida quyidag
icha fikr bildirgan: "Rangtasvir bu
shaklning mustahkamli-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gi, hajmliligi, materialliligi, havoiyligi — bularning ham-
masini biz qadrlaymiz, rangtasvir asarida haqqoniy qa
lamtasvir, rang va tus munosabatlarining nihoyatda to'g'ri
olinishi asarning yuqori saviyada bajarilganligidan dalolat
beradi".
Havaskor rassom shuni
yoddan chiqarmasligi lozim-
ki, ijoddagi mohirlikning negizi bu — tus va rang muno
sabatlari bilan tinmay ishlay bilishdadir.
Q is q a m u d d a tli e ty u d la r
Yosh rassomlar dastlabki ta ’lim bosqichida, odatda,
chizayotgan narsani yuzaki, huddi o ‘ziday ko‘chirishga
harakat qiladi. Ular diqqat bilan oldinma-ketin narsalar-
ga tikilib qarashadi, so'ngra har bir mayda bo'laklarni va
ularning rangini alohida-alohida bo'yashadi. Natijada tas
vir maydalangan va bir butun ko'rinishda bo'lmaydi. Bun
day kamchiliklar qo'yilmaning
predmetlar orasidagi katta
rang munosabatlarini etyudda ko'rsata olmaslikdan kelib
chiqadi. Inson kallasini tasvirlashda ham, masalan, yuz-
ning mayda bo'laklaridan boshlab bo'lmaydi, faqat hara
katdagi, nisbatlarda umumiylik va yaxlitlikdan boshlashi,
rangtasvirda esa ham turli natura obyektlari (natyurmort,
manzara) yoki narsalaming asosiy umumlashtirilgan
d o g 'la r orasidagi ranglar m u n o sab atin i aniq lash n i
o'rganib olishi kerak. Natura obyektini yaxlit ko'rish va
katta asosiy ranglar dog'ini aniqlay bilish — muhim kas
biy mahorat, u esa dastlabki rangtasvir ta’limida shakl
langan bo'lishi kerak. Faqat shundan so'ng uzoq mud
datli (vaqt bo'yicha)
ishlarga, manzara obyektlari yoki
natyurmortdagi buyumlarning hajmli shakllarini puxta
ishlov berishga o'tish mumkin.
Ochiq havoda (plener) kichkina-etyudlarni rangda ish
lashda aw alo asosiy rang munosabatlarini topa olish
muhimdir. Buning uchun naturaning old ko'rinishidagi
qarama-qarshi (tusli va rangli) dog'larni uzoqdagiga nis-
www.ziyouz.com kutubxonasi
batan taqqoslash kerak. Kichik o ‘lchamdagi etyudlarda
mayda bo‘laklarga e ’tibor
berilmaydi, asosan katta rang
munosabatlarida yoziladi. Manzara etyudlarini bajarishda
uncha murakkab bo'lmagan syujetlar tanlanadi (masa
lan, uy bilan hovlining bir bo‘lagi).
Keyinchalik vazifani murakkablashtirib ochiq kenglik-
dagi manzarani tasvirlashga o ‘tiladi. Bunday etyudlarda
havo perspektivasidagi,
masalan manzaradagi rang, och-
to‘qlik va to‘yinganligini turli ko‘rinishlaridagi hodisalar-
ga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Bunga esa manzaraning
barcha ko‘rinishlarini taqqoslash yo‘li bilan yaxlit idrok
qilish orqali erishiladi.
Masalan, old ko'rinishdagi daryo qirg‘og‘i ikkinchi
hamda uzoqdagi ko'rinish bilan, shuningdek bir vaqtda
osmon va uning suvdagi aksi bilan ham taqqoslanadi (ety-
udni ishlash vaqti 15—30—60 daqiqa bo'lishi mumkin).
"...Etyudni
shunday tasvirlash kerakki, birdan yer bilan
suvni osmonga nisbatan tus munosabatlarini anglab, mo
hiyatini ilg'ab olish kerak" — deydi K.A. Korovin o'z
shogirdlariga. Uning o'zi etyudlarda asosiy rang munosa
batlarini qurishning mohir ustasi bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: