www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
namoz o‘qiyotganlarida, salom berdi. Rasululloh (s.a.v.) alik olmadilar. Hazrati
Payg‘ambar (s.a.v.) namozni tugatgach, Ibn Mas’ud: «Alloh taoloning ne’matini yomon
ko‘rishdan panoh tilayman», dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Nima bo‘ldi?» dedilar. Ibn
Mas’ud: «Salom berdim, alik olmadingiz?» dedi. Rasuli akram (s.a.v.): «Namozda
mashg‘ul bo‘linadi. Bundan buyon hech kim salomiga javob qaytarmaymiz», deb
marhamat qildilar.
162
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.)
rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Men uxlayotganimda Rasululloh (s.a.v.)
tunda namoz o‘qirdilar, kiyimlarining bir tomoni ustimga tushardi».
163
Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) namozda ekanlikni bildirish uchun erkaklarga tasbehni, ayollarga
chapakni sunnat qildilar».
164
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvad ibn Yaziddan rivoyat qiladi. Asvad
ibn Yazid (r.a.) Oisha onamizdan (r.a.) namozni buzadigan holatlarni so‘radi. Oisha
onamiz (r.a.) aytdilar: «Ey Iroq ahli! Siz namoz o‘qiyotgan kishining oldidan eshak, ayol,
it va mushuk kesib o‘tsa, uning namozi buziladi, deb o‘ylaysiz. Siz bizni ular bilan
tenglashtirdingiz. Men uxlab yotganimda Nabiy (s.a.v.) yonimda namoz o‘qir edilar,
kiyimlarining bir tarafi ustimga tegardi».
165
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat
qiladi. Abdulloh (r.a.) bunday dedi: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan
kunda quyosh tutildi. Rasululloh (s.a.v.) xutba qildilar va dedilar:
- Quyosh va oy Alloh taoloning oyatlaridan ikki oyatdir. Hech kimning hayoti va mamoti
uchun ular tutilmaydi. Agar tutilganini ko‘rsangiz namoz o‘qing, Alloh taologa hamd
ayting. Qaysi tutilgan bo‘lsa chiqquniga qadar takbir va tasbeh ayting.
So‘ngra Rasululloh (s.a.v.) minbardan tushdilar va ikki rakat namoz o‘qidilar».
166
Abu Hanifa (r.a.) Ato ibn Soibdan, u otasidan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn
Umar (r.a.) aytdi: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kun quyosh
tutildi. Odamlar: «Quyosh hazrati Payg‘ambarning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgani tufayli
tutildi», deyishdi. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) namozda qiyomda uzoq turdilar.
Sahobalar hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) ruku qilmaydilar, deb o‘ylashdi. Keyin u zot
rukuga bordilar. Rukulari qiyomlari qadar uzoq davom etdi. Rukudan bosh ko‘tarib,
rukulari qadar uzoq turdilar. Keyin sajda qildilar. Sajdalari ham qiyomlaridek uzoq bo‘ldi.
Ikki sajda orasida o‘tirdilar. O’tirishlari sajdalari qadar cho‘zildi. So‘ng sajda qildilar.
Sajdalari o‘tirganlaridek uzoq bo‘ldi. So‘ngra 2 rakatni o‘qidilar. 2 rakat ham 1 qadar
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |