www.ziyouz.com
kutubxonasi
38
davom etdi. 2 rakat sajdasida Rasululloh (s.a.v.) yig‘ladilar. Yig‘ilari shu darajada
kuchaydiki, hatto biz u zotning: «Yo Rabbiy, menga men ularning orasida bo‘lganimda,
ularni azoblamasligingni va’da qilmaganmiding?» deganlarini eshitdik. Keyin o‘tirdilar va
tashahhud o‘qidilar. So‘ngra namozni tugatib, sahobalarga qarab bunday dedilar:
- Quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikki oyat (alomat -
Tarj
.)dir. Alloh taolo ular bilan
qullarini qo‘rqitadi. Quyosh va oy bir kishining hayoti va o‘limi uchun tutilmaydi. Tutilgan
payti namoz o‘qinglar. Men o‘zimni jannatga yaqinlashtirilgan holda ko‘rdim. Istasam,
jannat daraxtining novdalaridan bir novda olardim. O’zimni do‘zaxga yaqinlashtirilgan
holda ko‘rdim. Undan saqlana boshladim. U yerda Rasulullohning (s.a.v.) uylarini
tunagan o‘g‘rini ko‘rdim. Do‘zaxda azob yer edi. U yerda hassasi bilan hojilarni tunagan,
o‘g‘irlik qilgan Abd ibn Do’do’ni ko‘rdim. Mushugini bir joyga bog‘lab qo‘yib, unga ovqat
bermagan, yer hasharotlarini topib yeyishi uchun mushugini qo‘yib yubormagan,
oqibatda azoblanayotgan ayolni ko‘rdim.
Bir rivoyatda: «Hassasi bilan hojilarni tunagan Do’do’ni ko‘rdim. Uni hech kim ko‘rmasa,
ketar agar ko‘rsa: «Hassamga ilinib qoldi», der edi», deyiladi.
167
Abu Hanifa (r.a.) Nosihdan, u Yahyodan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.)
rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur’oni karimni
o‘rgatganlaridek istihorani ham o‘rgatar edilar».
168
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat
qiladi. Abdulloh (r.a.) dedi: «Rasululloh (s.a.v.) bizga Qur’ondan sura o‘rgatganlaridek
istihorani o‘rgatardilar».
Bir rivoyatda shunday deydilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Sizdan kimdir bir ishni istasa
tahorat olsin, farz namozidan boshqa ikki rakat nafl namozi o‘qisin so‘ng: «Yo Rabbiy!
Sendan ilming tufayli menga muvofiq xayr (yaxshilik)ni ko‘rsatishingni, Qudrating tufayli
yaxshilikni nasib etishingni so‘rayman. Sening yaxshilik va ehsoningni so‘rayman. Faqat
Sen bilasan, men bilmasman. Sen qodirsan, men ojizman. Sen butun g‘aybni
bilguvchisan. Ey Allohim! Agar bu ish men uchun, hayotimda va oxiratimda xayrli bo‘lsa,
uni menga oson va muborak qil», desin».
Bir rivoyatda quyidagilar qo‘shilgan: «Agar bundan boshqasi xayrli bo‘lsa, menga xayrli
bo‘lganini nasib et. So‘ng u bilan qanoatlantir».
169
Abu Hanifa (r.a.) Harsdan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ummu Honiy (r.a.) aytadi: «Nabiy (s.a.v.) Makkaning fathi kuni sovutlarini yechdilar va
suv so‘radilar. Suvni unga quydilar. So‘ngra bir kiyim so‘radilar va u bilan namoz
o‘qidilar».
Bir rivoyatda: «O’ng qo‘ltiqlaridan o‘tkazib yelkalariga tashladilar», deyiladi.
Yana bir rivoyatda shunday kelgan: «Rasululloh (s.a.v.) Makkaning fathi kuni sovutlarini
yechib suv so‘radilar. (Roviy aytadiki), xamir yuqlari bor katta bir idishda suv olib
kelindi. Kiyim bilan to‘sib g‘usl qildilar So‘ng bir kiyim so‘radilar. Uni o‘ng qo‘ltiqlarining
ostidan o‘tkazib, chap yelkalari ustiga tashladilar va ikki rakat namoz o‘qidilar. Abu
Hanifa: «Bu Zuxo (Quyosh chiqqandan so‘nggi namoz edi», dedilar.
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |