ichi kavak shisha bloklar va naylar.Oyna taxta eritmani uzluksiz tortish va
chig„irlash usullari bilan olinadi. Ishlab chiqarishda asosan uzluksiz so„rish usuli
qo„llanadi. Qalinligi 2–6 mm. gacha bo„lgan deraza taxta oynalarning sirti
zavodda maxsus tekislovchi uskunalarda pardozlanadi. Nur o„tkazuvchanligi
84–89 %. Bu xil oyna taxtalar bino hamda vagon deraza ko„zlarini
solishda,
do„kon ko„rgazmalari va shu kabilarni yasashda ishlatiladi. Texnik maqsadlar
uchun qalinligi
20 mm. dan ortiq taxta oynalar ham ishlatiladi. Derazabop oyna taxta eni 250
dan 1600 mm. gacha, uzunligi 250 dan 2200 mm. gacha o„lchamlarda ishlab
chiqariladi. Oyna taxtalar asosan yuqori haroratdagi shisha eritmasi yuzasiga
tik o„rnatilgan qayiqni eslatuvchi mashinalarda uzluksiz so„rish usuli bilan ishla-
nadi (2-rasm).
Rangli va rangsiz simli oyna taxtalar sanoat korxonalari,
zavod va
zarb bilan ish yurituvchi sex derazalari uchun ishlatiladi. SHuningdek, bino va
inshootlarning ichki xona-larida to„siq sifatida ham foydalaniladi. Bunday oyna
taxtalarning ikki yoki bir tomoni tekis yoki bezakli shtamplangan bo„ladi. Issiq
nurlarni qaytaruvchi oyna taxta yuzasiga qalinligi 0,3–1 mkm. ga teng bo„lgan
yupqa pardalar qoplanadi. Bunday oynali romlar bilan to„silgan
bino xonalariga
tushadi-gan quyosh nuri 30–70 % qaytariladi. Bu esa quruq-issiq muhit uchun
katta ahamiyatga ega. Nur qaytaruvchi oynalarning tashqi yuzasi har xil
ranglarda bo„lishi mumkin. Oyna taxta-lar sirtiga qoplanadigan temir yoki
oksidlarning rangi sariq, tilla va havo ranglarda bo„lishi mumkin.
Radioaktiv
nurlarga chidamli oyna ishlab chiqarishda maxsus shisha tarkibi ishlati-ladi.
SHishabop xom ashyoni tayyorlashda ren‟gen nurlarini yutuvchi qo„rg„oshin
va bor miqdori ko„p bo„lgan optik shisha qo„shiladi. Oynaning radioaktiv nurlarni
yutishini oshi-rish maqsadida shisha tarkibiga 0,25–1,5 %
seriy oksidi
qo„shiladi. Bunday oynaning chi-damliligi va nur yutuvchanligi uning zichligiga
bog„liq. Masalan, qo„rg„oshin qo„shilgan oyna
taxtaning zichligi 6300 kg/m
3
ga teng. Unda qo„rg„oshin oksidi 80 %ni tashkil
etadi. Bu oy-naning radioaktiv nur yutuvchanligi po„lat bilan baravardir. Sekin
yuruvchan neytronlarni yutishi uchun, oyna tarkibiga bor, litiy yoki kadmiy
oksidlari qo„shiladi. Radioaktiv nur-lar yo„lini to„suvchi oynalar atom elektr
stansiyalari va izotoplar tayyorlaydigan korxona-lar qurilishida keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: