15- Ma’ruza
Mavzu: Oyna maxsulotlari ishlab chiqarish.
Ma’ruza rejasi.
17.1. SHishaning tarkibi va asosiy xossalari.
17.2. Qurilish oynasi turlari.
17.3. Xom-ashyo va uni tayyorlash.
17.4. SHisha xom-ashyosini qaynatish.
17.5. Qurilish oynasi ishlab chiqarish.
Sнisha va uning xossalari. Ishqorli va giltuproq ishqorlari – silikatlarni
yuqori haroratda eritishdan hosil bo„lgan quyuq bo„tqa tez sovitilsa, u shishasimon
moddaga aylana-di. SHisha eritmasi haroratning
ortishi bilan suyuqlanmaydi,
balki quyuqligicha qolaveradi. Harorat pasayishi bilan uning quyuqligi ortadi va
nihoyat qattiq jism –shi-shaga aylanadi. U oddiy haroratda qattiq va juda mo„rt,
yaltiroq ko„rinishda bo„ladi.
Tasnifiga ko„ra shisha va shisha buyumlar quyidagi
guruhlarga bo„linadi: kimyoviy tarki-biga qarab oksidli (silikatli, kvarsli, boratli,
fosfatli); kislorodsiz (galogenli, nit-ratli) shishalar.
Ishlatilishiga qarab,
qurilishbop; texnik (kvarsli atom va nur texnika-sibop shisha optika, chiniqtirilgan,
ko„p qatlamli va h.k.); shisha atomli, tarozibop shisha.
SHisha – amorf, ya‟ni bir jinsli modda. Uning siqilish yoki egilishidagi
mustahkamligi tuzilishiga bog„liq emas. Bir jinsli bo„lganligi sababli
mustahkamligi hamma erida bir xil bo„ladi. Ishlatilishiga ko„ra
shisha bir necha
guruhga bo„linadi. SHular-dan biri hozirgi vaqtda shisha sanoatimizda ishlab
chiqariladigan va asosan qurilishda ishlatiladigan silikat shishadir. Silikat shisha
natriy, kalsiy, magniy va oz miqdordagi kaliy kabi oksidlardan tashkil topgan
qumtuproqlardan iborat. SHisha hamma vaqt ham bir
xil kimyoviy tarkibga ega
emas. U shartli ravishda quyidagi oksidlardan tashkil topgan (og„irligiga ko„ra,
%): SiO2 -64-73.4; Na2O3 -10-15,5; K2O -0-0,4; SO3 -0–0,5; V2O3 –0–0,5. Erish
jarayonida xom ashyo tarkibidagi har bir oksidning o„ziga xos ta‟siri bor.
Masalan, natriy oksidi va bo„r oksidi erish jarayonini tezlashtiradi, erish
haroratini
pasaytiradi, shishaning kimyoviy chidamliligini kamaytiradi. Kaliy
oksidi shishaning yaltiroqligini, kimyoviy
chidamliligini oshirib, nurni ko„p
o„tkazadi. Alyumin oksidi shishaning mustahkamligini, yuqori haroratga va
kimyoviy chidamliligini oshiradi.
Optik yoki billur shisha olishda shishadan o„tayotgan
nurning sinish
burchagini oshirish maqsadida uning tarkibiga qalay qo„shiladi. SHisha ishlab
chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar asosiy va qo„shimcha turlarga bo„linadi.
Asosiy mineral xom ashyolardan tashkil top-gan shisha tarkibida kvars qumi, soda,
dolomit, ohaktosh, potash, natriy sulfati mavjud.
Qurilish shishasini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida tarkibida
temir oksid-lari kam bo„lgan kvars qumi, soda yoki natriy sulfati, potash, ohaktosh
yoki bo„r ishlatiladi.
Eritish oldidan xom ashyoga 15–20 % shisha kukuni qo„shiladi.
SHisha
buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni quyidagicha: xom ashyoni maydalab
eritishga tayyorlash, shisha bo„tqasini maxsus qozonlarda 1500°S gacha haroratda
eritish va nihoyat, qoliplash. Asosiy va qo„shimcha
xom ashyolar aralashmasidan tayyorlangan tarkibni 1100–1150°S gacha
qizdirganda, avvalo, qattiq holatdagi silikatlar hosil bo„ladi, keyin eriydi.