9-BILET
1.Hayvonlar dunyosi. Hayvonlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati nimalardan iborat?
2.Oqsil biosintezi. Transkripsiya va translyatsiya jarayonlarini quyidagi rasmdan
foydalanib tushuntirib
bering.
Bug`doy
boshoqlari uzunligi
cm
8
9
10 11
12
boshoqlar soni
dona 3
2
2
2
1
3. 810 g glyukoza fermentlar ishtirokida anaerob va aerob sharoitda bosqichma bosqich parchalandi.
Ushbu jarayonda ATF da to‘plangan energiyani kJ da aniqlang.
1- savol javobi
Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa
ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar
almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik
mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum.
Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar
esa geterotroflardir. Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. o‘simliklar
harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi
kabi sellulozali qobiq va
vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. o‘simlik va
hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning
tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar ha yotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning
changlanishi yoki
urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida
ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat
qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega.
Chuvalchanglar, chumolilar va
boshqa mayda hayvonlar tuproq
tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda
tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. o‘simlik qoldig‘i
va hayvon jasad larini
parchalovchi orga nizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni
tozalovchi — biofiltrorganizmlardir. Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin
egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda
muhim
omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi
genofondni saqlaydi.
Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta
rol o‘ynaydi.Biroq hayvonlarning ayrimlari zararlidir. Masalan, o‘simlik
zararkunandalari qishloq
xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi: ular oziq-ovqat mah sulotlari zaxirasini yemiradi, jun, teri, yog‘ochdan
tayyorlangan
materiallarni ishdan chiqaradi. Ko‘pchilik hayvon turlari havf li kasalliklar (bezgak, qichima va boshqalar)ni
qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi (chivinlar, burgalar va hokazo) sifatida ishtirok etadi.Hayvonot dunyosi ikkiga
ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: